Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Iqbol Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari
IQBOL MIRZO · SAYIPOVA DILAFRUZ
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 226-228 · 2007
Аннотация
Maqolada Iqbol Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, shoir ijodi dagi yangicha tashbehlar, she’rlaridagi ta’sirchanlik sabablari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, she’rlaridan parchalar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: adabiyot, adabiyotshunos, nazm, she’r, janr, qo‘shiq, tashbeh, takrorlar. Adabiyot yaralibdiki, olam va odam uning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Adabiyot, birinchi navbatda, insonshunoslik ekanligini yetuk olimlarimiz har doim ta’kidlab kelgan. Bu mavzu turli tillarda, turli ohanglarda, turli ranglarda har qancha tovlan- masin, har bir ijodkor nigohida, har bir iste’dod yuragida, har bir yaralayotgan har bir misrada yana o‘zgacha jilolanadi. Shoir Iqbol Mirzo she’riyatida bu ohanglar goh xazin, goh shodon, gohida dardli, goho jo‘shqin, gohida sokin oqadi. Uning she’rlarida ranglar yetti xil emas, yetmish xilda tovlanadi. Ko‘ngillarga yog‘du bo‘lib quyiladi, shu’la bo‘lib mo‘ralaydi. Iqbol Mirzo she’riyati haqida adabiyotshunos olim Umarali Normatov shunday yozadi: “Bir qarashda, Iqbol she’rlari sho‘x-shodon, o‘ynoqi misralardangina yaral- ganday tuyiladi. Biroq ular zamiriga razm solsangiz, o‘sha sho‘x-shodon, o‘ynoqi misralar qanotida shoirning qalb tug‘yonlari, armon to‘la alamli o‘y-mushohadalari yog‘ilib turganligiga amin bo‘lasiz” [Normatov U. 2007:140]. Darhaqiqat, Iqbol Mirzo she’rlari sodda yozilgan, yengil o‘qiladi. Birinchi mu- habbat mavzusida yozilgan she’rlar talaygina bo‘lsa-da, Iqbol Mirzoning “Birinchi sevgi”si o‘zgacha. Yurakning ilk bor entikkani, hislardan to‘lib-toshganini shoir o‘z- gacha tasvirlaganini, boshqalarga umuman o‘xshamasligini tan olamiz: To‘rt fasl bahor edi, To‘rt taraf gulzor edi. Sen bor eding, tilimda Bir qo‘shig‘im bor edi: “Gulijonning ko‘zidan Ohular uyaladi… [Iqbol Mirzo. 2007:40] Umarali Normatov Iqbol Mirzo ijodi haqida fikrlarini shunday davom ettiradi: “Abdulla Qahhor aytmoqchi, ijodkor janrni tanlamaydi, balki janrning o‘zi ijodkorni topib oladi. Iqbol ijodiy taqdirida ham ayni shu hol yuz berdi, qadim qo‘shiq olami Iqbol siymosida yana bir o‘z odamini topdi…” [Normatov U. 2007:38] Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 226 O‘zbek she’riyatida qadim qo‘shiq olami Muhammad Yusufni topgan edi, Iqbol Mirzo o‘zining betakror satrlari bilan shu olamga kirib keldi. Uning she’rlari go‘yo- ki ohanglar bilan birga tug‘ilganday…, iztirobli alamlar atrofimizni to‘ldirganday…, bizni dunyoga keltirgan zotning naqadar g‘animatligi hissi… Goho sizning borligingiz unutdim, Yo‘llarimda zorligingiz unutdim. Umidlari kesilgan bu dunyoda Yolg‘iz umidvorligingiz unutdim. G‘animatim, omonatim – onajon. [Iqbol Mirzo. 2007:33] Nazmda yangicha tashbehlar juda qadrli. Shoir ijodi kutilmagan tashbehlar, in- sonni o‘yga toldiradigan betakror iboralarga boy. Boqiy dunyoga yo‘l olgan inson… U endi hech qachon qaytib kelmaydi… Uning hovli-joylari usiz g‘arib, ustunga ilingan choponi xuddi ustunga yuzini qo‘yib yig‘la- yotganday… Hech bir tashbeh “Ustunga yuz bosib, yig‘layotgan chopon” kabi so‘n- gsiz va og‘ir g‘amlarni bunchalik yaqqol ifodalay olmaydi, nazarimizda… AZA Eshilib-buralib, yulqinaruzum, Shamaloq barg aro mo‘ltirar osmon. Siyohrang rayhonlar yashirar ko‘zin, Ustunga yuz bosib, yig‘laydi chopon. [Iqbol Mirzo. 2007:58] Muhabbat, visol, firoq mavzusida ham son-sanoqsiz she’rlar bitilgan. Iqbol Mirzo esa “Muhabbatsiz visol haqida hikoya” yozadi. She’rni o‘qib hayratlanamiz, muhab- batsiz visol beqadrligi, ko‘ngilga taskin bermasligi, inson hissiyotlari murakkabligi bizni o‘ylantirib qo‘yadi; ertaklardagi “murod-maqsadiga yetmoq” iborasi umuman boshqacha ohang kasb etganini kashf etamiz: Muhabbatsiz kechdi bu visol, Men murodsiz maqsadga yetdim. Tuni bilan yalindi ayol, Kelaman deb aldadim – ketdim. [Iqbol Mirzo. 2007:36] Iqbol Mirzo she’riyatidagi yana bir jihat so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llay olish, so‘z o‘yini o‘quvchini zavqlantiradi, estetik zavq bag‘ishlaydi. Mana bu she’rda “obqochmoq” so‘zi uch ma’noda qo‘llangani (qizni obqochmoq, gapni obqoch- moq, xayol obqochishi) fikrimiz dalilidir: – Seni obqochib ketaman! Yerni aylantirib tuyoqning zarbi, G‘ildirar osmonning adoqlarida… …– Toza obqochasiz! – deysan chimirlab, Otam osmondan ham topib keltirar... …Ketasan... Men yolg‘iz. Huvillagan dil. Xayol obqochar... [Iqbol Mirzo. 2007:64] Shoir she’rlarining yana bir jozibasi uning ohangdorligida. Iqbol Mirzo so‘zlarni shunday tanlaydiki, boshqa bir so‘z bu latofatni namoyon qilishga ham, bu maz- munni ifodalashga ham ojizlik qiladi: Yo‘g‘-u borimga bois borliqsan, sevgi, Yagona yordan yolg‘iz yorliqsan, sevgi. Yuragimni tars yorgan lazzatsan, lazzat… [Iqbol Mirzo. 2007:87] STARS International University 227 Ko‘rinib turibdiki, misralardagi “y” tovushi takrori she’rga alohida bir ohang, o‘z- gacha bir go‘zallik bag‘ishlagan. Iqbol Mirzo to‘plamida “Ko‘ngildagi gaplar”ni yoza turib o‘ziga muhabbat qalam tutqazganini, keyinroq bu tuyg‘u yurt ishqiga, vatan sevgisiga aylanganini aytadi. Ona-Va
Доказательный фрагмент
«Maqolada Iqbol Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, shoir ijodi dagi yangicha tashbehlar, she’rlaridagi ta’sirchanlik sabablari haqida fikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Iqbol Mirzo she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari, shoir ijodi dagi yangicha tashbehlar, she’rlaridagi ta’sirchanlik sabablari haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- подход, осознанный, conscious, компетентность, didaktik, познавательный, интеграция, kompetensiya, integration, approach, competence, didactic, ongli, kognitiv, cognitive, yondashuv, дидактический, integratsiya
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025