К содержанию
РецензированоUZ2026

Yog‘ochlarda aks etgan san’at asarlari

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika · AKS ETGAN · ABDURASHIDXONOVA MUSLIMAXON · BAHODIRXON QIZI

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 2 · 7-11 · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada amaliy san’at turi bo‘lmish yog‘och o‘ymakorligi buyumlarining yaratilish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi. Bu maqolada Vatanimizda azaldan yog‘och o‘ymakorligi san’ati qayerlarda qo‘llanilganligi, ularning rivojlanishi tarixi haqida fikrlar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: kompozitsiya, kalka qog‘oz, grix, islimiy, simmetriya, pista ko‘mir, axta, xoka, yog‘och lak. Amaliy san’at turlarining talaygina turlari mavjud. Har bir san’at turi o‘z qadr- qimmatiga ega. Amaliy san’at qo‘l mehnati asosida bajariladiga san’at turidir. Atrof olamimizdagi o‘simliklarda amaliy san’at turlarida foydalaniladigan naqsh elementlarini ko‘rishimiz mumkin. Naqshlar ham o‘simliklardan qiyos qilib olinadi. Amaliy san’at turida keng o‘rin egallaydigan yog‘och o‘ymakorligi san’at turi ko‘p yillardan beri rivojlanib kelmoqda. Bu san’at ko‘p zamonlardan beri ota-bobolarimiz tomonidan ham rivojlantirilgan. Qadim zamonlardan beri O‘zbekistonda yog‘ochdan yasalgan uy-ro‘zg‘or buyumlari bo‘lgan. Xonalar shiftini qoplaydigan me’moriy o‘ymakorlik san’atini ham ko‘rish mumkin. Hozirda ham qurilayotgan masjid va maqbaralarda yog‘och o‘ymakorligi san’atiga guvoh bo‘lamiz. Bu amaliy san’at turi o‘z qadr-qimmatini hali ham saqlab, yuksaltirib kelmoqda. Yog‘och o‘ymakorlik amaliy san’ati rivojiga usta ustozlarimiz hissa qo‘shishgan va hali ham uni rivojlantirib kelishmoqda. An’anaviy Toshkent yog‘och o‘ymakorligining ham me’morchilik, ham uy- ro‘zg‘or buyumlarini bezashda qo‘llaniladigan asosiy qismlari Toshkent yog‘och o‘ymakorligi maktabining asoschisi Maqsud Qosimov ijodida yorqin ifodasini topgan. Ular o‘z ishlarini boshlagan jarayonda yuqori qiziqish va zehn bilan ijod qilganlar. Shogirdlar tayyorlab, o‘z hunar va ijodlarini ularga meros qilib qoldirganlar. Xalq amaliy san’atida qadimiy an’analarni saqlab qolishga ustalar tayyorlash tizimi yordam beradi. Yog‘och o‘ymakorligi azaldan ham, hozirgi kunda ham arxitektura bilan bog‘liq. Mamlakatimizda yaratilayotgan milliy inshootlar peshtoqlarida, eshiklarda hattoki mebel jihozlarida ham keng qo‘llanilmoqda. Biz hozirda yog‘och o‘ymakorligidagi STARS International University 7 ishlatiladigan va bu amaliy san’at turiga mos keladiga yog‘och turlari bilan sizni tan- ishtiramiz. Bunda foydalaniladigan yog‘och turlari ham ma’lum qoidalarga asoslan- ib tanlanadi. Yong‘oq daraxti po‘stlog‘i kulrang,qalin,yog‘ochi qizg‘ish tusli,qattiq og‘ir bo‘ladi. Bu daraxtdan ishlangan buyumning bahosi ham yuqori bo‘ladi. Chinor daraxti po‘stlog‘i ko‘kimtir, qalin, silliq, yog‘ochi qizg‘ish pushti rangda, bu daraxt yog‘ochidan yog‘och o‘ymakorligi uchun asosiy materiallardan tashqari yordamchi asboblar va moslamalar tayyorlanadi. Shu tariqa mos yog‘ochlar sifati va holati aniqlanadi. Biz sizga navbatdagi bosqichda yog‘och o‘ymakorligi buyumining tayyorlanish jarayonini tanishtirib o‘tamiz. Bu jarayonda sakkiz qirrali qutichaning tayyorlanish ketma-ketligini tushuntiramiz. O‘ymakorlik ishini boshlashdan oldin yarim tayyor mahsulot, ya’ni “yong‘oq daraxti”dan tayyorlangan qutichani tanlab olamiz. Ish boshlashdan avval bu qutichaning sifatini va holatini e’tibor bilan tekshirib ko‘rish kerak. So‘ngra qutichaning o‘lchamini olamiz va buning uchun kalka qog‘ozidan foydalanamiz. Qutichaning qirralari sonini sanab, uning qirralari sonini bo‘lib olamiz,ya’ni sakkizga bo‘lamiz, so‘ngra bir bo‘lagi uchburchak holga kelib qoladi,uchburchak holga kelgandan keyin uning o‘lchamini olamiz. Bu o‘lchamni aniq qilib, uni kalka qog‘oziga chizamiz. Qutichamizning ustki, ya’ni qopqoq qismi uchun esa kompozitsiya yaratishni boshlaymiz. Kompozitsiyani qaysi naqsh turidan foydalanib tuzishimizni aniqlab olishimiz kerak. Biz kompozitsiyani “Islimiy”, “O‘simliksimon” naqsh turidan foydalanib tuzamiz. Kompozitsiyani ma’lum qoidalarga asoslanib yaratish kerak. Bu qutichaga simmetriya qoidasi to‘g‘ri kelganligi uchun shu asosida kompozitsiya tuzamiz. Kompozitsiyamizni tuzib olgach, uning kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz. Kamchiliklarini to‘g‘rilab bo‘lgach, uni qutining qopqoq qismiga tushirib olish uchun kalka qog‘ozimizning tagiga yumshoq mato qo‘yib, uning orasini igna yordamida 1-2 mm. qilib teshib chiqamiz, so‘ngra pistako‘mirdan tayyorlangan xokani matoga tugun qilib tugib olamiz. Keyingi jarayonda haligi kalka qog‘ozimizni qutichamizdagi bir bo‘lak uchburchak ustiga qo‘yib,uning ustiga tayyorlangan tugunchadagi xokani asta sekin bosib chiqamiz va xoka qutida nuqta-nuqta shaklida iz qoldirayotganiga ishonch hosil qilamiz. Bosib chiqish jarayoni tugagach, kalka qog‘ozni astalik bilan ko‘tarib olamiz. Joriy bosqichda qutida kalka qog‘ozdagi naqsh kompozitsiyasi aks etganini ko‘ramiz va uni yumshoq HB yoki B qalam yordamida nuqta bo‘lib tushgan naqsh ustidan chizib chiqamiz. Keyin esa quticha ustidagi xoka qoldiqlarini puflab yoki yumshoq mato yordamida o‘chirib olamiz. Shunda bu jarayon yana yetti marta xokada kompozitsiyani tushirish bilan davom etadi, so‘ngra qutichaning ustki, ya’ni qopqoq qismiga naqsh kompozitsiyasi t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada amaliy san’at turi bo‘lmish yog‘och o‘ymakorligi buyumlarining yaratilish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada amaliy san’at turi bo‘lmish yog‘och o‘ymakorligi buyumlarining yaratilish bosqichlari haqida ma’lumot beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
исламская, wood varnish, simmetriya, пудра, ash, pistachio charcoal, tracing paper, powder, Grix, фисташковый уголь, пепел, islimiy, kompozitsiya, kalka qog‘oz, композиция, xoka, Islamic, симметрия, yog‘och lak, pista ko‘mir, axta, composition, грикс, калька, symmetry, лак для дерева
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники