Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ilmga baxshida umr
ILMGA MAMATQULOVA
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 312-314 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umrini ta’lim-tarbiyaga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlagan, ona tili fani o‘qitish muammolari va uning dolzarb masalalariga oid ko‘plab ilmiy maqola, tezislar yozib, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan, o‘quv qo‘llanma va darsliklar yaratgan ajoyib, fidoyi inson, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovning ilmiy faoliyati va metodik tavsiyalari haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Kalit so‘zlar: Tursunqul Almamatov, ilmiy meros, maqolalar va tezislar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, pedagogik texnologiya metodlari. Yillar o‘tishi bilan zamon o‘zgaradi. Insonlar ham shu yillar ketidan quvib hayot- da o‘z yo‘lini topishga va tanlagan yo‘lining kimlargadir nafi, foydasi tegishiga in- tilib yashaydi. Insonning insonligini ko‘rsatadigan bir jihat borki, uning nomini fazilat deyishadi. Xalq naqlida “Yaxshi fazilat insonga ziynat” deb zikr qilinadi va bu insoniy fazilatlar uning sohiblariga ulug‘lik baxsh etadi. Shu insoniy fazilatlardan biri kamtar- likdir. Darhaqiqat, kamtarlik bilan mehnatsevarlik egizak va ular sabab insonlar ka- molot sari odimlaydi. Mehnatsevarlik hamda kamtarlikni o‘ziga odat, doimiy hamroh qilib olgan shunday insonlardan biri filologiya fanlari nomzodi, dotsent Tursunqul Almamatovdir. Tursunqul Almamatov o‘z sohasini mukammal biladigan, minglab talaba shogir- dlarni kamolga yetkazgan, ularning qalbini ilm-ziyosi bilan charog‘on etgan insondir. Ustoz o‘z umrini, mehnatini ona tili rivojiga, fanni o‘qitishda duch keladigan mua- mmolarni bartaraf etishga, darslarni qiziqarli va sifatli o‘tish uchun turli metodlardan foydalanish hamda darslarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar, qo‘llanmalar, metodikalar ishlab chiqishga bag‘ishladi. “Adabiyot o‘qitish metodikasi”, “O‘zbek til- ini o‘qitish metodikasi”, “Dialektologik praktika”, “ O‘zbek tili o‘qitish metodikasi jad- vallarda hamda saytlarda”, “Ona tilini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologi- yalardan foydalanish”, “O‘qituvchilar malakasini oshirishning innovatsion-qadriyatli yo‘nalishlari” kabi bir necha o‘nlab o‘quv va metodik qo‘llanmalar, monografiya, ilm- iy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi. Quyida Tursunqul Almamatovning ona tilini o‘qitishda nimani, qanday o‘qitish kerakligi haqidagi ba’zi bir tavsiyalarini ko‘rib chiqamiz. Ona tilini o‘qitishda o‘qituvchilar o‘quvchilar ongi, tafakkurini inobatga olgan holda dars o‘tishlari, mavzuni har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab turli metod- lardan foydalanishlari talab etiladi. Sababi “O‘quv materiallarini o‘quvchilar ongiga Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 312 qulay, oson, kam kuch sarflash yo‘li bilan singdirish orqali yuqori natijalarga erishish davr talabidir. Bu talablarga javob beradigan bo‘lajak ona tili va adabiyot o‘qituvchilarini nazariy hamda amaliy bilimlar bilan qurollantirishda “Ona tili o‘qitish metodikasi” katta ahamiyat kasb etadi.¹ Dotsent T. Almamatov “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi- dan amaliy mashg‘ulotlar” kitobida ona tili o‘qitishning umumdidaktik va o‘ziga xos tamoyillarini keltirib o‘tar ekan, o‘qitishda ko‘rgazmalilik tamoyili juda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Muallif “Ona tili predmetining ta- biati ko‘rgazmalilikni ko‘proq talab qiladi. Tildagi mavhumlik umumlashtirish, uning mohiyatini anglash va ongli o‘zlashtirish ko‘rgazmali vositalar yordamida jonli va qiziqarli bo‘ladi” deb hisoblaydi¹. Darhaqiqat, o‘quvchilar eshitgan narsalarini emas, ko‘rgan narsalarini uzoqroq vaqt eslab qoladi. T. Almamatov o‘qituvchi faoliyatini, darsdagi jarayonni tahlil etib, bilimlarni muammoli bayon qilish mavzuni o‘zlashtirishda ancha sermahsul bo‘lishini yozadi. Mavzuni o‘tish, tushuntirishdan oldin o‘qituvchi shu mavzuga aloqador qandaydir muammoni o‘rtaga tashlaydi. O‘quvchilar shu muammo yuzasidan o‘z fikr-mulo- hazalarini aytib bahs-munozaraga kirishadilar. Yakunda o‘qituvchi fikrlarni xulosal- ab umumiy bilimlarni o‘rganuvchilarga yetkazadi. Bu metod orqali o‘qituvchi darsni qiziq va sifatli bo‘lishiga erishadi. Biz “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasidan darslarni interfaol usulda tashkil qilish vositalari” yoki “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi jadval- larda hamda saytlarda” kabi o‘quv qo‘llanmalar bilan tanishish jarayonida tarqatma material, test, masala, topishmoqlar, savol-javob, krossvordlar, muammoli savollar asosiy mavzuni qamrab olishi kerak degan xulosaga kelamiz. Chunki taqdim eti- layotgan barcha materiallar mavzu mohiyatini ochishga xizmat qilgandagina sama- rali bo‘ladi. Buning uchun har bir darsda pedagogik texnologiyaning o‘tilayotgan mavzuga mos va qulay bo‘lgan metodlaridan foydalanish kerak¹. Bu faoliyatni amal- ga oshirish uchun esa o‘qituvchi yuksak pedagogik mahorat egasi bo‘lishi lozim. “Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qaysi metodidan foydalanishdan qat’i nazar, dars samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘lib, bunda pedagogik mahor- at hal qiluvchi omil hisoblanadi” deb ta’kidlaydi T. Almamatov. Darslarda
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umrini ta’lim-tarbiyaga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlagan, ona tili fani o‘qitish muammolari va uning dolzarb masalalariga oid ko‘plab ilmiy maqola, tezislar yozib, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan, o‘quv…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umrini ta’lim-tarbiyaga, ilm-fan rivojiga bag‘ishlagan, ona tili fani o‘qitish muammolari va uning dolzarb masalalariga oid ko‘plab ilmiy maqola, tezislar yozib, metodik tavsiyalar ishlab chiqqan, o‘quv… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘quv-metodik qo‘llanmalar, educational and methodological manuals, Tursunkul Almamatov, scientific heritage, методы педагогической технологии, articles and theses, учебно-методические пособия, Турсункул Алмаматов, ilmiy meros, Tursunqul Almamatov, статьи и тезисы, pedagogik texnologiya metodlari, maqolalar va tezislar, pedagogical technology methods, научное наследие
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026