К содержанию
РецензированоUZ2026

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari

MANSUR QİZİ · NAFOSAT TARBIYASINI (instituti)

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 190-193 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari, nafosat tarbiyasi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda tutgan o‘rni, nafosat tarbi- yasini o‘quvchilarda shakllantirishning usul va shakllari haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: tarbiya turlari, estetika, nafosatshunoslik, tarbiya, usul, metod, shakl, xusu- siyat, tasviriy san’at, san’at asarlari, go‘zallik kategoriyalari. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllan- tirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Tarbiya insonning insonligini ta’min- laydigan eng oliy va abadiy qadriyatdir. Inson o‘z tarbiyasi orqali jamiyatda qaror topadi va rivojlanadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishxususiyatiga ko‘ra tarbiya bir qancha turlarga bo‘’linadi. Shulardan eng dolzarbi bunafosat tarbiyasi hisobla- nadi. Nafosat go‘zallik demakdir. Nafosat narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishi (shakli, rangi)dagi mutanosiblikni,muvofiqlikni ifodalaydi (masalan, kishilardagi tas- hqi go‘zallik, tabiatdagi ranglar jilosi). Kishilarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishiga nisbatan nafosat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanligidan dalolat be- radi. Nafosat badiiy adabiyotda tabiatdagi hodisalarning go‘zal tasvirini ifodalasa, san’atda san’at asarini aks ettirishning nozik uslubini, nafisligini yuzaga chiqaradi. G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy nafosat va go‘zallik haqida quyidagi go‘zal fikrlarni keltirib o‘tadi: “Yer uzra yuz minglab ajoyib shakllar bor. Har bir shaklning o‘ziga xos tovlanishlari, turlanishlari bor. Tasavvur qilaylik: tevarak-atrofda den- gizlar yoki tog‘lar, dasht-u sahrolar yoki gulshanlar, to‘rg ‘ay va bulbullarni maftun etuvchi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar, daryolar, bu- loqlar va hokazolar mavjud. Bular atrofida yana 9 qavatli osmon, sobit-u sayyoralar, yulduzlar, mamlakatlar bo‘lib, bari son-sanoqsizdir. To‘rt unsur, yetti osmon, va olti tomon koinotning nodir va oliy asosidir. Koinotdagi barcha mavjudotlar ichida eng ulug‘i inson va uning ko‘nglidir”. Alloma aytib o‘tganidek, yer yuzida estetik zavq oladigan minglab hodisalar, mavjudot va nabototlar mavjud. Ular ichida esa eng ulug‘ini inson deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, inson o‘zida ko‘plab ichki va tashqi go‘zal- liklarni mujassamlashtiradi. Buyuk donishmand Abu Nasr Forobiy ham o‘zining este- tik qarashlarida inson shaxsini g‘oyat ulug‘laydi. Insonni “ojiz banda”, “hech narsaga Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 190 qodir bo‘lmagan mavjudot” darajasigacha yerga uruvchi hukmron aqidalarga zid o‘laroq, mutafakkir nazarida inson eng oliy kamolot bo‘lib, “aql-idrok ziyosiga ega” o‘zi uchun zarur bo‘lgan hamma narsalarni yaratishga qodir borliqdir.Agar inson faqat o‘zi uchungina mehnat qilsa, u, aytaylik, atoqli olim, buyuk donishmand, ajo- yib shoir bo‘lishi mumkin, ammo hech qachon chinakam mukammal va ulug‘ inson bo‘la olmaydi.Beruniyning fikricha, faqat tashqi jihatdangina emas, balki ichki maz- mun jihatdan ham ko‘rkam bo‘lgan kishigina maqtovga munosibdir.Insonning ichki va tashqi go‘zalligi bir bo‘lgandagina u haqiqiy go‘zallikka erishadi. Alloma: “ozoda- lik va orastalik olijanoblikning o‘zagidir”, - deb uqtiradi. Nafosat tarbiyasi barcha yoshdagi kishilarga bab-barobar zarur.Ammo butun tarbiya tizimida, amalda isbotlanganidek, nafosat tarbiyasini singdirishni insonning bolalik davridan boshlash nihoyatda muhim, bu davr inson hayotida fe’l-atvor,iroda- ning,go‘zallik tuyg‘usi va hayotiy tushunchaning paydo bo‘lishi va shakllanishi dav- ridir. Bolalikda aql-farosat,axloqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda chiroyli, nafis, go‘zal narsalardan zavq ola bilishni, go‘zallikni dag‘allikdan, qo‘pollik- dan tez ajrata olish qobiliyatini tarbiyalashimiz kerak. “Assalomu alaykum”dan boshlab, chehra tabassumi, kattalar oldida bosh egib tu- rish, har bir nasihati uchun minnatdorchilik bildirish, ketishga ruxsat so‘rash – bular birinchi o‘rindagi talablarga kiradi. Ayniqsa, so‘zlash odobiga jiddiy e’tibor berish darkor. So‘zlaganda tinglayotgan kishi ko‘ziga qarab turish, so‘zlab turib u yoq-bu yoqqa alanglash yoki teskari qarab turish odobsizlik ekanligini yaxshi anglab ye- tish, og‘izdagi luqmani yutgandan keyin ohista gap boshlash, shoshilmay, dona-do- na qilib, maqsadni aniq, dangal, ravshan, eshitarli ovoz bilan tushuntirish kerakligi o‘rgatiladi. Bular – odob go‘zalligidir. Yuqorida qayd etib o‘tilgan qoidalar nafosat tarbiyasining asosi bolib xizmat qiladi. Nafosat tarbiyasi orqali shaxslarda o‘z-o‘zini boshqarish shakllanadi. Bu esa ta- labchanlikni keltirib chiqaradi.Barkamol shaxsning nafosat tarbiyasidagi zaruriy ji- hatlardan biri ularning eng yuksak nafosat tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, sodda, ozoda va chiroyli kiyinishlari, san’atni qadrlashlari va ma’naviy jihatdan pok bo‘lishlaridir Pedagog-tarbiyachilarining birdan bir vazifasi bolalarga ana shunday xislat va odat- larni singdirish

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari, nafosat tarbiyasi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda tutgan o‘rni, nafosat tarbi- yasini o‘quvchilarda shakllantirishning usul va sha…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari, nafosat tarbiyasi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda tutgan o‘rni, nafosat tarbi- yasini o‘quvchilarda shakllantirishning usul va sha… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xususiyat, изобразительное искусство, nafosatshunoslik, произведения искусства, fine arts, shakl, types of upbringing, method, beauty categories, свойство, sophistication, воспитание, feature, go‘zallik kategoriyalari, категории красоты, works of art, виды воспитания, изящество, form, эстетика, estetika, tarbiya, upbringing, san’at asarlari, aesthetics, форма, tasviriy san’at, metod, usul, tarbiya turlari, метод
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники