К содержанию
РецензированоUZ2026

Zamonaviy tasviriy san’atda qalam tasvirning o‘rni qanchalik muhim

ZAMONAVIY TASVIRIY · JABBAROV RUSTAM · SAN’ATDA QALAM · Nizomiy nomidagi Toshkent · O‘RNI QANCHALIK MUHIM

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 2 · 228-232 · 2026

Аннотация

Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil etiladi. Kalit so‘zlar: tasviriy san’at, tur va janr, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya, fazoviy perspektiva, bo‘yoq, rang va tus, shtrix, nisbat, hajm, joylashtirish, uyg‘unlik, surtma, yorug‘ va rang munosabatlari. Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi yilda tasviriy va amaliy san’atdan yoshlarga zamonaviy talablar asosida ta’lim berish sifatini oshirish, jumladan, tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini xalqaro malaka talablar asosida tashkil etish kabi ishlarga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlashning ilg‘or xo- rijiy tajribalarga asoslangan milliy tizimi yaratildi. Shular bilan bir qatorda, tasviriy san’at o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishda kasbiy kompetensiyalarni shakl- lantirishga oid yondashuvlarni jadallashtirish zarurati yuzaga kelmoqda. Shu maqsadda respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, yosh- larga ta’lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san’atimiz namu- nalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashhur bo‘lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ayni kunlarda hamma sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim tizimida, ixtisoslashtiril- gan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham talaygina amaliy tadbirlar amalga oshiril- moqda. Xususan, iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlashda yangi o‘quv rejalar, namunaviy dasturlar tuzilmoqda. Respublikaning turli oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlarida talabalar- ga milliy san’at namunalarini o‘qitishning ilmiy asoslangan yangi shakli, metodlari ishlab chiqilmoqda. Talabalarni badiiy jihatdan barkamol, Vatanga va milliy san’atga sadoqat ruhida tarbiyalab voyaga yetkazishda tasviriy san’at, xususan, qalamtasvir, rangtasvir, kompozitsiya fanlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, oliy o‘quv yurti fakultetlarida, ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladi- gan maxsus fanlarning chuqur va asosli bo‘lishini taqozo etib, pedagoglar zimmasi- ga yuksak vazifalarni belgilaydi. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 228 Tasviriy san’atda rangtasvir fani ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qitiladigan bar- cha fanlar qatori muhim hisoblanadi va ular orasidagi bevosita bog‘liqlikni ta’min- laydi. Rangtasvirdan yetarli bilim va malakalarni egallamay turib, talaba haykalta- roshlik, xalq amaliy san’ati va boshqa fanlarni yuqori darajada o‘zlashtira olmaydi. Tasviriy faoliyatning nazariyasini muntazam o‘rganish tasviriy san’at ta’limini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosiy shartlaridandir. Rangtasvir qonun-qoidalari- ni puxta egallagan talabagina amaliy ijodda samarali shug‘ullanishi mumkin. “Kim- da-kim ilmni amaliyotsiz tasavvur etsa, – u bamisoli suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qayerga ketayotganligiga to‘la ishonch hosil qila olmaydi, – deya ta’kidlagan buyuk rassom Leonardo da Vinchi. Ayniqsa rang- tasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan bog‘liq holda amalga oshiri- lishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi”. Rangtasvir haqqoniy shaklning rangli tuzilishi qonuniyatlariga asoslangan. Ran- gtasvirni o‘rganish – bu tekislikdagi rangli shaklning nisbatlari, konstruktiv qurilishi, hajmi, fazoviy tuzilishi usullarini izlash yo‘lidir. Shularga bog‘liq holda har bir talaba buyum va narsalarni perspektiva qonunlariga asoslanib, konstruktiv tuzilishi, fazoviy joylashuvi, nisbat, hajmni mukammal tasvirlay olishi zarur. Qalamtasvirda rang va tusning yaxlit bir butunlikda garmonik uyg‘unlashuvi bu haqiqiy rangtasvirdir. Tasvirda qalamsurat mukammal bo‘lishi lozim, aks holda turli bo‘yoqlar ham od- diygina narsa va buyumning qurilishi, hajmini savodli ifodalab bermaydi. Havo pers- pektivasiga bog‘liq holda ranglarning nozik o‘zgarishini ifodalovchi, matoga beril- gan rang-barang surtmalar ham, o‘z-o‘zidan, fazoviy kenglikni ifoda eta olmaydi. Faqat perspektiva qoidalariga to‘g‘ri amal qilib tasvirlangan qalamtasvirgina rang- larni yanada ham jozibali ko‘rsatadi. Agar tabiat manzarasi perspektiva qonun-qoidalariga amal qilinmay tasvirlansa, kenglikni ifodalovchi rangning o‘rni ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Rangtasvirni rassom- lar shunday ta’riflaydilar: “Bu yuz foiz qalamtasvir va yuz foiz rangtasvirning bir-bi- riga chambarchas bog‘liqligidir”. Rangtasvirning jozibali chiqishida qalamtasvirning o‘rni beqiyosdir. Ammo mohir rassom qalamdan foydalanmasdan ishni bo‘yoqlar bilan tasvirlashi ham mumkin. Ijodkor izlanish jarayonida rangtasvirning qalamtasvir bilan bevosita bog‘liqligini his etadi. Ya’ni buyumlarning fazoviy joylashuvi

Доказательный фрагмент

«Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada tasviriy san’atning turi bo‘lgan grafika, ya’ni qalamtasvirning rangtasvirda tutgan o‘rni beqiyosligi haqida nazariy fikr va mulohazalar hamda amaliy qo‘llanilishi tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
изобразительное искусство, spatial perspective, barcode, fine arts, painting, bo‘yoq, объем, pencil, shtrix, proportion, placement, гармония, живопись, тип и жанр, paint, цвет и оттенок, hajm, rang va tus, type and genre, fazoviy perspektiva, qalamtasvir, harmony, nisbat, смазка, свет и цветовые отношения, краска, surtma, yorug‘ va rang munosabatlari, rangtasvir, kompozitsiya, пространственная перспектива, композиция, tur va janr, grease, light and color relationships, color and tone, пропорции, карандаш, joylashtirish, tasviriy san’at, composition, штрих, размещение, volume, uyg‘unlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники