Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirishga innovatsion yondashuv
SATTAROV BAXTIYAR · INNOVATSION KATIBJANOVICH
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 175-177 · 2026
Аннотация
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirish tizimida ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, uning muhim imkoniyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar ochib berilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich sinf, o‘qituvchi, ta’lim islohotlari, kasbiy bilim, ko‘nikmalar, kasbiy mahorat, malaka oshirish, innovatsion yondashuv. Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqillikkacha mavjud bo‘lgan ta’lim tizimini jamiyatning ijtimoiy talabi va zaruriy maqsadi asosida innovatsion yo‘nalishda shak- llantirish muhim omilga aylanmoqda. Ta’lim sifati har qanday davlatning muvaffaqi- yatli rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Rivojlangan davlatlarda ta’lim sifati bilan belgilanuvchi intellektual salohiyat jamiyat farovonligining asosi hisoblanadi. Barchamiz yaxshi tushunamizki, bugungi shiddatli zamon barcha sohalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha ham oldimizga g‘oyat muhim va dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Albatta, yoshlarimizning bilim olishlari uchun barcha sha- roitlarni yaratish, o‘quv binolarini qurish, ularni zamonaviy jihozlash mumkin. Lekin farzandlarimizga yuksak mezonlar asosida ta’lim-tarbiya beradigan, yangicha, inno- vatsion fikrlaydigan muallim va o‘qituvchilarni tayyorlash bu eng og‘ir vazifa bo‘lib, juda katta mehnat va mas’uliyatni talab etadi. Shu ma’noda, bugungi kun o‘qituvc- hisi universal mutaxassis, ham o‘rgatuvchi, ham o‘rganuvchi bo‘lishi, ya’ni o‘z ustida tinimsiz ishlashi, doimo izlanib yashashi kerak. Eng muhimi, o‘qituvchi chinakam va- tanparvar inson bo‘lishi zarur. Qalbida o‘z kasbiga, Vataniga mehr va sadoqat kuchli bo‘lgan o‘qituvchigina haqiqiy vatanparvar shaxsni tarbiyalay oladi. Bizning barcha sa’y-harakatlarimiz “O‘zbekistonda eng obro‘li inson muallim bo‘lishi kerak”, degan g‘oyani amalga oshirishga qaratilmoqda. Buning uchun davlat va jamiyat tomoni- dan qancha mablag‘, resurs va imkoniyatlar zarur bo‘lsa, barchasini safarbar eta- miz. Maktablarda xorijiy tillarni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘rgatis- hni takomillashtirish, oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish, STARS International University 175 yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni samarali amalga oshirishimiz lozim. Profes- sional ta’lim sohasida bugungi mehnat bozori va xalqaro standartlarga to‘la mos keladigan butunlay yangi tizimga o‘tishni jadallashtirishimiz kerak. Ta’lim muassasa- larining moddiy-texnik bazasi, o‘qitish sifati va pedagog xodimlarning bilim va ma- lakasini oshirishga qaratilgan “Zamonaviy maktab” davlat dasturini amalga oshirish doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Barchamizga ayonki, bugungi kunda yon-at- rofimizda yoshlarning qalbi va ongini zaharlab, ularni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirishga qa- ratilgan xavf-xatarlar tobora kuchayib bormoqda. Bunday mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida barchamiz birgalikda kurashmog‘imiz, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlashimiz zarur. Ayniqsa, bu vazifa barcha bo‘g‘in- dagi rahbarlar, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar tashkilotlari, ijodkor ziyolilarimiz, diniy ulamolar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, butun jamiyatimiz uchun vijdon ishiga aylanishi kerak.[1]Pedagogikada mavjud pedagogik tizim faoliyatining nati- jasi va unga qo‘yilgan talablar, maqsad bilan natija orasida vujudga kelgan ziddiyat yoki fan oldida yangi tashkil etilgan tizim faoliyatini amaliy va nazariy jihatdan hal etishda muammolar paydo bo‘ladi. Bunday muammolarni ta’lim islohotlari asosida tubdan o‘zgartirish mumkin. Ta’lim islohotlari asosida mamlakatimizda ta’lim tizi- mi bosqichlari, tuzilishi, maqsad va vazifalari, faoliyat ko‘rsatish tamoyillari o‘zgar- di. Yangi paydo bo‘lgan pedagogik tizimning tashkiliy-pedagogik muammolaridan biri amaliyotchi o‘qituvchining malakasini oshirishini takomillashtirishga kirishildi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyati malakasini oshirish, pedagogik jarayonni tadqiq qilish asosida namoyon bo‘ladi. Shu bois boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini, dars berish sifatini takomillashtirish, ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanishlari uchun imkon yaratish, innovatsion yondashuv aso- sida chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Boshlang‘i- ch ta’limda o‘qituvchi-pedagoglarning metodik ehtiyojlarini qondirish uchun ta’lim jarayoniga pedagogikaning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha o‘quv-metodik ishlarni bajara olish ko‘nikmalarini rivojlan- tirish, masofadan o‘qitish usullarini yanada takomillashtirish, tegishli o‘quv-metodik resurslarni modernizatsiya qilish, o‘qituvchilarning qayta tayyorlash va malaka oshi- rishdan keyingi faoliyatini takomillashtirish, ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiya jarayo- nini hamkorlik asosida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etish, dars mashg‘ulotlarini zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim tizimida o
Доказательный фрагмент
«Maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirish tizimida ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, uning muhim imkoniyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar ochib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining malakasini oshirish tizimida ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari, uning muhim imkoniyatlari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- o‘qituvchi, навыки, professional skills, ta’lim islohotlari, innovatsion yondashuv, профессиональные умения, teacher, инновационный подход, malaka oshirish, professional knowledge, kasbiy mahorat, innovative approach, начальная школа, elementary school, boshlang‘ich sinf, ko‘nikmalar, профессиональное развитие, образовательные реформы, учитель, профессиональные знания, professional development, kasbiy bilim, educational reforms, skills
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025