Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Ta’limda o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tibor va ehtirom
TA’LIMDA O‘ZBEK · TILIGA BO‘LGAN · XAYDAROVA HAYOTXON · E’TIBOR VA Farg‘ona tumani -maktab · YOQUBOVA XUSNİDA
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 258-260 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada milliy tilimizning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Ona tilimizning jahonda tutgan o‘rnini va nufuzini oshirish uchun ishlab chiqilgan qarorlar va berilayotgan e’tibor to‘g‘risida mulohazalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: o‘zbek tili, ajdodlarimiz merosi, Milliy dastur, zamonaviy texnologiyalar, o‘zbek tilshunosligi. Kechmishi olis tarixga borib taqaladigan, o‘zining betakror yozma manbalariga ega bo‘lgan nufuzli tillardan biri bu - o‘zbek tilidir. Bu tilda so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida 35 milliondan ortiqni tashkil etadi. Darhaqiqat, o‘zbek tili shu kun- gacha ko‘p ming yillik tarixiy taraqqiyot yo‘lini mardonavor bosib kelmoqda. Eng qadimiy manbalardan tortib, hozirgi davrgacha yaratib kelinayotgan adabiy ifoda- si, ma’no qatlamlari, lug‘at tarkibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar mavjud. O‘zbekning buyuk ma’rifatparvari A.Avloniy: “Har bir millatning dunyoda bor- lig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak mil- latning ruhini yo‘qotmakdur”, - deganlarida nechog‘li haq edilar. Adib o‘sha paytda ham tilimiz haqida qayg‘urib, “Milliy tilimizni saqlamoq bir tarafda tursin, uni unu- tib, yo‘qotmoqdamiz”, deya jon kuydirgan edi. Xo‘sh, bugun ajdodlarimizdan meros milliy tilimizni qay darajada saqlamoqda- miz? Bosh qomusimizning 4-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”, deb yozib qo‘yilganiga 33 yil to‘ldi. Bu yillar o‘zbek tilining jami- yatdagi mavqeini tiklash uchun oz davr emas. Hozirgi kunda bu xususda turli fikr va munozaralar olib borilmoqda. Lekin bu munozara va bahslar amalda ham o‘z ifodasini topyaptimi? Ko‘chalardagi, turli muassasalardagi yozuvlarning “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligini ta’minlash borasidagi ishlar hamon to‘g‘rilanib kelmoqda. Bularning barchasi o‘zbek tiliga hurmat, ehtiromning faqat qog‘ozlarda ekanligini isbotlaydi. To‘g‘ri, bu borada talay ishlar olib borilmoqda, xususan, ajdodlarimiz merosi o‘rganilib, tadqiq qilinayotir. Lekin barcha ishlarning boshi ona tiliga hurmat va ehtiromdan boshlanmaydimi? Negaki oramizda hanuz- gacha o‘z ona tilini bilmaydigan, fikrlarini o‘z tilida ravon bayon qila olmaydigan Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 258 kimsalar ham yo‘q emas. Afsuski, bunday kimsalar millat milliyligiga bepisand qa- rovchilardir. Menimcha, bugungi kunda ta’limga, yosh avlodga tilimizni bolalikdan singdiris- hga e’tiborni kuchaytirmog‘imiz zarur. Buning uchun ta’limning barcha bosqich- larida o‘zbek tilini zamonaviy va innovatsion texnologiyalar asosida mukammal o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish, ta’limda savodli pedagoglarni bunga targ‘ib qilish zarur. Chunki o‘zi yaxshi bilimga ega bo‘lmagan tarbiyachi-o‘qituvchi kelajak avlodni izi- dan ergashtirishi dargumon,albatta. Amalda Milliy dastur bo‘yicha yangi avlod darsliklarining bosqichma-bosqich tatbiq qilinayotgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, 6-sinf darsligida berilayotgan manbalar boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqlikni belgilab bermoqda. O‘quvchilar ona tili fani orqali tabiiy, aniq va gumanitar fanlarga bevosita murojaat qilgandek bo‘lishmoqda. Terminlarning to‘g‘ri yozilishi o‘rgatib borilgan. Yaqinda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘zbek tilini o‘rganish masalalari yuzasi- dan taqdimotlar tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlov respublikadagi barcha o‘qituvchilarni o‘z ustida ijodiy ishlashga chorladi. Chunki ta’lim jarayonida har bir darsda yangi- liklar kiritish, mavzularning zamonaviy texnologiyalar bilan boyitilishi ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Mana o‘zbek tilining davlat tili sifatida e’tirof etilganiga ham 33 yil to‘ldi. O‘tgan davr mobaynida tilimizning nufuzi va mavqeyi oshdi, ijtimoiy vazifasi va qo‘llanish doirasi kengaydi. Ish yuritish o‘zbek tilida olib borilmoqda. Istiqlol sharofati bilan o‘zbek tilida qator asarlar yaratilmoqda. Oliy ta’lim mu- assasalari va umumta’lim maktablarida barcha yo‘nalishlar hamda sohalar bo‘yic- ha yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar nashr qilindi. Ayniqsa, o‘zbek tilshunosligi sohasida yuzlab, balki minglab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, mazkur soha bo‘yicha o‘zining yechimini kutayotgan ayrim nazariy muammolar o‘rganib ke- linmoqda. Shu o‘rinda Is’hoqxon To‘ra Ibratning: “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillar- ni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”, deb bir asr narida aytgan so‘zlarini keltirish mumkin. Albatta, mamlakatimiz ko‘pmillatli, har bir millat o‘z ona tiliga ehtirom ko‘rsatishi kerak, shu o‘rinda o‘zbek millati ham. So‘nggi yillarda o‘zbek tili va adabiyotini rivojlantirishga, tilimizning davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga qaratilgan bir qancha samarali ishlar amalga oshiril- moqda.Bugun milliy yetakchimiz boshchiligida tilimizni asrab-avaylash maqsadida qonun, bir nechta farmonlar qabul qilingan. Qonun bilan o‘z
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada milliy tilimizning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ma’lumotlar batafsil yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada milliy tilimizning kelib chiqishi va rivojlanishi haqida ma’lumotlar batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- узбекский язык, heritage of our ancestors, Milliy dastur, наследие наших предков, Uzbek language, o‘zbek tilshunoslig, modern technologies, National program, zamonaviy texnologiyalar, ajdodlarimiz merosi, Национальная программа, узбекское языкознание, Uzbek linguistics, o‘zbek til, современные технологии
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025