К содержанию
РецензированоUZ2026

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining o‘rni

TULBOYEVA DINORA · IQTISODIYOTNI ZOKIR QIZI · NAJMIDDINOV DILSHOD · RAFIDDIN O‘G‘LI · TEXNOLOGIYALARINING E-mail:tolboyevadinora@gmail.com

Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире · 279-281 · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va unga qaratilgan innovatsion g‘oyalar haqida, shuningdek, raqamli iqtisodiyot- ning tadbirkorlar uchun qulayliklarini yoritib berishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: integratsiya, infratuzilma, kontragent, raqamli sektor, trakzsksion sektor, iqtisodiyot diversifikatsiyasi. Raqamli iqtisodiyotga qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda yuz bergan jiddiy o‘z- garishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashti- rish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishda yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoni- yat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtiso- diyot paydo bo‘ldi. “Raqamlashtirish” so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayonida IT yechimlarining jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa bu- yumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlardan axborot tex- nologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba-trakzaksion sektorning o‘sishidir. Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo‘lsa,mam- lakat ichkarisi va tashqarisida noyob axborotlar aylanmadi shunchalik ko‘p,milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi shu qadar salmoqli bo‘ladi.Shu bois ishtirokc- hilar soni ko‘p va IT xizmatlari keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur’atlar bilan rivojlanadi.Ayniqsa, bu-transport, savdo, logistika va shu singari in- ternet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qam- rovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va mu- vaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta’sir ko‘r- satadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi,bu esa ushbu mezonlar- STARS International University 279 ning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o‘rin tutishini bildiradi. Texnologik raqamli muhit-bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi fao- liyat uchun butunlay yangi muloqotni yo‘lga qo‘yadigan “akvarium” hisoblanadi. Axborot texnologiyalari korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish sur’atlarini o‘zlashtirish hamda xizmat va mahsulotlar shaklini xilma-xillashtirishga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, tadqiqodchilar qisqa saqlanadigan mahsulotlarning bo- zorga chiqarilishi haqida ham gapirishmoqda. Xizmat ko‘rsatish sohasi haqida ga- piradigan bo‘lsak, axborot texnologiyalari ko‘plab kundalik vazifalarni hal qiladi, buning natijasida esa yirik ko‘lamdagi amallar tezroq, arzonroq, qulayroq va o‘rta- dagi vositachilarsiz bajariladi. Elektron savdo, internet-banking va boshqa shu kabi zamonaviy yo‘nalishlar kundan kunga rivojlanib bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar so- halarda avtomatik tarmoqli servislar biznesdagi vositachilar o‘rnini egallamoqda. Buning samarasi o‘laroq biznes xizmatga belgilangan narxlarni sezilarli darajada tushirilishi, makroiqtisodiy yo‘nalishda esa yakka ishlab chiqarish va noto‘liq band- lik ko‘rsatkichlari o‘sishi. Shuningdek kraudfanding va kraudsorsing kabi yo‘nalish- lar ham hozirda yangi iqtisodiy texnologiyalar sirasiga kiritilmoqda.Iqtisodchilar- ning fikricha ko‘ra, ayni vaqtda bu kabi o‘zgarishlar natijasida qo‘shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik va manfaatlarni ba- ham ko‘rish iqtisodiyotiga almashmoqda. Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi ishlaydigan insonlarga yangi dadil ufq- larni ochib bermoqda.Ko‘pincha IT sohasining rivojiga qo‘shilgan hissa iqtisodiyo- tning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi,elektron hukumat loyihalari doirasida xarajat- larning qisqarishiga zamin yaratadi. Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyala- rini tatbiq etishdan hosil bo‘lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil tartibda taqsimlanmaydi. Raqamli iqtisodiyot butun dunyoni qamrab olishi, tufayli axborotlashtirish va raqamlashtirishga oid har qanday davlat loyihasi kompleks ravishda hamda yagona kodlash tizimi, iqtisodiy va boshqaruvga aloqador axborotni aniqlash asosida o‘rgani- lishi lozim. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishdagi eng muhim jihat va bir vaqtning o‘zi- da eng murakkab bosqich-bu ishbilarmonlik muhitini soddalashtirish hamda odamlar va biznesning davlat bilan muloqotiga sarflanajak xarajatlarni maksimal qisqaritirishdir. Shundan keyin tomonlarning davlat va xususiy sektor doirasida tashkilotlari muloqotni yo‘lga qo‘yish talab etiladi. Ushbu sohadagi siljishlar davlat ko‘magida kichik va o‘rta biznesga mos keladigan konsulting va texnik tashkilotlarni rivojlantirish orqali, iqtisodi- yotning real sektoridagi vaziyatni avtomatik

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va unga qaratilgan innovatsion g‘oyalar haqida, shuningdek, raqamli iqtisodiyot- ning tadbirkorlar uchun qulayliklarini yoritib berishga harakat qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va unga qaratilgan innovatsion g‘oyalar haqida, shuningdek, raqamli iqtisodiyot- ning tadbirkorlar uchun qulayliklarini yoritib berishga harakat qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
trakzsksion sektor, контрагент, traction sector, тяговый сектор, counterparty, kontragent, digital sector, iqtisodiyot diversifikatsiyasi, infratuzilma, интеграция, economic diversification, integration, диверсификация экономики, infrastructure, цифровой сектор, raqamli sektor, integratsiya, инфраструктура
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники