К содержанию
РецензированоUZ2016

O‘quvchilarga sun’iy intellekt dasturlarni yaratish texnologiyasini o‘rgatish

QODIROV HUSNIDDIN · Jizzax davlat · SUN’IY INTELLEKT · NORMATOV SULTON · YARATISH Tayanch doktaranti

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 12-16 · 2016

Аннотация

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri o‘rganildi, kasbiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilindi, kelgusi kasbiy faoliyatga ta’siri baholan- di va sun’iy intellektni maktabda o‘qitish bo‘yicha yondashuvlar o‘rganildi. Hamda o‘rgatish jarayonini amaliy masalalar yechish orqali samarali tashkil etish aniqlandi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, maktabda o‘qitish tizimi, kasbiy faoliyat, Python, STT, TTS, Windows, gTTS. Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim sohasining turli bosqichlari- da uni o‘qitishni taqozo etmoqda. XX asrning 50-yillarida jadal rivojlanishni bosh- lagan sohaning bugungi kunda sanoat, sog‘liqni saqlash, moliya, qishloq xo‘jaligi, davlat boshqaruvi, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa sohalar bilan integratsiyasi ku- zatilmoqda. Shuningdek, “kasblarning 60 foizi raqamli rivojlanish (sun’iy intellekt asosiy o‘rinda) natijasida avtomatlashtirilishi mumkin” [1]. Bu esa maktab ta’limi- dan boshlab sun’iy intellekt va u bilan bog‘liq zamonaviy texnologiyalarni o‘quv- chilarga o‘rgatishni talab qiladi. Sun’iy intellektning kasbiy faoliyatga ta’sirini o‘r- ganishga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlar bir xil vazifalarni takrorlashga oid kasblarni sun’iy intellekt to‘liq egallashini taxmin qilishadi [2]. Shu bilan birga, sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar ko‘plab kasb vakillari uchun ish sama- radorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy vosita bo‘ladi. Sun’iy intellektni rivo- jlantirishga ko‘plab mamlakatlar jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Xususan, 2016- va 2018-yillar oralig‘ida yigirma oltita davlat sun’iy intellekt siyosatini rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturlarini e’lon qildi. Yurtimizda esa ayni jarayon bo‘yicha 2021-yil 17-fevraldagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharo- itlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4996-sonli Qarori, 2021-yil 26-av- gustdagi “Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus rejimni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–5234-sonli Qarori kabi huquqiy hujjatlarda respublikamizdagi barcha sohalarda SI texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilandi. Bu esa bevosita maktab ta’limida ham sun’iy intellekt texno- logiyalarini o‘qitishning dolzarbligini belgilaydi. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 12 Maktabda sun’y intellektni o‘qitish o‘quvchilarda sun’iy intellektga oid dasturlar- dan foydalanish va sun’iy intellekt elementlari mavjud bo‘lgan sodda dasturlarni ya- ratish ko‘nikmasini sun’iy intellekt axloqi doirasida shakllantirishga e’tibor qaratish lozim. Axborot texnologiyalari doirasida sun’iy intellektni o‘qitish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish yurtimizda ayni soha bo‘yicha yetuk mutaxassislar yetishishiga turtki bo‘lishi mumkin. Bu esa Avstraliyaning CSIRO tadqiqot markazi tomonidan e’lon qilingan iqtisodiyotda eng zarur bo‘lgan kelajakdagi ko‘nikmalar: fan, dizayn texno- logiyasi, muhandislik, matematika, dasturlash, tizim tahlili, tanqidiy fikrlash va kom- pyuterdan foydalanish qobiliyatlari bilan bog‘liq kasblarning yuqori o‘sish potensia- liga parallel bo‘lgan mutaxassislarning mehnat faoliyatini kafolatlaydi. Sun’iy intellekt elementlaridan birida ishlovchi sodda dasturlarni yaratish uchun muqobil dasturlash tili sifatida Pythonni o‘rgatish mumkin. Yurtimiz maktablarining 9-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan informatika darsliklarida ham ayni dasturlash tili bo‘yicha atroflicha bilim berilganligini hisobga olsak, uning ta’limdagi uzviylik tamoyiliga mos tushishini ko‘rishimiz mumkin. Quyida maktabda o‘quvchilarga TTS (Text-To-Speech (matnni ovozlashtirish)) va STT (Speech-To-Text (Ovozli ma’lu- motlarni matn ko‘rinishiga o‘tkazish)) kabi sun’iy intellektning nutqni tanib olish (Speech recognition) elementi asosida ishlovchi dasturlar yaratish jarayoni ko‘rib chiqiladi. Pythonda TTS dasturini yaratish. Dastlab Python orqali Google dasturi imkoni- yatidan foydalanib, TTS dasturini yaratish jarayoni bilan tanishib chiqamiz. Gtts be- vosita Python bilan integratsiya qila oluvchi va internet orqali Googlening TTS funk- siyalarini Pythonga bog‘lovchi modul hisoblanadi. Bu modulni Pythonga o‘rnatish uchun Windows OT (Operatsion tizim)dan cmd.exe konsulini ishga tushiramiz va unga “pip install gtts” buyrug‘ini kiritamiz. Bu yerda, albatta, bizda internet ishlayo- tgan bo‘lishi kerak. So‘ngra cmd.exe oynasida quydagi jarayonlar amalga oshiriladi: 1-rasm. CMD oynasi. Demak, biz uchun kerak bo‘lgan gtts modulni Python bin fayllariga avtomatik o‘r- natish amalga oshirilib bo‘lindi. Endi Pythonda gtts operatorlaridan foydalanishimiz mumkin. Dasturni tuzish jarayonida gtts modulini import qilib olishimiz talab etiladi. Modul ishga tushgandan so‘ng uning gTTS funksiyasini ham import qilish talab eti- ladi. Qolgan dastur kodlari quyida keltirilgan: import gtts import os from gtts import gTTS #Audio holatiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan textni kiriting text = ‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri o‘rganildi, kasbiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilindi, kelgusi kasbiy faoliyatga ta’siri baholan- di va sun’iy intellektni maktabda o‘qitish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyasining ijtimoiy hayotga ta’siri o‘rganildi, kasbiy rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilindi, kelgusi kasbiy faoliyatga ta’siri baholan- di va sun’iy intellektni maktabda o‘qitish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Python, kasbiy faoliyat, STT, professional activity, school education system, TTS, профессиональная деятельность, система школьного образования, искусственный интеллект, maktabda o‘qitish tizimi, sun’iy intellekt, artificial intelligence, gTTS, Windows
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники