Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslari
Qo‘qon DPI
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 337-339 · 2026
Аннотация
Yoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslarida huquqiy ong – huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim qismlaridan biri bo‘lib, u, eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huquqiy tasavvurlaridan, intilish va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong o‘z ichiga huquqiy tushuncha, huquqiy his- tuyg‘u, xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi. Kalit so‘zlari: huquqiy his-tuyg‘u, Vatan, xalq , millat. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va ma’suliyatli bo‘lishi, milliy istiqlolni qa- drlash, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismo- nan va ma’nan sog‘lom bo‘lishi uchun bir qator tizimli ishlarni amalga oshirdi. Shu bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini ta’minlash maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” dasturi qabul qilindi. Shuningdek, “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltir- ish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikri- ni o‘rganish haqida” Prezident Farmoni imzolandi. Qabul qilingan mazkur qaror va qonunlar barkamol shaxs tarbiyasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgandir. Huquq – qonun belgilab bergan erk me’yoridir. Huquq kishi zimmasiga insoniy majburiyatlarni, talablarni yuklaydi. Huquqiy ong – huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim qismlaridan biri bo‘lib, u, eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqod- laridan, ularning huquqiy tasavvurlaridan, intilish va tuyg‘ularidan iboratdir. Huquqiy ong o‘z ichiga huquqiy tushuncha, huquqiy his-tuyg‘u, xohish-iroda kabi qismlarni qamrab oladi. Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsadi – bu madaniyatni shakllantirish, yoshlarning huquqiy demokratik davlat sharoitida yashash qobiliyatini tarbiyalash, huquq tus- hunchasining mohiyatini anglash orqali yosh avlodda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat uchun fidoyi insonlar etib tar- biyalashdan iboratdir. Huquqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat: – yoshlarni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan huquqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish; STARS International University 337 – yoshlarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar berib borish, ularda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasida boshlang‘ich ko‘nikma va malakalar hosil qilish; – yoshlarda davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror toptirish, respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorgarlik hissini shakllantirish; – yoshlarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlariga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ularda g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish; – Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishiga erishish, fidoyi fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish; – Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilish- ga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish; – yoshlarda huquqiy tarbiyani tashkil etishda shaxsning davlat Konsistitutsiyasi- da ko‘rsatilgan huquqlaridan foydalanish hamda burchlarning bajarilishi xususida ma’lumotlar berish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlaridan foydala- nish va burchlarini bajarish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir; – (qonunga) huquqqa, jamoatdagi tartibni saqlovchi organ va shaxslarga hurmat va muomalani shakllantirish; – O‘zbekiston Respublikasi Konsistutsiyasi qonunchilik asoslari zimmasidagi huquq va majburiyatlarni bilish; – qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlarga qat’iy amal qilish va fuqarolik burchi va ma’suliyatini chuqur his etish; – qonunbuzarlarga qarshi kurashishga shay turish; – huquqiy demokratik davlat insoniylik prinsiplariga hurmat bilan qarash va bosh- qalar kiradi. Huquqiy tarbiya oldiga qo‘ygan umumiy vazifa shaxsga qonunlarni va unga amal qilish yo‘llarini o‘rgatishdir. Huquqiy tarbiyaning yuridik vazifasi shaxsda muayyan holatlarda zarur huquqiy normalarni qo‘llay olish qobiliyatini tarbiyalashdir. Huquqiy tarbiya oilada, bog‘chada, maktabda, bilim yurtlarida, oliy o‘quv yurt- larida olib boriladi. Huquqiy tarbiya – tarbiyalanuvchilarning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi, ularni tartib doirasida tutish uchun asos bo‘la oladigan bilim berishdir. Lekin tarbiyachi faqat bilim beribgina qolmasdan, tarbiyalanuvchilarga har xil shak- lda ta’sir ham o‘tkazishi kerak. Bolalar tarbiyani, avvalo, oilada ota-onasidan oladi. Hammamizga ma’lumki, bola yaxshilikni ham, yomonlikni ham, eng avvalo, oiladagi kattalarning xatti-harakatidan o‘rganadi. Ota-onalar o‘z xulq-atvorlari bilan farzand hurmatiga sazovar bo‘lishlari, uning hayot yo‘lida o‘rnak bo‘lishlari lozim. Huquqiy tarbiya bir necha qismlardan iborat bo‘
Доказательный фрагмент
«Yoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslarida huquqiy ong – huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim qismlaridan biri bo‘lib, u, eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan,…»
Образец извлечения
Демо-превьюYoshlar huquqiy tarbiyasining pedagogik asoslarida huquqiy ong – huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim qismlaridan biri bo‘lib, u, eng avvalo, odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Motherland, xalq, millat, people, huquqiy his-tuyg‘u, правосознание, народ, legal feeling, Родина, Vatan, нация, nation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026