Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
O‘zbek mumtoz adabiyotida ahmadjon sahhof ijodi
BURXANOV ZAVQIDDIN · SHERALI O‘G‘LI · SAHHOF IJODI
Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 43-44 · 2026
Аннотация
Jahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan xulosa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar bil- dirish muhim sanaladi. Zero, har bir xalqning adabiy-estetik idealining badiiy ifodasining shakli o‘zgarib turadi. Kalit so‘zlar: Ahmadjon Sahhof Muhammad bobo o‘g‘li, adabiyot, adabiyotshunoslik, qo‘lyozma. Dunyo ilmiy jamoatchiligi ijodkor adabiy-estetik ideali, asarlarining g‘oyaviy sarchashmalari, ularning matniy, qiyosiy va tekstologik tadqiqini amalga oshirish, ota-bobolarimiz qoldirgan noyob qo‘lyozma manbalarining keng miqyosda o‘rga- nilayotgani bugungi o‘zbek matnshunosligi va manbashunosligining xalqaro doi- ralarda keng ko‘lamli tadqiqotlarga asos bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Qo‘lyozma man- balarni aniqlash, tahlil va tadqiq etish nafaqat o‘tmishimiz, balki so‘nggi yillarda- gi tariximizning noma’lum sahifalarini yorituvchi qimmatli yodgorlik sifatida ham matnshunoslik va manbashunoslik fani oldiga dolzarb vazifalar qo‘yadi. Bu orqali “... Avvalo, xalqimizning yaratuvchilik dahosi bilan bunyod etilgan no- yob merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, yurtimizdan yetishib chiqqan bu- yuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy-ijodiy faoliyati haqida yaxlit ta- savvur uyg‘otish, yosh avlodni gumanistik g‘oyalar, milliy g‘urur va iftixor ruhida tarbiyalashdek ezgu maqsadlar ko‘zda tutilgan” [1]. Jahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan xulo- sa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar bildirish muhim sanaladi. Zero, har bir xalqning adabiy-estetik idealining badiiy ifodasining shakli o‘zgarib turadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda adabiy merosi yetarli darajada o‘rganilmay ke- layotgan ijodkorlar shaxsiyati va asarlari manbalarini tadqiq etish, ular yuzasidan xulosalar bildirish, o‘z navbatida, mazkur ijodkorlar asarlarining o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rnini ko‘rsatishga oid manbashunoslik va matnshunoslik tadqiqot- larini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlarnin- guzviy bir qismi sifatida XX asrning birinchi choragida an’anaviy diniy-ma’rifiy va STARS International University 43 islom dini bian bog‘liq mavzularni kuylagan mualliflarning merosini tadqiq etishga qaratilgan ilmiy ishlar ko‘lamining oshishini qayd etish zarur. O‘tgan asrda, ya’ni XIX asr oxir – XX asr boshlarida yashab ijod qilgan Ahma- djon Sahhof Muhammad bobo o‘g‘lini (1892 – Marg‘ilon – 1969) [2] ham yuqorida nomlari qayd qilingan ijodkorlar sirasiga kiritish mumkin. Zero, “Ma’rifat fidoyila- rining qoldirgan o‘lmas merosi bugungi kunda ham ma’naviyatimizni yuksaltirish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim man- ba bo‘lib xizmat qiladi”. Tadqiqot ishining dolzarbligi va zarurati Ahmadjon Sahhof shaxsiyati va ijodiy merosi manbalarini aniqlash, ularning adabiy manba sifatidagi ahamiyatini ko‘rsatish, matniy qiyosini amalga oshirish, ulardagi mumtoz adabiy an’analar, diniy-ma’rifiy va islom dini bilan bog‘liq mavzularning XX asr ikkinchi yarmida ham kuylaganligi yuzasidan xulosalar bildirish ahamiyatli ekanligi bilan belgilanadi. Ahmadjon Sahhof hayoti va ijodiy merosi to‘g‘risida ma’lumotlar un- chalik ko‘p emas. Jumladan, ijodkor haqidagi mu’lumotlar uning O‘z RFA Sharqs- hunoslik instituti asosiy fondida saqlanayotgan 12192 raqamli “ﻪــﻋﻮﻤﺠﻣ ﺭﺎﻌــﺷﺍ ﻥﺎــﺟﺪﻤﺣﺍ ﻑﺎــﺤﺻ” – “Majmuai ash’ori Ahmadjon Sahhof” [3] qo‘lyozmasida muallifning o‘zi tomonidan yozilgan qaydlar mavjud. Shuningdek, mazkur qo‘lyozmaning 54a-58b varaqlarida mazkur institut ilmiy xodimi Abdulla Nosirov tomonidan yozib qoldiril- gan qaydlar uchraydi. Yana qayd qilingan qo‘lyozmaning 70a-varag‘ida A. Nosirov Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan Ahmadjon Sahhof qalamiga man- sub qo‘lyozmalar inventar’ raqamlarini qayd qilgan. 12192 qo‘lyozmaga Ahmadjon Saffhofning g‘azal, ruboiy va masnaviy kabi janrlardagi she’rlari kiritilgan. Bulardan tashqari, Ahmadjon Sahhof qo‘lyozmalarida o‘zbek adabiyoti vakillari ijodiyoti va o‘zbek xalqi tarixga oid ma’lumotlarni ham jamlagan. Muqimiy va Furqat kabi sho- irlarning she’rlari devonini tuzgan. Ijodkorning hayot yo‘li asarlari qo‘lyozmalari, asarlarining ko‘lami va mavzu doirasi hozirga qadar o‘rganilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Ahmadjon Sahhof ijodini o‘rganish uning adabiyot sahnasida amalga os- hirilgan ishlarini, qolaversa, Qo‘qon adabiy muhiti haqida qimmatbaho ma’lumot- larni bilishimiz mumkin. Bundan tashqari, Ahmadjon Sahhofning O‘zRFA Sharqshunoslik instituti fondla- rida saqlanayotgan asarlarining qo‘lyozmalarini o‘rganish orqali yozuvchining qil- gan ishlari haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishimiz, yozuvchi tomonidan yozib qoldirilgan ma’lumotlarni tadqiq etish orqali adabiyotimizdagi yana bir mutafakkir haqida adabiyot ixlosmandlariga ma’lumot berishimiz mumkin. Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı: 1. Мирзиёев Ш. М. Адабиѐт ва санъат, маданиятни ривожлантириш – халқимиз маънавий оламини юксалтиришнинг
Доказательный фрагмент
«Jahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan xulosa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar bil- dirish muhim sanaladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюJahon adabiyotshunosligida biror-bir xalq adabiy-estetik ideali yuzasidan xulosa chiqarishda barcha davr ijodkorlari merosi asosida umumlashma va xulosalar bil- dirish muhim sanaladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- adabiyot, рукопись, литература, literature, literary studies, adabiyotshunoslik, Ahmadjon Sahhof, son of Muhammad Baba, Ahmadjon Sahhof Muhammad bobo o‘g‘li, Ахмаджон Саххоф сын Мухаммеда Бабы, manuscript, qo‘lyozma, литературоведение
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019