Учебная литератураKamoliddin Shamsiddin Sirojiddin o'g'li2019
Образ национального духа в поэзии Эркина Вахидова
RUHIYAT TASVIRI · Nurboy JABBOROV, filologiya
in Library · 2026
Аннотация
Maqolada Erkin Vohidov she'riyatida milliy ruh tasviri masalasi tahlilga tortilgan. Shoir lirikasida milliy ruh tasviri oy, yulduz, fonus, dastro ‘mol singari badiiy obraz va timsollar, ona tiliga muhabbat, ona yurt vasfi, o‘zbekka xos yomonga ham yaxshilik qila olish singari milliy qadriyatlar talqini, Shuningdek, fikrning badiiy ifodasi misolida tadqiq qilingan. Kalit so„zlar. She'riyat, milliy ruh, badiiy obraz, timsol, milliy qadriyat, poetik shakl, badiiy ifoda. Mohiyatan umuminsoniyatga daxldor bo‘lsa-da, adabiyot milliy shaklda namoyon bo‘ladi. O‘zida millatning ruhini ifodalaydi. Bu xususiyatlar she'riyatda, ayniqsa, yaqqolroq bo‘y ko‘rsatadi. Zamonlar almashinadi, tafakkur, taxayyul evriladi, she'riyatda surat - shakl o‘zgarib, yangilanib boradi. Biroq har qanday holda adabiyotning, she'riyatning darajasi ikki mezon - milliy ruh va mahoratga ko‘ra belgilanadi. Bugungi she'riyatimiz milliy ruhni saqlab qola bilgani hamda badiiy tasvir va uslub rang-barangligida katta miqyoslarga ko‘tarila olgani jihatidan jahondagi eng rivojlangan xalqlar poeziyasi bilan ham bo‘ylasha oladi. O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidov nazmiy merosi bu jihatdan, ayniqsa, alohida ahamiyatga ega. Shoir “O‘zbegim” qasidasini yozish orqali o‘ta murakkab va ziddiyatli bir zamonda beqiyos jasorat ko‘rsatdi, o‘zi mansub xalqning barhayot badiiy siymosini yaratdi. “Yoshlik devoni” bilan zamonamizga unutila boshlagan mumtoz aruzni olib kirdi, aruzga yangi ruh bag‘ishladi. “Donishqishloq latifalari” timsolida engil yumor vositasida millatga oyna tutdi. Bu oynada taraqqiyotga to‘siq bo‘layotgan illatlarni ro‘y-rost ko‘rsatdi. Komfirqa g‘oyalarining jarchisiga aylangan she'riyatga milliy ruhni olib kirish yo‘lida munosib xizmat qildi. Bizningcha, Erkin Vohidov she’riyatida milliy ruh quyidagi poetik shakllarda ifodalangani kuzatiladi: Birinchidan, badiiy obraz va timsollarda. She’riyatning, hatto 49 umuman adabiyotning asosiy sharti bo‘lgan badiiy obraz yoki timsol chinakam milliy shaklda namoyon bo‘lsagina o‘quvchi qalbiga tezroq etib boradi. Shundagina uning ta’siri umrbod unutilmasligi mumkin. Ijodining ilk davridayoq Erkin Vohidovning zohiran maishiy turmush ashyosi sanalgan piyola va choynak timsollari orqali manmanlik va kamtarlik haqida chiqargan ohorli va ta’sirchan xulosasi buning yaqqol dalilidir. Bor-yo‘g‘i sakkiz misradan iborat bu She’r o‘zbekka xos obrazli tafakkurning yorqin namunasi ekani uchun ham yuraklardan chuqur joy egalladi. Shu bois uni yod bilmagan odam kam. Yoki mana bu satrlarga e‘tibor bering: Oyfonusin ko‘tardi osmon, Yulduzchalar bo ‘Idi parvona. Oyni qorong‘i tunda yongan fonusga va yulduzlarni uning atrofida aylangan parvonalarga qiyoslash - milliy ruhga yo‘g‘rilgan bu ohorli tashbeh Erkin Vohidovgacha boshqa biror shoir asarlarida uchramagani bilan ham qimmatlidir. Shoir ijodidan bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. —Uchi tuguk dastro‘mol” - sarlavhaga olib chiqilgan bu poetik ramz o‘zbek xarakteri, o‘zbek ruhiyatini ta’sirchan va yorqin ifodalagani bilan alohida ajralib turadi. Muhimi, shoir bu kichik poetik ramz vositasida yirik badiiy umumlashmalar chiqaradi. Uningcha, g‘unchalar - olamga sep yozgan bahorning bayramga yasanishni unutmaslik uchun ro‘molchasiga solgan tuguni. Inson miyasi - o‘n to‘rt milliard uchi tugik dastro‘mol. Odamzod ko‘kragidagi betinch qalb - bamisoli umr mohiyatini eslatib turuvchi ro‘molcha tuguni. Taqdir derlar, bilmam, nedir taqdiring, Balki oltmish, balki yuzga kirgan chol... Boshing uzra unsiz yig‘lar kampiring, Bir qo‘lida uchi tugik dastro‘mol. Ya’ni muqaddas kalomda aytilganidek: “Har bir tirik jon o‘lim sharbatini totib ko‘rguvchidir”. Hayot intihosida ham dastro‘mol uchi tugik holda qoladi. Negaki, inson o‘zi o‘ylagan, orzu qilgan barcha ishini ham amalga oshirib ulgurmaydi. Hayoti asta-sekin so‘nar ekan, inson yuragi hisob so‘raydi: — Bo‘lganmi hech ixtiyoring o‘zingda, Biror soat yashadingmi betugun?” Shoir chiqargan badiiy xulosa o‘quvchini inson hayotining asl 50 mohiyati haqida chuqurroq mushohada yuritishga undaydi: O‘yla, do ‘stim, kelmay turib o‘sha dam, Isrof qilma yosh yurakning kuchini. Mana bu gap hech chiqmasin yodingdan, Tugib qo‘ygin ro‘molchaning uchini. Erkin Vohidov ko‘p mamlakatlarda xizmat safarlarida bo‘lgan. Qaerga bormasin, shoir qalbini Vatan va millat muhabbati, bir nafas bo‘lsin, tark etmagani rost. —Ararat cho‘qqisiga” she’rida moviy samoga tutashgan, tong eng avval otib, quyosh eng keyin tark etadigan bu zamin haqida yozar ekan, dengizdan naridagi - oq dalalari harir ko‘ylak kiygan, Amu, Sir atalgan daryolari bor o‘z ona diyori, sevikli yori haqida o‘y suradi. Arman qizi Azganushni vasf etar ekan, tog‘lar ortidagi ona yurtini bir lahza bo‘lsin unutmaydi. Bokuda Fuzuliy haykali qoshida turar ekan, she’rsevar xalqini yod etadi. Kanada safarida yurar ekan, soat milini hamma sursa ham, shoir o‘zgartirmaydi: — Er sharining ters tomonida ham Toshkent vaqti bilan yashaydi ”. Bular hammasi millat ruhi, o‘zi mansub ona xalqi yodi
Доказательный фрагмент
«Maqolada Erkin Vohidov she'riyatida milliy ruh tasviri masalasi tahlilga tortilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada Erkin Vohidov she'riyatida milliy ruh tasviri masalasi tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- поэтическая форма, poetic form, национальный значение, national spirit, bаdiiy ifоdа, artistic image, символ, художественный образ, pоetik shаkl, symbol, bаdiiy оbrаz, Поэзия, национальный дух, milliy ruh, timsоl, artistic expression, milliy qаdriyat, She‘riyat, national value, художественное выражение, Poetry
Смежные источники
Журнал академических исследований нового УзбекистанаNusratulloh Muxtorov2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025