К содержанию
РецензированоUZ2026

Italyan tilida sifat komponentli frazeologik iboralarning semantik xususiyatlari

ITALYAN TILIDA · XUDO YQULOV BEHZOD · SIFAT KOMPONENTLI

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 264-269 · 2026

Аннотация

Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning se- mantik asosidir. Belgi bildirish xususiyati va tabiati jihatidan tub va nisbiy sifatlar bir-biridan qisman farqlanuvchi o‘zgachaliklarga egadir. Sifatlar frazeologik iboralar tarkibida ham tez-tez qo‘llanilishini ham ta’kidlab o‘tish joiz. Har bir tilda frazeologik iboralar tuzilishi, lеksik-sеmаntik, funksiоnаl-uslu- biy vа sintаktik vаzifаlаri, shuningdеk, o‘zigа хоs shаkllаnish хususiyatilаrigа egа bo‘lgаn til birligidir. Ushbu maqolada italyan tilidagi sifat komponentli frazeologik iboralar va ularn- ing semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifat komponentli frazeologik iboralarga oid misollar orqali, frazeologik iboralarda eng ko‘p qo‘llaniladigan sifatlar tahlili ham berilgan. Kalit so‘zlar: sifat, frazeologiya, frazeologik ibora, shakl va ma’no, ko‘chma ma’no, tarjima. So‘z leksikologiyada tekshirilishiga qaramay, u ma’lum tomonlari bilan gramma- tikaga ham aloqadordir, so‘z umuman tilning birligi sifatida baholansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir tilning grammatik qurilishi ma’lum normalarga, qonun- qoidalarga ega- dir. Italyan tilida ham so‘z turkumlari dastlab ikki turga mustaqil (parte del dis- corso variabile) va yordamchi (parte del discorso invariabile) so‘z turkumlariga bo‘linadi. Mustaqil so‘z ma’lum tushuncha ifodalab, biror predmet, belgi, harakat nomini ataydi, gapda biror gap bo‘lagi bo‘lib keladi. Yordamchi so‘zlar turkumi tus- huncha ifoda etmaydi, faqat grammatik ma’no ifodalab gapda so‘zlarning o‘zaro munosabatini o‘rnatishga xizmat qiladi. Demak, ularni funksional grammatik belgi- lar farqlab turadi. Yordamchi so‘zlarda morfemalarga yaqinlik belgisi - funksional belgisidir. Sifatlar predmetning rangini, shaklini, mazasini, hajmini va shu kabilarni ifoda- lashi mumkin. Demak, sifatlar ma’nosiga ko‘ra turlarga ajratiladi, masalan: Italyan tilida - Iqlim va haroratga nisbatan ishlatiladigan sifatlar: Afosa-jazira- ma; bollente-qaynoq; calda-issiq; Estiva-yozgi; Mite-mayin; Nuvolosa-bulutli; Pio- Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 264 vosa-yomg‘irli; Italyan tilida – Fasl va davrga nisbatan ishlatiladigan sifatlar: Al- legra-quvnoq; Affollata-gavjum; Bella-ajoyib; Bollente-qaynoq; Brutta-yomon; Buona-yaxshi; Calma-sokin; Costosa-qimmat; Diversa-har xil; Divertente-qiziqa- rli; Eccezionale-Juda ajoyib; Italyan tilida – Inson hayotini tasvirlovchi sifatlar: lunga-uzoq umr; dolce-shirin; complicata-murakkab; pubblica-ommaviy; inten- sa-qizg‘in,jadal; nuova-yangi; spericolata-bee’tibor,beparvo; serena-tinch,sokin; movimentata-voqealarga boy; spensierata-tashvishlardan holi,bexavotir; Italyan tilida – Kitob va uning mazmuniga nisbatan ishlatiladigansifatlar: noioso-zerikar- li; pesante-og‘ir; economico-iqtisodiy; romantic-romantik; rovinato-abgor,vayron bo‘lgan; bianco-oq;antico-qadimiy; giallo-detektiv; divertente-ajoyib,qiziqarli; It- alyan tilida – Ta’mga nisbatan ishlatiladigan sifatlar: Gradevole-yoqimli; Piacev- ole-yoqimli; Buono-yaxshi; Delicate-nozik; Fine-nozik; Soave-shirin; Squisito-nafis; Potente-kuchli; Sottile-nozik; Aromatic-xushbo‘y; Abboccato-juda shirin; Italyan tilida – Ovoz,tovushga nisbatan ishlatiladigan sifatlar: Acuta-o‘tkir; Alta-baland; Allegra-quvnoq; Chiara-aniq; Dolce-shirin; Debole-zaif; Forte-baland ovoz; Gros- sa-yo‘g‘on; Grave-jiddiy; Limpida-aniq; Melodiosa-ohangdor; Italyan tilida – Inson tuzilishi va ko‘rinishiga nisbatan ishlatiladigan sifatlar: bassa-past; alta – baland; di media statura-o‘rta balandlikda; grassa – semiz; magra - ozg‘in;snella – nozik; nor- male – normal; diritta-qaddi to‘g‘ri; curva-egilgan; esile /gracile – nozik; grande-kat- ta; grossa-katta; piccolo-kichik; robusta-baquvvat; forte-kuchli; Italyan tilida sifat komponentli iboralar ham anchagina bo‘lib ularning se- mantik jihatlarini tahlili qilish qiziqarli mavzulardan biridir. Italyan tilidagi sifat komponentli iboralarni o‘rganish jarayonida rang-tus sifatlari iboralarda ko‘proq ishlatilishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ularni quyidagi misollar orqali tahlil qil- ishimiz mumkin: • In buone mani - Ishonchli qo‘llarda, himoyada bo‘lmoq; • Avere le mani lunghe - Qo‘li uzun bo‘lmoq, yetarli qudrati bo‘lmoq. • Andare a testa alta – Mag‘rur odamga nisbatan ishlatiladi -Mag‘rur bo‘lib yur- moq. • Andare con la testa alta – (Boshi baland) Xijolatsiz, boshini tik tutib yura oladi- gan odamga nisbatan ishlatiladi. • Cavarsela a buon mercato – Qiyin vaziyatdan chiqib ketish • Essere bianco dalla paura - Juda qo‘rqmoq. • Essere rosso dalla vergogna - Juda tortinmoq/uyalmoq. • Parlare a cuore aperto/col cuore in mano (Parlare con sincerità e fiducia.) – Ochiqko‘ngillik bilan,samimiylik bilan gapirish. • Andare in bianco - So‘zma so‘z tarjimada, “Oq ranga borish”deb tarjima qilina- di. Ibora, Rad etilmoq, rad javobini olmoq ma’nolarida ishlatiladi. • Avere il sangue blu – So‘zma – so‘z tarjimada, ‘ko‘k qoni bo‘lmoq’ tarzida bo‘ladi. Ibora, Oliy zotli, aristo

Доказательный фрагмент

«Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning se- mantik asosidir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Narsa-predmet va hodisalarning belgisini bildirish sifatning se- mantik asosidir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
quality, phraseology, shakl va ma’no, фразеология, качество, форма и значение, ko‘chma ma’no, translation, frazeologik ibora, frazeologiya, фразеологическое выражение, phraseological expression, перевод, form and meaning, переносное значение, tarjima, figurative meaning, sifat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники