К содержанию
РецензированоUZ2026

Jarangdor qo‘shiq

Nilufar Dilmurodova · Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 2026

Аннотация

Maqolada adibning adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik borasida olib borgan kuzatuvlari ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos estetik-falsafiy tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib taqalishi xususida so‘z yuritiladi. Shuningdek, adib hikoyaning kichik olamida katta olam yaratish orqali estetik ideali yo‘nalishini belgilab berishi ta’kidlanadi. Kalit so‘zlar: estetik ideal, syujet chizig‘i, individual uslub, an’anaviy realizm, badiiylik, kompozitsiya, tugun,yechim. Annotation. The article examines the writer's reflections on the problems of literature, in particular narration, the joys and sorrows of the creative process, the aesthetic and philosophical principles inherent in the art of words, the creative world, the depth of his courage and will. It is also emphasized that the writer sets the direction for the aesthetic ideal, creating a large world within the small world of the story. Key work: aesthetic ideal, storyline, individual style, traditional realism, poetry, composition, node, solution Ma’lumki, mutolaa, faqat mutolaa badiiyat sehri va haroratini teranroq tuyish, obrazlar qiyofasida, ramzlar va iboralar tarkibida jam nafosatni va ruhiy evrilishlar miqyosini yaqqolroq idrok etishga ko‘mak beradi. So‘z olamida yashash ko‘nikmasi tufayli tafakkurimiz, ong-shuurimiz va qalbimizda badiiy- estetik sintez, badiiy-estetik inqilob sodir bo‘ladi, so‘z bilan fikr, botin bilan zohir, dil bilan dunyo birlashadi. Ana shu asnoda ezgu ma’no – estetik ideal vujudga keladi. Nemis olimi G.Gegel bu murakkab holatni kuzatib: “...har qanday so‘z o‘z- o‘zicha emas, balki ma’nosi bilan ahamiyatlidir. Ruh, jonu dil insoniy ko‘z, yuz, teri orqali, xullas, insonning butun qiyofasi orqali gavdalanadi va uning ma’nosi bevosita voqelikdagiga qaraganda qandaydir boshqacharoq bo‘ladi”, - deb ta’riflagan edi. Ana shu ilmiy-estetik e’tirofga ko‘ra, demak, har qanday janrdagi badiiy asar, xususan, hikoya janrida mazmun-mohiyat jozibadorligi teran ma’no- maqsad vositasida ta’min etilishi lozim. 65 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Ko‘plab iqtidorli qalamkashlar singari, Xurshid Do‘stmuhammad ijodi, malakasi va dunyoqarashi shakllanishiga jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Adib bu jarayon faollaridan bo‘lib, ulkan ma’naviy-ma’rifiy boylik hisoblangan so‘z olamining kuzatilmagan qatlamlarini kuzatishga kirishdi, oddiy so‘zni badiiylashtirish, ya’ni so‘zdagi isyonkorlik ruhini ilg‘ash va anglashga intildi, poetika zamirida pinhon anglash qiyin mantiqni anglash mashaqqatidan cho‘chimadi, qolaversa, bu mantiqnni hissiy idrok etish tamoyillariga suyandi. Adib so‘z san’atini jo‘n hodisa sifatida tushunmaydi, uni moddiy va ruhoniy dunyo sirlarini kashf etuvchi mo‘jizaviy vosita – barcha fanlar bilan aloqada rivojlanuvchi ezgulik quroli deb biladi. Shuning uchun ham, har bir asarida badiiy-estetik mezonlarni, binobarin, estetik idealini ohorli me’yorlar bilan boyita bordi, badiiyat bilan ko‘ngil ko‘zini topishtirish orqali moddiy va ruhoniy dunyo, turli zuhuriy va botiniy qiyofaga ega bo‘lgan odamlar, jamiyat va insonlar psixologiyasi ko‘zgusi sanalgan har xil tarixiy va zamonaviy voqea-hodisalarni sinchkovlik bilan kuzatadi. Adib adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik borasida olib borgan kuzatuvlar ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos estetik-falsafiy tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib taqaladi. Kichik epik turga mansub bo‘lgan hikoya poetik miqyosi aslida so‘z dunyosi qadar kengligini, ana shu poetik kenglikda turli ijtimoiy va axloqiy muammolarni qamrab olish imkoni mavjud ekanini teran anglagan adib quyidagi dolzarb nazariy mulohazani o‘rtaga tashlaydi: “Har safar yangi hikoyani xayolda pishitib yurganingizda, uni qog‘ozga tushira boshlaganingizda avvalgilaridan zo‘rroq asar yarataman degan tuyg‘u sizga rag‘bat berib turadi. Bu foydali tuyg‘u, lekin hikoya yaratish musobaqa emas. Qaysidir boshqa yozuvchidan yoki bo‘lmasa o‘zimning burungi hikoyalarimdan o‘zib ketadigan yangisini yozishga intilish emas. Har bir hikoya – yangi ijodiy kayfiyat! Voqelikni o‘zgacha idrok etishga harakat!”. Demak, adib an’anaviy va moderncha usullarni yonma-yon yoki tutashtirib samarali qo‘llar ekan, avvalo, o‘zida yangicha ijodiy kayfiyat uyg‘otishni, eng muhimi esa,qadimiy dunyoni – tabiat va jamiyatni yangicha idrok etish, odamzod ko‘ngini yangicha tushunishni xohlaydi. Har bir hikoya orqali yuz bergan yoki yuz berishi mumkin bo‘lgan voqea-hodisalr ichkarisiga chuqurroq kirib boradi, ayni paytda, yaxshi-yomon ichra g‘imirlab, o‘zligini topishga urinadigan odamni yoki bunday intilishdan olisdagi odam dilini badiiy talqin ob’ekti qilib oladi. Bunday kuzatuvlar orqali tuygan quvonchlari va azoblari ruhlantiruvchi quvvatga ega bo‘ladi. 66 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference So‘z san’ati kenglikka intilish, joziba imkoniyatlari, hurlik ne’matlaridan oziqlanish, ya’ni qadimiy olamning rang-barang qiyofasini sha

Доказательный фрагмент

«Maqolada adibning adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik borasida olib borgan kuzatuvlari ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos estetik-falsafiy tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada adibning adabiyot masalalari, xususan, hikoyachilik borasida olib borgan kuzatuvlari ijodiy jarayon zavqi-qiynog‘i, so‘z san’atiga xos estetik-falsafiy tamoyillar, ijodkor dunyosi, jasorati va irodasiga borib… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sonet, sonnet, жанр, lirika, image, poem, лирика, сонет, lyric, she’r, genre, поэма, homeland of sonnet, sonet vatani, образ, janr, obraz, родина сонета
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники