К содержанию
РецензированоUZ2026

Ergonimlarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi

KULTAYEVA FAZILAT

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 109-113 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida ergonimlarning lekik-semantik, lingvistik, lingvostilistik, terminologik va pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganish hamda bu borada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan olingan natijalar tilshunoslik fanini yangidan yangi ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitishga xizmat qilib kelgani hamda ergo- nimlarning lingvistik xususiyatlari tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: lingvistika, onomastika, ergonim, urbanonim, identifikatsiyalash, iqtisodiy nom, semasiologiya, periferiya, firmino. Dunyo tilshunosligida ergonimlarni lekik-semantik, lingvistik, lingvositlistik, ter- minologik va pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganish sohasi uncha uzoq bo‘lma- sa-da, samarali yo‘lni bosib o‘tdi. Bu borada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ish- laridan olingan natijalar tilshunoslik fanini yangidan yangi ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitishga xizmat qilib keldi. Hozirgi kunda amalga oshiriladigan ishlar o‘zbek tili leksikasining milliy, shakliy hamda uslubiy jihatdan rivoji uchun xizmat qiladi. Muhtaram Prezidentimiz e`tirof etganlaridek: “…Sharq donishmandlari aytganidek: “Eng kata boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak ma’naviyat egasi bo‘lish uzluk- siz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”1. Mazkur fikrlar, shubhasiz, o‘zbek tilshunos- ligida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarga ham aloqadordir. Shu ma’noda har qanday shaharning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sifatida onomastik makon, ergonimlar massivi o‘ziga xoslikni ifodalaydi hamda ijtimoiy sohada sodir bo‘lgan yoki sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar zamonaviy til tizimining lug‘at qatla- mi va asosini aks ettiradi. Ergonim, uning lingvistik holati va grafik xususiyatlari shakl o‘zgarishlariga oid savollar bugungi kungacha ochiqligicha qolmoqda. Bu- gungi kunda o‘zbek tilshunosligida ergonimlarning aniq terminologik lug‘ati yo‘q, faqat ergonim tarkibiy qismlarining parcha-parcha tavsiflari, shakllanmagan ter- minologik tizimlari mavjud. Lingvistik nazariyalar yetarli darajada rivojlanganligiga qaramasdan, turli shaharlar ergonimlarida lingvistik elementlardan foydalanish- ning o‘zbek tilshunosligida hali to‘liq va tizimli tavsifi yo‘q. Ergonimlarni o‘rganish leksik semantika (semasiologiya va onomasiologiya), 1 O‘zbekiston prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasidan. “Xalq so‘zi” gazetasi 2020-yil 25-yanvar soni. STARS International University 109 so‘z yasash, lingvistik semiotika, kognitiv tilshunoslik, madaniy tilshunoslik va pragmalingvistika fanlari chegaralarida olib boriladi. O‘rganilayotgan mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi zamonaviy komunikativ jarayonda shahar obyektla- rining nomlari yuqori darajada takrorlanishi mumkin hamda til vositasida insonlar ongida jonlanib, uning dunyo haqidagi tasavvurini shakllantirishda ishtirok etadi. Shu nuqtayi nazardan, bu ergonimlar tizimining kognitiv imkoniyatlarini, uning tarkibiy qismlarining semantik va tarkibiy xususiyatlarining o‘ziga xos xususiyatla- rini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Ko‘pincha, nominatsiyaning ijtimoiy yo‘nal- ishini aks ettiruvchi shahar ergonimlarining tavsifi (Arzon dorixona, Malika ayollar kiyimlari do‘koni), jinsi va yoshga doir omillari (Begoyim go‘zallik saloni, Чудо дети bolalar mahsulotlari marketi) ham ijtimoiy-lingvistik ahamiyatga ega. Ergonimlarni har tomonlama o‘rganish zamonaviy tilshunos-semasiolog uchun, ayniqsa, muhim: bu obyekt va hodisalarning “umumiy otlari” chegara zonasidagi og‘zaki belgining boyligi, uning o‘ziga xosligi haqidagi tushunchani kengaytirish imkonini beradi Onomastikaning bir shoxobchasi bo‘lgan ergonimik birliklarni lingvistik jihatdan o‘rganish va tadqiq etish, zamonaviy ergonimikaning hosilaviy va funksional im- koniyatlarini aniqlash va tahlil qilishdan iborat. Bu maqsad quyidagi vazifalarni hal qilish orqali amalga oshiriladi: 1. Berilgan nomlar korpusidagi tizimli munosabatlarni tahlil qilish. 2. Ergonimik nominatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash. 3. Ergonimlarning leksik-semantik va hosilaviy xususiyatlarini aniqlash. 4. O‘zbek tilshunosligidagi ergonimik tizimning rivojlanish dinamikasini kuzatish. 5. Ergonomiyaning kommunikativ salohiyatini baholash. Tadqiqotning vazifalari: - “nom” tushunchasini ta’riflashda mavjud yondashuvlarni umumlashtirish ham- da ergonimlarning leksik va semantik munosabatlarini tavsiflash; - o‘zbek onomastikasida ergonimning lingvistik maqomini belgilash va ergonim tushunchasiga ta’rif berish orqali funksional o‘ziga xos xususiyatlar va tasniflash- ning asosiy yondashuvlarini aniqlash; - ergonimlarning terminologiya tizimidagi o‘rnini aniqlash; - ergonimlarni semantik tuzilishi jihatidan tavsiflash, shuningdek, semantik nom- lanish qoidalari va o‘ziga xosliklarni tahlil qilish; - zamonaviy ergonimik tizimning rivojlanish dinamikasini kuzatish. XX asrning boshlarida so‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida ergonimlarning lekik-semantik, lingvistik, lingvostilistik, terminologik va pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganish hamda bu borada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan olingan…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada dunyo tilshunosligida ergonimlarning lekik-semantik, lingvistik, lingvostilistik, terminologik va pragmatik nuqtayi nazardan o‘rganish hamda bu borada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan olingan… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
economic name, языкознание, identifikatsiyalash, хозяйственное название, onomastika, семасиология, identification, onomastics, urbanonym, urbanonim, ergonim, periferiya, эргоним, идентификация, периферия, firmino, periphery, iqtisodiy nom, lingvistika, semasiology, semasiologiya, ономастика, урбаноним, linguistics, фирмино, firmino
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники