Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
To‘marisning tumorin taqqan ayol o‘lmaydi yoxud halima xudoyberdiyeva she’riyatidan chizgilar
TUMORIN TAQQAN · AYOL O‘LMAYDI · JALILOVA MUXLISA · YOXUD HALIMA
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 87-89 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ijodkor Halima Xudoyberdiyevaning adabiy olamidagi, ijodidagi o‘ziga xosliklar, she’rlaridan asosiy o‘rinni egallagan mavzular, so‘z qo‘llash ma- horati kabi xususiyatlar shoira she’rlari orqali mustaqil tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: yozuvchining tili va uslubi, Nodira, Uvaysiy, Zulfiyaxonim, ayol portreti, o‘lim, To‘maris, chaqiriq, ta’sirchanlik, individuallik, o‘ziga xos uslub. Ba’zan insonning boshqa bir insonni tushunishi qiyinday tuyuladi. Shunday vaqtlar ham bo‘ladiki, kishi hatto o‘z ko‘nglini ham sharhlay olmaydi. Nega shunday ekan? Sababi, ko‘ngilni ham qolipga solib bo‘lmasligidir. Ijodkorlar, shoirlar, so‘z ustalari - barchasi so‘z bilan ish ko‘radi. So‘zni muqaddas biladi, uvol qilmaydi. Aytishingiz mumkin, yozuvchi shoir bo‘lganidan keyin, albatta, so‘zni qadrlaydi-da! Darhaqiqat, siz haqsiz. Lekin men so‘z qadrini o‘z umri qadri bilan bir pog‘onada yanada yuksakka ko‘tara oladigan ijodkorlar qatoriga Halima Xudoyberdiyevani ham kiritmoqchiman. Boisi, shoiraning so‘z va uning inson hayotidagi o‘rni haqidagi har bir yozgan misrasi uning haqiqatda so‘z bilan sadoqatli yashaganligidan dalolat beradi. Jumladan, shoira o‘zining bir she’rida: Sarg‘ayaman, qaddu-belim dol qilaman men, Azoblarda umrimni uvol qilaman men. Yaralangan tik arslonning shiddati bilan So‘z mulkini bir kun ishg‘ol qilaman men. Yoki: Ro‘zi mahshargacha men bilan ketar, Siyoh-u so‘z bilan xayrlashmayman.(2.220) Shoira ijodida Navoiyga, Nodiraga, Uvaysiyga, Zulfiyaxonimga izdoshlik sezilib tursa-da, lekin ayol portretini chizishdagi o‘ziga xosligi, ruhiyati kuchli ekanligi bilan boshqa shoirlardan ajralib turadi. (1.2) Uning ijodida mavzular xilma-xil. Asosiy o‘rinni yurt, ayol, farzand, yor kabi mavzular egallaydi. Shoira ijodidagi ayollarni STARS International University 87 madh etgan nozik chizgilar o‘zgacha, sevgini tarannum etgan misralar o‘zgacha, onani madh etgan satrlar o‘zgacha, yurtni sevish, vatanparvarlikka da’vat etgan so‘zlar o‘zgacha. Uning she’rlarida To‘maris ham, Oybarchin ham, Kumush ham bor. Unda butun dunyo onalari, ayollari bor. Ha, u ayollarni har qadamda madh etdi, har qanday vaziyatda ularni muqaddassan, deya ayta oldi. U bir she’rida: Ayol o‘tib borar… sho‘x yurib, Shamollarda soch yoygan ayol. Ich-ichida yo‘lbars o‘kirib, Sirtdan mayin jilmaygan ayol. Sen so‘rama, men ham aytmayin…(2.58) U onaning, ayolning orzu-havaslarini, armonlarini, o‘ylarini, inj-u hislarini shunday nozik gavdalantirdiki, har o‘qiganingizda yo onangizni, yo singlingiz, opangizni o‘ylay ketasiz. Uning she’rlari ana shunday tirik edi. Shoiraning aksariyat she’rlarida Allohga murojaat, undan najot istash ko‘p uchraydi. Negaki inson eng og‘ir damida ham, eng go‘zal kunida ham Yaratganni eslashi lozim. Chunki yagona suyanch – Alloh. Bu dunyoda hamma tog‘lar qulaydi, suyanch ALLOHGA. U “Ba’zan yonimdagi tog‘” she’rida shunday murojaatni keltirgan: Toshlariyam yutoqqan Holim tayin, Xudoyim - O‘zing suya. Shu toqqa Suyanmayin Xudoyim. Yoki yana bir she’rida: Yo Ra-a-ab, o‘lim-ku bu ishq degani, a Nahot har hujayrang egallab borsa. Nahot har chin oshiq ishq deganida, Peshonasi o‘lim gurzisi yorsa.(2.235) Halima Xudoyberdiyeva she’rlarida yurt, yurt ishqi, vatanparvarlik tushunchalariga alohida to‘xtaladi. U “Jon chiqib ketgunicha” sarlavhali she’rida: Tinch kunda hamma ham otin egarlar, “Otiladi!” desa “Vatan!” deganlar, Miq etmay tursa yurt nonin yeganlar, Ayt, birinchi bo‘lib so‘z olasanmi? (2.259) Men vatanparvarman deb, ko‘p kekkayma sen, vatan uchun ajdodlaringday kurasha olasanmi, senda Temur, Bobur, Jaloliddin, Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori, Cho‘lpon, Qodiriy qoni bor. Shularga munosib bo‘la olasanmi, deb aytmoqchiday tuyuladi go‘yo. Barchamiz kelgan-u, bir kun ketar qush, O‘lim otgan o‘qlar bir-bir yetar qush. O‘shanda... “Vatan”,- deb hushli yo behush, Jon chiqib ketguncha yozolasanmi? (2.260) She’r yozishni mashq qilish mumkin, raqsga tushishni mashq qilish mumkin, biroq hech o‘limni mashq qilib ko‘rganmisiz? Shoiramizda “O‘limni mashq qildim” deb boshlanuvchi misralar bor. O‘limni mashq qilib Chiqdim tun b‘yi, Bul kecha shundayin qaro kechadir. Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil. 88 Oftob chiqar yoqqa o‘grilgan ko‘yi, Yotsam jon chiqarim, Oson kechadir. (2.276) Musulmon odam o‘limning haq ekanligini tan olishi iymonni ado etishining bir shartidir. Darhaqiqat, shoirada o‘limni tan olish hissi yuqori. U o‘limni mashq qildi, har qanday odam ham bunday mardlikka qo ‘l urolmaydi. U iymoni butun, undan kelib, unga ketishini biladi. Jon oftob chiqadigan tarafga qarab yotsa, oson chiqadi, deydi. Oftob chiqar joy bu uning bu dunyoda qilgan yaxshiliklari, ezgu amallaridir. Shunda mangulikka, Olingan chekday, U dunyoga ketgum, Rozi, xotirjam. Chunki... Umrim o‘tdi qorong‘ulikda, Chunki nur izlayman o‘larimda ham.(2.276) Hayot bir xil emas, u baland-pastliklardan iborat. Shoira hayotida ham ayriliq, og‘ir yo‘qotishlar bo‘ldi. Lekin u sinmadi, u to‘xtama
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ijodkor Halima Xudoyberdiyevaning adabiy olamidagi, ijodidagi o‘ziga xosliklar, she’rlaridan asosiy o‘rinni egallagan mavzular, so‘z qo‘llash ma- horati kabi xususiyatlar shoira she’rlari orqali mustaqi…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ijodkor Halima Xudoyberdiyevaning adabiy olamidagi, ijodidagi o‘ziga xosliklar, she’rlaridan asosiy o‘rinni egallagan mavzular, so‘z qo‘llash ma- horati kabi xususiyatlar shoira she’rlari orqali mustaqi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- unique style, призыв, Зульфияханум, Надира, To‘maris, Томарис, writer's language and style, неповторимый стиль, o‘lim, Uvaysiy, female, o‘ziga xos uslub, Увайси, Nadira, импозантность, Nodira, chaqiriq, portrait, индивидуальность, Zulfiyaxonim, ayol portreti, call, impressiveness, женский портрет, Uvaisi, ta’sirchanlik, писательский язык и стиль, Zulfiyakhanim, смерть, death, individuallik, yozuvchining tili va uslubi, individuality, Tomaris
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025