Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Mahmudxo‘ja behbudiyning ijtimoiy-siyosiy va madaniy qarashlari
О Гаффаров (Stars International University) · М Рахимжанов (Stars International University)
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 69-74 · 2026
Аннотация
M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po” nomli maqolasini ham kiritish joiz. Oddiy xalq uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yo- zilgan ushbu maqola “Qonunlar har mamlakatning ahvoliga va siyosatig‘a muvofiq yozilur, xalq vakillari tarafindan tahrir topilib, mamlakatning podshosig‘a topshirilur”, - degan mu- lohazalar bilan boshlanib, Yevropa mamlakatlaridagi hukumat boshqaruvi tahlil etiladi. Ular uchta, ya’ni monarxiya, parlament, respublika turlariga bo‘lib o‘rganiladi. Таянч иборалар: ijtimoiy-siyosiy, hurfikrlik, ziyoli, milliy, mafkura, jamiyat taraqqiyoti, salbiy hamda ijobiy taraflar, madaniy, davr matbuoti, nazariy, fikr-mulohazalar, Turkiston, ziyolilar. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy-siyosiy tuzumdagi hurfikrlik imkoni, darajasi o‘sha davrning ilg‘or milliy ziyolilari qarashlari orqali namoyon bo‘ladi. Ularni sinchiklab o‘rganish va tahlil etish bilan o‘z davri hukmron mafkurasining ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy hayotga qay darajada ta’sir etganligini, shuningdek, jamiyat taraqqiyo- tidagi salbiy hamda ijobiy taraflarni aniqlash imkoni kengayadi. XX asr boshlarida Turkiston milliy ziyolilarining fikr-mulohazalari xalq taraqqiyoti hamda dunyoqa- rashining kengayishiga xizmat qildi va ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’naviy hayotda muhim o‘rin egallay oldi. Ular nafaqat nazariy jihatdan fikr-mulohazalar bildirdilar, balki amalda ham o‘z sa’yi harakatlarini ayamadilar. Shunday insonlardan biri Mah- mudxo‘ja Behbudiy edi. Milliy taraqqiyparvar o‘sha davr matbuot sahifalarida Turkiston xalqlarining si- yosiy, madaniy saviyasini oshirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-siyosiy maqolalari bilan faol ishtirok etdi. U o‘zi muharrirlik qilgan “Samarqand” gazetasining har bir sonida dunyoda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga alohida urg‘u berib bor- di. Jumladan, 1913 yil o‘rtalarida Bolqon mintaqasidagi siyosiy voqealar, xususan, Bolgariya, Turkiya, Ruminiya, Serbiya, Makedoniya, Gretsiya davlatlari orasidagi keskin munosabatlar natijasi o‘laroq boshlangan II Bolqon urushiga (Bu urush 1913 yil 29 iyunda bolgar qo‘shinlarining serb armiyasiga qarshi harbiy harakati bilan boshlangan. Serbiya, Gretsiya, Ruminiya, Turkiya koalitsiyasi Bolgariyaga qarshi urushgan. Bolgariya mag‘lubiyatga uchrab, 1913 yil 10 avgustda Buxarestda sulx STARS International University 69 shartnomasi imzolangan edi. (Izoh: I Bolqon urushi 1912 yil oktabrda Turkiyaga qarshi Bolqon ittifoqi davlatlari (Serbiya, Bolgariya, Gretsiya, Chernogoriya) to- monidan boshlangan va unda Turkiya mag‘lubiyatga uchragan edi.)) M.Behbudiy o‘zining “Bolqonmu Vulqon?”, “Аdarna”, “Bolqonga bir nazar” nomli maqolalarida xolis yondashuvini namoyon qiladi. Bu urushda nafaqat Bolqon mamlakatlari, balki Germaniya, Rossiya, Аngliya, Аvstro-Vengriya davlatlarining ham siyosiy manfaat- lari hal etilayotgan edi. Garchi urush yakun topgan bo‘lsa-da, “Bolqonning istiqboli hanuz mazlumdur. Oxiri qo‘rqinchdir”, - deb yozgan edi M.Behbudiy va uning ush- bu fikrlari haqiqat ekanligini 1914 yilda boshlangan Birinchi jahon urushi tasdiqlaydi. M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po” nomli maqolasini ham kiritish joiz. Oddiy xalq uchun tushunarli, sodda va ravon tilda yo- zilgan ushbu maqola “Qonunlar har mamlakatning ahvoliga va siyosatig‘a muvofiq yozilur, xalq vakillari tarafindan tahrir topilib, mamlakatning podshosig‘a topshi- rilur”, - degan mulohazalar bilan boshlanib, Yevropa mamlakatlaridagi hukumat boshqaruvi tahlil etiladi. Ular uchta, ya’ni monarxiya, parlament, respublika turlari- ga bo‘lib o‘rganiladi. Muallif Rossiya Davlat dumasiga saylanishi lozim bo‘lgan turkistonlik munosib nomzodning yo‘qligiga achinish hissi bilan qarar ekan, o‘lka manfaatini himoya qiluvchi vakillar “Davlat dumasinda 400 nafar a’zo va 50 qadar hukumat rejali vazirlar huzurinda minbarg‘a chiqib, o‘zidan va millati, vatan mamlakati bobinda va ham sudlar, valiylar, vazirlar amal qilaturgan asl zakunni taqvich qilmoq va yo- yinki e’tiroz etmoq”lik xususiyatiga ega bo‘lishi naqadar zarur ekanligini ta’kidlay- di. Buning uchun, eng avvalo, xalqning bolalarini maktablarda o‘qitish masalasini birinchi o‘ringa qo‘yadi. “АQShda... kundalik gazetalarning soni 2472 ta, haftalik gazetalar 16269 ta, o‘n besh kunlik va oylik jurnallar 276 ta chop etiladi. Bulardan 200 kundalik gazeta borki, bularning mushtariysi 10 milliyon kishidir, besh jurnal borki, besh milliyon mushtariyga ega. Eng kam o‘qiladigon gazetaning mushtariysi 100000 kishidur”, - deb yozilgan edi “Samarqand” gazetasining “Xorijiya xabarla- ri” ruknida. Tabiiyki, bu xabar gazeta muharriri M.Behbudiyning yuqori salohiyat sohibi, keng diapazonli dunyoqarashga ega shaxs ekanligini yana bir karra isbot- laydi. Ushbu holatga sharh berib, u o‘z Vatanidagi qoloqlikka shunday baho beradi: “yetmish million Аmerika xalqi 22882 jarida va majalla o‘qiydi, biz, Turkiston nufusi, onlardan sakkiz barobar oz bo‘lsa-da, ilm borasida uch ming daf’a ozdurmiz. Biz dunyo ahdidan biz, turkistonlilar beil
Доказательный фрагмент
«M.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po” nomli maqolasini ham kiritish joiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюM.Behbudiyning siyosiy mazmundagi ishlari qatoriga “Qonuni Ovro‘po” nomli maqolasini ham kiritish joiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nazariy, fikrmulohazalar, общественно-политические, мнения, salbiy hamda ijobiy taraflar, superstition, social development, theoretical, идеология, milliy, интеллектуалы, Turkiston, ziyolilar, общественное развитие, суеверия, теоретические, intellectual, negative and positive sides, mafkura, intellectuals, современная пресса, jamiyat taraqqiyoti, отрицательные и положительные стороны, opinions, socio-political, культура, Turkestan, ideology, интеллектуальные, национальные, ziyoli, ijtimoiy-siyosiy, madaniy, davr matbuoti, hurfikrlik, contemporary press, national, Туркестан
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025