К содержанию
РецензированоUZ1989

Til – millat ko‘zgusi

KAMOLIDDIN QIZI

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 285-287 · 1989

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning respublika hududiga mustaqillikning kirib kelishiga zamin yaratganligi haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, qonun, davlat tili, Islom Karimov, A. Avloniy, Mirtemir, ona, bola, tarix. Bu kurrai zaminda osmonda porlab turgan yulduzlar kabi xalqlar ham ko‘p. Har bir xalq o‘z tili, milliy urf-odati, qadriyat va an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi bilan ajralib turadi. Zero, xalqning, millatning o‘zligini anglashi, tarixini namoyon qilishida o‘z “Oliy zaboni” bo‘lmish ona tilining o‘rni beqiyosdir. Anglashimiz lozim bo‘lgan yana bir haqiqat shuki, inson dunyo yuzini ko‘ribdiki, o‘z ona tili bilan ko‘z ochadi, uyg‘onadi, ulg‘ayadi va kamolga yetadi. Shu til bilan yashab o‘tadi. Til in- son kamolotida betakror ahamiyat kasb etadi. Ona tili eng ezgu fazilatdir, yuksak tuyg‘ular manbaidir. Inson uchun oliy ne’mat deb atalmish ona tili har bir millatning eng asosiy belgilaridan biri bo‘lib, Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek:“Ona tili – o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar va ajdodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik ustunidir”. O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini sevadi, uni hurmat qiladi va e’zozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qan- day millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini yoki, aksincha, orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shun- ing uchun ham bejizga:“Til-millat ko‘zgusi”,-deyishmaydi. 1989-yil 21-oktabr “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasin- ing Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi kabi qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori e’zoz va ehtiromga sazovor bo‘ldi. Tarixdan ma’lumki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahami- yatli jihati shundaki, u juda shirali, har bir so‘z quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan es- STARS International University 285 hitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib bor- gan, o‘z navbatida, ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan. Milliy til- imizga, ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan purma’no fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur” (A. Avloniy). Bu yerda milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoq- da. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqi- yotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarin- ing turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvari ikki hissa ortadi. Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikas- ining Birinchi prezidenti Islom Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazi- latlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singa- di. Ona tili – bu millatning ruhidir”, – deya e’tirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. Yozuvchi va shoirlarimiz ham tilimiz haqida ko‘plab purma’no hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turli- cha ta’riflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishi- ni, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot ta’kidlaydi. Rasul Hamzatov esa ona tili yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi. Ona tilim- iz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasi- dalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan, qalami o‘tkir ijodkorimiz Ozod Sharofiddinov: “O‘zbek tili – nafaqat qadimiy til. U g‘oyatda nafosatga boy til, u har qanday ma’noni eng inja qatlamlarigacha ochib bera oladigan, o‘zining go‘zalligi bilan odamga zavq-shavq ulasha oladigan, bahri dilini ochib, go‘zallik tuyg‘usini qondira oladigan tuyg‘udir”, – deya ta’riflagan. Bun- da shoir o‘zbek tilini tarixdan ma’lum va qadimiy til ekanligini g‘oyatda go‘zal va nafosatga boy ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Shoirimiz A. Qodiriy esa: “O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”, – deb aytganlar. Donolar ona tilidan ayrili

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
дитя, А. Авлони, государственный язык, qonun, ona, история, history, Миртемир, law, Mirtemir, право, o‘zbek tili, мать, узбекский язык, A. Avloni, Uzbek language, A. Avloniy, tarix, bola, davlat tili, Ислам Каримов, mother, child, Islam Karimov, Islom Karimov, state language
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники