К содержанию
РецензированоUZ1960

Uvaysiy lirikasida muxammas shakli

LIRIKASIDA DILMUROD ASQAROV

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 27-31 · 1960

Аннотация

Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhitining vakilasi Uvaysiy lirik merosida muxammas adabiy shaklining o‘rni, bu shakldagi namunalar tahlili, devonlaridan o‘rin olgan muxammaslar bog‘langan ijodkorlar guruhlangan, yaxlit bir umumiy manzara yaratilgan. Kalit so‘z: muxammas, taxmis, tatabbu’, nazira, adabiy muhit, salaf, g‘azal, devon. Uvaysiy lirik merosida g‘azaldan keyin muxammas yetakchilik qiladi. Devonda 29 ta muxammas borligi, shundan Navoiyga 9 ta, Amiriyga 5 tasi taxmis sifatida bog‘langan. 1960-yilda aniqlangan uch devonda ko‘plab janrdagi ijod namunalari qatori muxammaslar ham bor. Uvaysiy devonlari qayta-qayta nashr qilinishi sababli bugungi kunda 31 ta muxammasi aniqlangan. Uvaysiy muxammaslari quyidagicha tartiblanadi: tab’i xud 11 ta, Navoiy g‘azaliga 6 ta, Amiriy g‘azaliga 7 ta, Fuzuliy g‘azaliga 3 ta, Vazir g‘azaliga 3 ta, Jomiy g‘azaliga 1 ta muxammas bog‘langan. Bu shundan dalolat beradiki, Qo‘qon adabiy muhitida muxammasnavislik yuksak cho‘qqiga chiqqan. Ijodkorlarning g‘azal, tatabbu’ yozish bilan birga muxammas ishida ham mohirligini ko‘rish mumkin. Mumtoz adabiyotda muxammasning ikki turi farqlanadi: mustaqil va taxmis muxammas. Uvaysiy har ikki turda barakali faoliyat olib borgan. Taxmis muxammas yaratishda ijodkor o‘z g‘azallariga, shuningdek, o‘zga shoir g‘azallariga uch misra qo‘shish yo‘li bilan yaratadi. Uvaysiy tab’i xud muxammaslari: “Sahrog‘a chiqib qilg‘ali, ey yor, tamosho...” (Devon 60-bet), “Oshkor o‘lur bul kun tab’i she’ri pinhonlar...” (Devon 108- bet), Mehring o‘lsa soqiy bir daf’i xumor etmazmidim...” (Devon 200-bet), “Eshitkil man beray bir necha zikringda xabar taqsir...” (Devon 208-bet), “Bu kun tabiatim matlui jonondin tamosho qil...” (Devon 281-bet), “El degay g‘avvos ko‘zdin gavhar afshonim ko‘rub...” (Mazmun ma’dani 191-bet), “Mulabbab borgohingda ajab lutf-u karam tahsin...” (Mazmun madani 197-bet), “Kulbama qo‘ydi qadam do‘st, shod-u xandonman bu kun...” (Mazmun madani 198-bet), “Ne arz etsam, suxanras, nuktayi ash’ordin fahm et...” (Ko‘ngil gulzori), “Shifosi yo‘qsa vasling hajri bemoringga sallamno...” (O‘zbek shoiralari bayozi), “Mavzun qadig‘a qilib tahammul...” (O‘zbek adabiyoti tarixi R. Orzibekov 200-bet). STARS International University 27 Muxammasning ikkinchi shakli bo‘lgan o‘zga shoir g‘azaliga taxmis bog‘lash bu – misoli o‘zga ijodkor bilan ijodiy hamkorlik va adabiy musobaqaga kirishishdir. Shoirlar, odatda, o‘z tazmin muxammaslarini ma’lum poetik mahoratga ega bo‘lganlaridan keyin, har tomonlama she’r ilmini egallagandan so‘ng yarata boshlaganlar. Bunda asos g‘azal hamda bog‘langan taxmis misralarida mushtaraklik, umumiy mazmun, estetik ideal birligi va mavzu hamda g‘oyada yaqinlik bo‘lishi zarur. Taxmis muallifidan g‘azalda keltirilgan fikrlarni mantiqan rivojlantirish, to‘ldirish va boyitishi talab etiladiki, natijada, yaralgan ijod mahsuli unga asos bo‘lib xizmat qilgan g‘azal bilan uyg‘unlashib, bir muallif tomonidan yozilganidek tasavvur qoldiradi. Bunday natijaga erishmagan muxammas asos g‘azal soyasida qolib, el ichra sevib o‘qilmasligi mumkin. Bu jihatdan Uvaysiy o‘z o‘rniga ega shoiralardan. Bog‘lagan taxmislari ham, asos g‘azallar ham poetik yetuk, pishiq hamda puxtaligi bilan ajralib turadi. Qo‘qon adabiy muhiti vakillari bilan bir qatorda Uvaysiy lirikasida ham Alisher Navoiyning ta’siri sezilib turadi. Shoira muxammaslarida Navoiy g‘azallaridagi irfoniy g‘oya, badiiy san’atdagi yakdillik, ifodaviylik, mukammallikka intilish, shakl va mazmun mutanosibligi kabi jihatlarni ko‘rishimiz mumkin. Navoiy qator g‘azallariga bitilgan taxmislar shoira ustoz salafi ijodiga o‘zgacha hurmat, ehtirom bilan qaraganligining isbotidir. Navoiy g‘azallariga Uvaysiy taxmislari: “Jon ila vasfin kitobig‘a bo‘lur sheroza ruh...” (Devon, 93-bet), “Men xastai zoringni biror aylamading yod...” (Devon, 104-bet), “G‘unchani yod aylamakda yor gulzoring g‘araz...” (Devon, 152-bet), “Ishq irshodi erur avroqi dilbar topsa xat...” (Devon, 156-bet), “Yig‘lamay ko‘z abri doim o‘tti xandonlig‘da hayf...” (Devon, 165-bet), “Bo‘ldi bul kun menga sarvi xiromon o‘tru...” (Devon, 234-bet). Navoiyning mashhur “Hayf” radifli g‘azaliga bitilgan taxmisga qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Shoir g‘azali quyidagi bayt bilan boshlanadi: Kechdi umrim naqdi g‘aflat birla nodonliqda hayf, Qolg‘oni sarf o‘ldi anduhi pushaymonlig‘da hayf. Inson umrining besamar o‘tishi sababidan keyinchalik pushaymon bo‘ladi. Bunday holga tushmaslik uchun har bir onini mazmunli o‘tkazishga undaydi. Inson umrining asosiy qismini g‘aflatda, bilimsizlik bilan o‘tkazib, keyin qolgan umri davomida undan pushaymonlik bilan g‘am chekib o‘tkazishi, behuda sarf qilishi qanchalik yomon ekanligini ko‘rsatib bergan. Umr sarhisob qilinsagina, uni besamar o‘tkazmaslikka harakat qilinadi. Shoira mazkur baytga quyidagi misralarni qo‘shadi: Yig‘lamay ko‘z abri doim o‘tti xandonlig‘da hayf, Hech bo‘lmas odamini umri giryonlig‘da hayf, Sud yo‘q so‘z birla ketti jon so‘zonlig‘da hayf Kechdi umrim naqdi g‘aflat birla nodonliqda hayf, Q

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhitining vakilasi Uvaysiy lirik merosida muxammas adabiy shaklining o‘rni, bu shakldagi namunalar tahlili, devonlaridan o‘rin olgan muxammaslar bog‘langan ijodkorlar guruhlangan, yaxlit…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhitining vakilasi Uvaysiy lirik merosida muxammas adabiy shaklining o‘rni, bu shakldagi namunalar tahlili, devonlaridan o‘rin olgan muxammaslar bog‘langan ijodkorlar guruhlangan, yaxlit… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
devon, назира, салаф, татаббу, muhammas, мухаммас, literary, тахмис, devan, tatabbu, газель, taxmis, muxammas, g‘azal, takhmis, adabiy muhit, salaf, environment, деван, литературная среда, nazira, ghazal
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники