К содержанию
РецензированоUZ2026

Mahmudxo‘ja behbudiyning ta’lim sohasida amalga oshirgan ishlari va ma’rifatparvarlik faoliyati

MAHMUDXO‘JA MUALLIF: SH.F.EGAMOV · STARS INTERNATIONAL · TA’LIM SOHASIDA · ILMIY RAHBAR: · AMALGA OSHIRGAN

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 162-163 · 2026

Аннотация

Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshla- nishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. O‘z davrida jadidlar ta’lim ona tilida bo‘lishini talab etgan bo‘lsalar-da, ta’lim tizimidan fors va arab tillarini chetlashtirish taklifini kun tartibiga qo‘ymadilar. Таянч иборалар: ijtimoiy-siyosiy, hurfikrlik, ziyoli, milliy, mafkura, jamiyat taraqqi- yoti, salbiy hamda ijobiy taraflar, madaniy, davr matbuoti, nazariy, fikr-mulohazalar, Turkiston, ziyolilar. Jadidchilik harakati shu vaqtgacha Islom dunyosida sira ham ko‘rinmagan ilg‘or va tezkor o‘qitish “Savtiya” (tovush) usuliga asoslangan jadid maktablari tashkil topishidan boshlandi. Bu maktablarda bolalar bir yilda savod chiqarib, mukammal o‘qish va yozishni o‘zlashtiradi. Buning uchun esa qadim an’anaviy musulmon mak- tablarida 5-6 yil o‘qish kerak bo‘lar edi. Aytish mumkinki, “Savtiya” usulidagi jadid maktabi Vatanimiz tarixidagi buyuk kashfiyotlar silsilasini boyitdi.1 Jadid maktabida diniy va dunyoviy ta’lim-tarbiya hamda ilm o‘zaro uyg‘unlas- htirildi. Bolalar qulay partalarda o‘tirib, xarita va rasmlar yordamida tez savod chiqardi va diniy-dunyoviy ilmlarni o‘rgandi. Jadid maktablarida Qur’oni karim, matematika, geografiya, ona tili, rus, arab tillari, ashula va hatto jismoniy tarbiya o‘qitila boshlandi. Jadid maktablari to‘rt (boshlang‘ich) va yetti yillik edi. Masalan, Munavvarqo- ri Abdurashidxonovning yetti yillik maktabini bitirgan yoshlar dunyoviy ilmlarni, rus tilini yaxshi o‘zlashtirgan holda jadid maktabida o‘qituvchi, masjidlarda imom bo‘lish, madrasa va hatto xorijdagi dunyoviy oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, savdo va boshqa korxonalarda kotib bo‘lib ishlash malakasiga ega bo‘lganlar. Bunday yetti yillik maktablar Toshkentdan tashqari Qo‘qon, Samarqand kabi yirik shaharlarda ham ochiladi. 1 O‘zbekiston tarixi. R.Shamsutdinov, X.Mo‘minov. “Andijon”. 2011, - B. 306 – 308. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 162 Maktablar, asosan, 1-4 sinfdan iborat boshlang‘ich maktablar bo‘lgan. 1913/14 o‘quv yilidan ayrim joylarda 2 bosqichli tizim joriy qilina boshlandi. Bu tizimdagi maktablar namuna maktablari deb atalib, ularning 1-bosqichi tahziriy (boshlang‘ich) sinflar, 2-bosqichi rushdiy (yuqori) sinflar deyilgan. Xususan, M. Abdurashidxonov- ning namuna maktabi, A. Shukuriyning Samarqanddagi va A. Ibodiyevning Qo‘qon- dagi maktabida rushdiy (yuqori) sinflar (5 - 6 sinf) ham ish boshlagan.1 Jadid maktablari pulli va bepul edi. Har oyiga ota-onalar baholi qudrat, bir so‘m- dan bir yarim so‘mgacha pul to‘lardi. Bu o‘rinda har ota-ona o‘zlarining boylik va kambag‘allik darajalarini shariat asosida belgilab pul berardilar. 20 - 35 %gacha kambag‘al va nochorlarning bolalari tekin o‘qitilib, o‘quv qurollari bilan ham ta’min- langan. O‘ziga to‘q oilalar esa o‘z xohishi bilan uch so‘mdan va undan ham ko‘p pul bergan. Bulardan tashqari, jadidlar shaxsiy va ularning o‘zlari tashkil etgan xayriya jamiyatlari ham jadid maktablarini mablag‘ bilan ta’minlab turgan. Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qars- hilik qiladilar. Jadidlar kalta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmay na- muna sifatida jadid maktablarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar. Jadid maktablari qat’iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda birinchi bo‘lib, jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar. Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar. Jadid maktablarining ochilishiga rus amaldorlari, musulmon mutaassiblari qarshilik qiladilar. Jadidlar katta matonat va fidoyilik bilan eski maktablarga tegmay namuna sifatida jadid maktablarini tashkil etib, omma orasida katta obro‘ qozondilar. Jadid maktablari qat’iy nizom va dastur va darsliklarga asoslandi. Tarixda birinchi bo‘lib, jadidlar o‘quvchilarga kundalik, chorak va yillik baholar qo‘yishni joriy etdilar. O‘quv- chilar sinfdansinfga o‘tish va bitirish uchun jamoatchilik oldida ochiq chorak, yillik va bitiruv imtihonlarini topshirganlar. Maktab ochgan jadidlar dastur, qo‘llanma va darsliklarni ham o‘zlari yaratdilar. Saidrasul Saidazizovning “Ustodi avval”, Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adi- bi avval”, “Adibi soniy”, “Tajvid” (Qur’onni qiroat bilan o‘qish usuliga oid qo‘llanma), “Havoyiji diniya” (Shariat qonunlari to‘plami), “Yor yuzi”, “Usuli hisob”, “Tarixi an- biyo”, “Tarixi islom”, Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” va “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Qisqacha umumiy ge- ografiya”, “Bolalar maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aho- li geografiyasiga kirish”, “Rossiyaning qisqacha geografiyasi” va boshqalar shular jumlasidandir.2 Jadid maktablari ochilishi bilan ba’zi joylarda qadim va jaded maktablari bo‘shab qoldilar. Natijada qad

Доказательный фрагмент

«Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshla- nishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jadidlarning ta’limning ona tilida bo‘lishi (hech bo‘lmasa boshla- nishi) to‘g‘risidagi fikrlari yakdilona bo‘lsa-da, ona tilining, millat tilining qandayligi masalasida ular dunyoqarashida katta tafovutlar bo‘lgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nazariy, мнения, теоретический, печать времени, salbiy hamda ijobiy taraflar, theoretical, social development, идеология, milliy, Turkiston, ziyolilar, общественное развитие, intellectual, negative and positive sides, mafkura, общественно-политический, intellectuals, интеллигенция, cultural, национальный, jamiyat taraqqiyoti, отрицательные и положительные стороны, opinions, socio-political, Turkestan, ideology, press of the time, религиозный, religious, культурный, ziyoli, ijtimoiy-siyosiy, madaniy, davr matbuoti, интеллектуальный, fikrmulohazalar, national, Туркестан
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники