К содержанию
РецензированоUZ2026

Yoshlar uchinchi renessans drayverlari bo‘la oladimi?

ESHMAMAT QIZI · BO‘LA OLADIMI? (institute Boshlang‘ich ta’lim)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 222-223 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Uchinchi Renessans haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Uchinchi Renessansning yurtimiz rivojlanishidagi o‘rni haqida ma’lumotlar qayd etilgan. Kalit so‘zlar: renessans, strategik sa’y-harakatlar, uyg‘onish davri, ta’limdagi yangiliklar. “Ilm va ta’limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta’lim o‘rganish bilan mu- hit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz!” – Sh.M. Mirzi- yoyev. Davlatimiz rahbarining “Uchinchi Renessans”ning poydevori aynan yoshlar bo‘lishini ta’kidlanganlari ham bejiz emas. RENESSANS. Bu so‘zni ilgari ham eshitganman, o‘qiganman. Uni fanda ilk bor italyan gumanistlari qo‘llagani haqida xabardorman. Lekin kecha bu so‘zni O‘zbekis- ton Prezidenti lafzidan eshitib, uning shukuhini, quvvatini o‘zgacha hayrat, o‘zgacha mas’uliyat bilan idrok etdim. Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayot- gan strategik sa’y-harakatlar kun kelib Uchinchi Renessansga poydevor bo‘lishini jo‘shqin ma’ruzadan shuurimga oqib kirayotgan motivatsiyaning katta to‘lqinidan angladim. Axir, mudroq jamiyatni, odamlarni uyg‘otishning o‘zi UYG‘ONISHning – RENESSANSning debochasi emasmi! Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emasligi, bugungi yoshlar kechagi yoshlar emasligini isbotlashga hojat qolmagani- ning o‘ziyoq zalvarli natija emasmi! E’tibor qiling, Prezident biz haqimizda – yoshlar haqida alohida e’tibor va qat’iy ishonch bilan gapirdi. Ta’lim, – dedi, matematika, kimyo, biologiya – fundamental fanlarni zo‘r o‘qitaylik, – dedi, innovatsiyalarga yo‘l ochaylik, – dedi. Bu degani yoshlarimizning ta’lim olishga motivatsiyasi naq 40 foiz- ga oshdi degani! Shu o‘quv yilidan yana bir yangi tizim joriy etildi: kam ta’minlangan oilalarda ulg‘ayayotgan qizlarimizning bilim olish imkoniyatini kengaytirish maqsa- dida OTMda ular uchun davlat granti asosida 940 ta qo‘shimcha o‘rin ajratildi. Mana sizga iste’dodlarning intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, ha- yotda munosib o‘rin egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar! O‘qituvchilar oyligini $1000 miqdorigacha oshirish, ularning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi Prezidentimiz. Haqiqatan ham, uzoqni ko‘zlagan har qanday rejaning asosini sifatli ta’lim tashkil etadi. Ko‘hna Xitoy muta- fakkiri Konfutsiy: “Agar rejangiz bir yillik bo‘lsa, sholi eking, o‘n yillik bo‘lsa, daraxt Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 222 eking, yuz yillik bo‘lsa, bolalaringizga ta’lim bering”, – deya bejiz ta’kidlamagan. Ke- lajakda kutilgan “hosil”ni yig‘ish uchun O‘zbekistonimizda hozirdan keng imkoniyat- lar yaratilyapti, yoshlarni ilm-u ma’rifatga rag‘batlantirish, ilm egalarini qadrlashga qaratilgan tizim shakllantirilyapti. Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda Uyg‘onish – Renessans boshlangan paytlarda Yevropa hali g‘aflat uyqusida bo‘lganini ko‘pchilik yoshlar bilmasa kerak. Bu tarixiy haqiqatni Yevropaning yetuk olimlari tan olganini ham bilmaydiganlar bordir balki. Har qalay, atoqli nemis sharqshunosi Adam Mesning “Musulmon Re- nessansi”, akademik Nikolay Konradning “Sharq Renessansi” konsepsiyasi osmon- dan tushgan emas. Agar “Die Renaissance des Islams” kitobini ushbu mavzudagi bosh manba deb hisoblaydigan bo‘lsak, Adam Mesdek buyuk olim fundamental ta- dqiqotini yaratishda ulug‘ vatandoshimiz Beruniyning ilmiy merosiga tayanganidan faxrlanmay bo‘ladimi!Mashhur Ma’mun akademiyasida kamolga yetgan Ibn Sino, Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi yuzlab allomalar Sharq uyg‘onish dav- rining birinchi bosqichiga, Temuriylar davri tamaddunining yorqin vakillari – Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olimlar ikkinchi yuksa- lish bosqichiga hissa qo‘shgani qiyos qilinsa, Uchinchi Renessans vakillari bugungi islohotlarning mevalaridan bahra olgan Yangi O‘zbekiston bolalari orasidan yetishib chiqsa, ne ajab! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı 1. I.A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Toshkent. “Ma’naviyat” 2008 – B. 13. 2. https://daryo.uz/2017/07/01/shavkat-mirziyoyevning-kamolot-yoshlar-ijtimo- iy-harakatining-iv-qurultoyidagi-nutqi/. 3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uyg%CA%BBonish_davri. 4. https://yoshlarakademiyasi.uz/2021/01/04/uchinchi-renessans-yoshlar-nigo- hida/. 5. https://xs.uz/uz/post/alisher-sadullaev-yoshlar-uchinchi-renessans-drajverla- ri-bola-oladimi. STARS International University 223

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Uchinchi Renessans haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Uchinchi Renessans haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
uyg‘onish davri, renaissance, ta’limdagi yangiliklar, renessans, strategic efforts, ренессанс, strategik sa’y-harakatlar, стратегические усилия, инновации в образовании, innovations in education
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники