Иностранная филология: язык, литература, образованиеИрода Баенханова2019
“O‘zbek tilim – O‘zbekligim”
Мадина Кабилова (Термезский государственный педагогический институт)
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 3 · 200-203 · 1989
Аннотация
1989-yil 21-oktabr… Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini olib kelgan qutlug‘ kun. Ona tilimiz sha’ni va qadr-qimmatini yuksaklarga ko‘tarishga tashlangan mardona qadam. Kalit so‘zlar: til, “Mo‘g‘ullar tarixi”, qasida, davlat tili, qonuniy maqom, ma’naviyat, ona tili, millat, O‘zbektoy. Til-millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikasi Birinc- hi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fa- zilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili- bu millatning ruhidir” deya e’tirof qilinmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qan- day millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. “O‘zbek tilim- o‘zligimdir”. Islom Kari- mov tufayli O‘zbekiston yurti o‘zining tiliga, ya’ni o‘zbek tiliga ega bo‘ldi. O‘zbek tili- ona tilidir. 1989-yil 21-oktabr kuni “ Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbek tili o‘zining shirali, har bir quloqqa xush yoqishi bilan o‘ziga jalb qiladi. Hattoki ko‘plab chet elliklar ham o‘zbek tiliga qiziqib, uni o‘rganib, gapirishmoqda. Ona tilimizni eshitgan har bir inson entikib ketadi. O‘zbekistonlik barcha insonlar o‘zbek tilini sevadilar, iftixor bilan gapiradilar. O‘zbek tilini, ya’ni davlat tilini rivojlantirish, uni dovrug‘ini ko‘klarga ko‘tarish faqat tilshunoslar, shoir yoki yozuvchilarning ishi emas, balki mana shu yurtda yashab, shu yurtning changini yutib, suvini ichib, tuzini totib yashayotgan har bir insonning vazifasi hisoblanadi. Oddiy dehqon bo‘laylik yoki farrosh, novvoy, farrosh, quruv- chi, qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat’iy nazar, davlat tilining rivoji uchun hissa qo‘shish, shu Vatan, shu xalqqa bo‘lgan farzandlik burchimizdir. Xo‘sh, bu nimadan boshlanadi?! Ona tilimizga bo‘lgan e’tibor birinchi navbatda, hurmat-ehtiromdan boshlanadi. Xalqimizda “O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir” degan maqol bejisga aytilmagan. Ya’ni “ O‘ynab yozsang ham, o‘ylab yoz” degan ma’noda. Hozirgi kun- da ko‘chalarimizning peshtaxtalarida yozilgan so‘zlarning xato ekanligi tilimizning Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 200 buzilishiga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston yurtida istiqomat qiluvchi fuqarolarning ko‘pi so‘zlarni buzib, xato va qo‘pol gapirishmoqda. “Зато”, “конечно”, “уже” kabi chetdan kirib kelgan so‘zlarni qo‘shib, o‘zbek tiliga befarq ekanliklarini namoyon qilmoqdalar. Eng achinarlisi faqatgina nutqimizda emas, balki yozuvda ham qo‘pol xatoliklar aks etmoqda. So‘zlarni qisqartirib yozishlar, chet so‘zlarni aralashtirib tashlashlar, ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlar kuzatilmoqda. Ularni tartibga keltirish uc- hun qanchalab maslahatchilar joylarda ish olib borib, tadbirkorlarga, aholiga pesh- lavhalar, axborot matnlari va e’lonlarni tartibga keltirish borasida tavsiyalar, amaliy yordamlar bermoqdalar. Taassufki, ayrim yurtdoshlarimiz, o‘zbekistonlik, shu yurt fuqarosi bo‘la turib, bu kabi islohotlarga panja ortidan qaramoqdalar. Go‘yoki bu ishlarga ularning aloqasi yo‘q, xuddiki ular chet el fuqarosidek! Ammo, ulardan farqli o‘laroq ayrim yurtdoshlarimizga, tadbirkorlarga ham minnatdorlik bildirish lozim. Ular o‘zlariga tegishli bino, do‘kon, savdo shaxobchasining peshonasiga davlat tilida bitilgan xatosiz, chiroyli matnlarni joylashtirmoqdalar. O‘zbeklar Qoraqalpog‘iston Respublikasida (397ming 800), shuningdek, Toji- kiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmanistonda ham yashaydilar. Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Eron, Xitoyning Shinjon uyg‘ur viloyatida va boshqa davlatlarda ham bor. Bundan ko‘rinib turibdiki o‘zbek xalqi dunyoning har bir bur- chagida mavjuddir. O‘zbek tili qadim tarixga va o‘zining betakror yozma an’anala- riga ega bo‘lgan nufuzli tillardan biridir. O‘zbek tilida so‘zlashuvchilarning soni yer yuzida 35milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Shundan 25milliondan ortig‘i O‘zbe- kistonda istiqomat qiladi. O‘zbek atamasi tarixda ilk bor XII asrda Rashididdinning “Mo‘g‘ullar tarixi” asari- da atoqli ot ma’nosida tilga olinadi. Jaloliddin Manguberdining qo‘shin boshliqlari- dan biri O‘zbektoy deb atalgan. O‘zbek degan so‘zning “o‘ziga bek”, “otliq qo‘shin”, “soda”, “to‘g‘ri”, “insofli”, “saxiy”, “odamoxun”, “diltortar”, “suyukli” kabi ma’nolari mavjud. Herman Vamberining “Turkiy xalq” asarida esa “o‘zbek” so‘ziga shunday ta’rif berilgan: “O‘zbek, degan so‘z qaysi ma’noni bildiradi deganda, eng avvalo, shuni aytib o‘tish kerakki, bu so‘z “o‘z” va “bek” so‘zlaridan iborat bo‘lib, shulardan birinchisi “asl”, “ajoyib”, “tagi mustahkam”, “sardor” ma’nolarini bildiradi. Demak, bu so‘zning ma’nosi “asl bek”dir. O‘zbek xalq tilining takomillashuvida XIV asrdan XIX asr ikkinchi yarmigacha bo‘lgan tarixiy davr muhim rol o‘ynadi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Turdi Farog‘iy, Boborahim Mahrab, Zokirjon Holmuhammad o‘g
Доказательный фрагмент
«1989-yil 21-oktabr… Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini olib kelgan qutlug‘ kun.»
Образец извлечения
Демо-превью1989-yil 21-oktabr… Qalblarni to‘lqinlantirgan mustaqillikning ilk nasimlarini olib kelgan qutlug‘ kun. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- правовой статус, государственный язык, родной язык, История монголов, mother tongue, spirituality, millat, state language, qonuniy maqom, Uzbek, legal status, til, nation, ode, язык, ona tili, History of the Mongols, davlat tili, узбек, O‘zbektoy, ma’naviyat, ода, Mo‘g‘ullar tarixi, language, духовность, нация, qasida
Смежные источники
Медицина и инновацииХ Камилов, К Тахирова +12021
Иностранная филология: язык, литература, образованиеА.Нурмухамедов СамДУ доценти, Илм аҳлига инкор категорияси2017
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021