К содержанию
РецензированоUZ2026

Turkiston ulamolarining jadidchilik harakat

TURKISTON QURBONOV HAYOT

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 17-19 · 2026

Аннотация

Ushbu ilmiy maqolada tariximizning eng shonli voqealarining sababchilari bo‘lgan jadidchilik harakatining namoyandalari haqida fikr – mulohazalar yuritilgan. Mu- allifning ta’kidlashicha, jadidchilik harakati vakillari el-urt manfaatini o‘z shaxsiy manfaat- laridan ustun qo‘yishgan. Ular xalqimizni dunyo sivilizatsiyasida faol ishtirok etishi uchun ilm-fanni rivojlantirish zarurligiga muhim e’tibor qaratishgan. Ilmiy ishda ta’kidlanishicha, jadidchilik harakati o‘sha davr Turkiston aholisi orasida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish mumkin” degan g‘oyani ilgari surishda asosiy tashabbusni ko‘rsatishgan. Shunisi e’tiborga sazovorki, jadidchilarning g‘oyalari oradan ko‘plab yillar o‘tganiga qaramasdan, hozirgi avlodni yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashda ham o‘z ahamiyatiga ega bo‘lib kel- moqda. Muallifning mulohazasiga ko‘ra, hozirgi o‘zbek jamiyatidagi ilm-ma’rifatning rivo- jlanishi borasidagi ijobiy siljishlar bilan jadidlar tomonidan yaratilgan asarlarning har to- monlama o‘rganilishi orasida uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Kalit so‘zlar: jadidlar, ma’rifat, maktab, harakat. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq xalqimizning o‘tmish ta- rixi, boy madaniy merosini o‘rganish, uni saqlash va kelajak avlodga yetkazishga hu- kumatimiz tomonidan alohida e’tibor berildi. Xususan, Birinchi yurtboshimiz I.A. Ka- rimov o‘zining “Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q” asarida: “O‘zlikni anglash tarixni bi- lishdan boshlanadi. Haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa o‘zlikni anglash mumkin emas. Davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchili- gimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim”, – deb ta’kidlagani bejiz emas. “Chorizm mustamlakasi davrida ma’rifat g‘oyasini baland ko‘tarib chiqqan ma’ri- fatparvar bobolarimizning faoliyati bunga yana bir yorqin misol bo‘la oladi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdura- uf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifat- parvar, fidoyi insonlarning o‘z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari av- lodlar xotirasidan aslo o‘chmaydi”. Ma’rifatparvarlik harakatining vujudga kelishi, uning ijtimoiy-siyosiy mohiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tsak. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi Turkistondagi ijtimo- iy-siyosiy hayot, chor imperiyasi yuritgan mustamlakachilik siyosati, xalqning og‘ir STARS International University 17 iqtisodiy ahvoli, jahonning taraqqiy etgan mamlakatlaridan iqtisodiy jihatdan ortda qolishi, madaniy qoloqlik, ijtimoiy ongdagi turg‘unlik ma’rifatparvarlarni jahon ta- raqqiyoti tajribasidan foydalanib, tezlikda bu holatdan chiqish yo‘llarini izlab topis- hga chorladi. Turkiston taraqqiyparvarlarining asosiy maqsadlari quyidagi yo‘nalishdan iborat bo‘lgan: 1. Yangi usul maktablari tarmog‘ini kengaytirish. 2. Umidli, iq- tidorli yoshlarni chet elga o‘qishga yuborish. 3. Turli ma’rifiy jamiyatlar tuzish hamda ziyolilarning kuchli firqasini tashkil etishga qaratilgan gazetalarni chop etish. Shu dasturni amalga oshirish borasida Munavvarqori Abdurashidxonov, Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Ab- dulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat va boshqa ziyolilar jonbozlik ko‘rsatish- di. Yangicha o‘qitish musulmon bolalariga dunyoviy, diniy ta’lim berish dasturi asosida olib borildi. Bu dasturga ko‘ra, maktablarda o‘qitish tizimi ikki bosqi- chdan iborat bo‘lgan. Buxorolik ma’rifatparvar Ahmad Donish butun jamiyatni inson manfaatiga bo‘ysundirmoq uchun, odamlar xulq-atvorlarini tubdan o‘z- gartirmoq lozim. Buning uchun, eng avvalo, inson o‘zining kimligini, nimadan tashkil topganini bilmog‘i zarur, deb hisoblardi.Mahmudxo‘ja Behbudiy Tur- kiston jadidchilik harakatining eng faol yo‘lboshchisi hisoblanadi. Uning hayo- ti va ijodiy faoliyati haqida 20-yillarda mahalliy matbuotda Sadriddin Ayniy, Hoji Muin ibn Shukrullo, Laziz Azizzoda kabi zamondoshlari tomondan bir qa- tor maqola, xotiralar e’lon qilingan. Keyingi yillarda, xususan, mustaqillikka erishgandan so‘ng jadidlar faoliyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish bilan Beh- budiy ham qayta kashf etila boshlandi. Mahmudxo‘ja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida(hijriy 1291, 10 zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog‘ida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxo‘ja Soliqxo‘ja o‘g‘li turkistonlik Ahmad Yassaviyning avlodlaridan, ona tomondan bobosi Niyozxo‘ja urganchlik bo‘lib, amir Shohmurod zamonida (1780–1785) Samarqandga kelib qolgan. U tarixda “Turkiston jadidlarining otasi” deb nom olgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy istiqlol uchun kurashning oldingi saflarida borganlardan edi. Fayzulla Xo‘jayev Beh- budiy haqida bunday degandi: “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan o‘sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo‘lmasa kerak”. Behbudiy Gaspirinskiy yo‘lga qo‘ygan “usuli jaded” maktablarini Turkistonda qaror toptirishda, ularni

Доказательный фрагмент

«Ushbu ilmiy maqolada tariximizning eng shonli voqealarining sababchilari bo‘lgan jadidchilik harakatining namoyandalari haqida fikr – mulohazalar yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu ilmiy maqolada tariximizning eng shonli voqealarining sababchilari bo‘lgan jadidchilik harakatining namoyandalari haqida fikr – mulohazalar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
maktab, jadidlar, school, движение, movement, harakat, просвещение, modernity, школа, enlightenment, современность, ma’rifat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники