К содержанию
РецензированоUZ2026

Abdulla Qahhor alangasidagi Chexov uchqunlari

ALANGASIDAGI SEVINCH AKRAMOVA

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 17-19 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada qalami o‘tkir nosir, kichik hikoyalar orqali katta xulosa- larni bera oladigan adib A. Qahhor ijodi tahlil qilingan. Shuningdek, yozuvchi asarlaridagi o‘ziga xoslik, so‘zga chechanlik asarlardan olingan misollar orqali konkretlashgan. Rus yo- zuvchisi A.P. Chexov va A.Qahhor ijodidagi o‘xshash jihatlarga ham e’tibor qaratilgan. Kalit so‘zlar: yozuvchining tili va uslubi, qisqalik, hozirjavoblik, Chexov, ta’sirchanlik, individuallik, o‘ziga xos uslub. O‘zbek nasrining buyuk hissadori Abdulla Qahhor yoshligidan turli xil joylarda yashab, hayotning qiyinchiliklarini ko‘rgani sababli ham asarlarida o‘sha davr ha- yotini yorqin aks ettira olgan. Abdulla Qahhor o‘z hikoyalaridagi oddiygina mayda detal orqali ham romandan olinadigan xulosalarni bera olgan ijodkordir. Agarda shu fikrimizga isbot talab qilinayotgan bo‘lsa, unda nosirning “Anor” hikoyasidan bir parchani keltirsak: “... – Kishining yuragini qon qilib yuborasan, – dedi anchadan keyin. – Nainki men asal olsam! Asal otliqqa yo‘q, hali biz piyoda-ku! Xo‘jayinga bir oshnasi sovg‘a qi- lib kelgan ekan, bildirmasdan... o‘zidan so‘rab ozrog‘ini oldim... O‘zi berdi. Tansiq narsa, xursand bo‘larmikansan debman. Yo tansiq emasmi? Umringda necha marta asal yegansan? O‘zim umrimda bir marta yeganman. Shokirxo‘ja qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jo‘jasi tushib ketgandi, shu jo‘jani yalaganman...” Aynan shu parcha orqali “Anor” hikoyasining to‘liq mazmuni ochib berilgan. Yozuvchi bu hikoyasida o‘sha davrda qiyinchilik bo‘lgan, odamlar och qolgan, yeyishga hech vaqo bo‘lmagan, insonlar ham moddiy, ham ma’naviy zarar ko‘rgan demadi. Shu so‘zlarning o‘rnida Abdulla Qahhor: “Shokirxo‘ja qandolatchi asal qiyom qildirayotganda qozoniga ammamning jo‘jasi tushib ketgandi, shu jo‘ja- ni yalaganman...” – deyish orqali adib yuzlab romanlar, minglab asarlar hissiyotini kitobxonga bergan. Shuning uchun ham, Abdulla Qahhor “kichik hikoyalar ustasi” deb bejizga aytilmagan. U qisqa so‘zlarga butun borliqni joylashtirgan. STARS International University 17 Abdulla Qahhor asarlaridagi har bitta so‘zga juda katta e’tibor bergan va o‘nta so‘zni bitta so‘z ichida jamlab, kitobxonni shu fikrlarni ancha vaqt o‘ylashga majbur qiladi, desak, adashmaymiz. Demak, adibning “Dahshat” hikoyasiga qaraydigan bo‘lsak, bu hikoyada mening fikrim aniq ko‘rsatiladi. Ya’ni adib bu hikoyada “qab- riston” so‘zining o‘rnida “go‘riston” so‘zini qo‘llaydi. Bu esa hikoyani o‘qish jarayo- nida kitobxon real tarzda asarda qatnashayotgandek va Unsinning o‘rnida go‘ris- ton dahshatlarini tuyayotgandek bo‘ladi. Agarda biz Abdulla Qahhorning har bitta hikoyalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu hikoyalarda shunchaki, oddiy tarzda xulosa chiqarib keta olmaymiz. Adib xuddiki detektiv yozuvchi sifatida oddiy elementar narsalarni hikoya davomida bizga taqdim etadi. Biz bu elementar narsalar orqali asarning to‘liq mazmunini tushuna olishimiz, uning niyati, ya’niki asarning yozilish maqsadini bilib olishimiz mumkin. Matematikada har bitta narsa teorema orqali isbotlanganidek, adabiyotda ham har bitta fikrni isbotlash kerak. Biz bu qonundan chiqmagan holda fikrimizning izohini keltirsak. “... Amin chinchilog‘ini burnining ikkinchi bo‘g‘inigacha tiqib kuldi...”. Ushbu parchadan ilg‘ashimiz mumkinki, aslida, xalqning mushkulini oson qilish uchun tayinlangan amaldorlar o‘ta darajada ma- daniyatsiz va jaholat egalari sifatida qaralgan. Yana tushunishimiz mumkinki, bun- day razil kimsalar, men o‘ylaymanki, xalqning koriga yaramaydi. Yozuvchi balki: “... Amin chinchilog‘ini burnining ikkinchi bo‘g‘inigacha tiqib kuldi...” – degan so‘zlari orqali o‘sha davrdagi amaldorlarning yuzini ochib bergandir. Abdulla Qahhor o‘zi- ning tashrif qog‘oziga ega yozuvchi hisoblanadi va bugungi kun yozuvchilari, ya’ni hikoyanavislari, albatta, Abdulla Qahhor maktabida tahsil olishlari lozim, deb ayta olaman. Adabiyot shunday voqelikki, unda kimnidir dohiy darajasiga ko‘tara ol- maysiz va kimnidir o‘ta darajada yerga ham ura olmaysiz. Adabiyotda kimdir kim- dandir ko‘chirmaydi, balki undan ilhom oladi. Ya’niki Abdulla Qahhorni biz qancha ko‘kka ko‘tarmaylik, baribir ham adibga kimdir ustozlik qilgan va yozuvchi qaysidir insondan ilhom olgan. Adib ijodida Chexov shamollari kuchli esayotganini ko‘rishi- miz mumkin. Endi esa A. Qahhor ijodini Chexov ijodi bilan solishtiradigan bo‘lsak, yozuvchilarning asarlarida ayrim elementlar bir-birini qisman takrorlaydi. Misol uc- hun Chexovning “Etik” hikoyasidagi ushbu joyi: “... Semyon, Murkinning nomeriga kirdi-da, etikni tozalab keltirib qo‘yadigan joy- ga qarab, yelkasini qashidi: etik yo‘q edi...”. Abdulla Qahhorning “O‘g‘ri” hikoyasida ham shu o‘xshashlikni ko‘rishimiz mumkin: “... Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan...”. Bundan kelib chiqadiki, Ab- dulla Qahhor asosiy hikoya yozish sirlarini Chexovdan o‘rgangan desak bo‘ladi, chunki, asosan, Chexovning o‘zbek adabiyotiga kirib kelishiga sa

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qalami o‘tkir nosir, kichik hikoyalar orqali katta xulosa- larni bera oladigan adib A.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qalami o‘tkir nosir, kichik hikoyalar orqali katta xulosa- larni bera oladigan adib A. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
unique style, o‘ziga xos uslub, writer's language and style, неповторимый стиль, Chexov, непосредственность, immediacy, qisqalik, краткость, выразительность, Чехов, yozuvchining tili va uslubi, индивидуальность, hozirjavoblik, Chekhov, brevity, impressiveness, ta’sirchanlik, писательский язык и стиль, individuallik, individuality
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники