Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Педагогико-психологические факторы развития интеллектуального потенциала молодежи
Nilufar KAXAROVA · YOSHLARNING INTELLEKTUAL SALOHIYATINI (Qo'qon davlat pedagogika instituti, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o'qituvchisi) · RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK- (Qo'qon davlat pedagogika instituti, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o'qituvchisi) · PSIXOLOGIK OMILLAR (Qo'qon davlat pedagogika instituti, “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o'qituvchisi)
in Library · 2020
Аннотация
Maqolada ta'lim jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda pedagogik va psixologik asoslar hamda ularning ijodiy salohiyatini o'rganishning natijalari xususida fikr yuritil- gan. Shuningdek, barcha ta'lim maskanlarida bilim berayotgan o'qituvchilar o'z shogirdlarining ijodiy salohiyati va mahoratini rivojlantirish uchun ularning intellektual sifatlarini aniqlash hamda o'rganishlari zarurligi ta'kidlangan. Kalit so'zlar. Intellektual salohiyat, iqtidor, taraqqiyot, kuzatuvchanlik, ijodkorlik, xarakter, xususiyat. В статье раскрываются педагогические и психологические основы интеллектуального потенциала обучающихся в учебном процессе. Автором отмечается, что обучения творчеству и развития одарённости необходимо выявлять и изучать в раннем школьном возрасте. Эти мероприятия будут способствовать развитию интеллектуальной способности молодёжи. Ключевые слова. Интеллектуально творческий потенциал, логичность, одарённость, способность, наблюдательность, внимательность, The authors noted, pointed to teachers assigned tasks, work with talented children creative one of the main areas of activity of the head. Acquire pedagogical and psychological foundations, intellectual potential youth in the educational process, creativity and talent and his appearance, social historical nature, the study of the creative intellectual potential. Key words. Talent, creating, management, creators, puzzles, development, attention, influence, logics, human psyche. B ugungi kunda mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, kommu- nikatsion vositalardan keng foydalanish, hamda yoshlarning intellektual salohiyatlarini rivojlantirishga keng imkonoyatlar yaratilmoqda. Jumladan, ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ma’lum bir maqsad belgilab olinadi, qo- nunlar qabul qilinadi, dasturlar va tadbirlar ishlab chiqiladi, rejalar belgilanadi va bu- lar hozirgi talab darajasida amalga oshiriladi. Demak, ta’lim-tarbiya oldida loyihalash, ma’lum pedagogik tizimning amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi esa pedagogik texnologiyadir. Shu nuqtayi nazardan qaralganda “shaxsni shakllantirish” ham ma’lum pedagogiktizimning loyihasidir. Ya’ni barkamol shaxstarbiyasining maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari mavjud bo’lib, bu ham o’ziga xos texnologiyadir. O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash jarayonida maktab direktori, o’quv hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari o‘z funksional imkoni- yatlaridan kelib chiqqan holda sinf rahbari va maktab amaliyotchi psixologining vazi- 18 falariga jiddiy e’tibor berishlari, ta’lim tizimida pedagogika va psixologiya fanlarining ilmiy- nazariy imkoniyatlari mavjudligini ko’rsatib berishlari, zamonaviy talablarga mos yangi vazifalarni bajarish, o'quvchilar qobiliyati va imkoniyatlariga muvofiq ravishda, ta’limga tabaqalashtirilgan yondashuv, ta’lim jarayoniga ilg’or pedagogik va yangi ax- borot texnologiyalarini joriy etish bo’yicha to’liq imkoniyatlarni yaratib berishi lozim. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik bar- cha o’qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanish olib borishi hamda o’quvja- rayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etishlari uchun zaruriy sha- roitlarni yaratib berish bilan bir qatorda xalq ta’limi sohasiga yosh mutaxassislar kelib qo’shilishiga imkoniyat yaratmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, maktab rahbarlari oldiga yanada yangi talab va vazifalar qo’yadi. Ayni vaqtda sinfdagi o’quvchilar o’zlashtirishining sifati, sinfdan tashqari ishlarning uyushtirilishi maktab va oilaning aloqasini mustahkamlash, o’qituvchilarning bolalarga nisbatan qo’yadigan talablarida birlik bo’lishini ta’minlashi singari muhim vazifalarni hal etish uchun javobgar shaxs bo’lishini sharoitning o’zi talab qiladi. Tajribali maktab rahbarlari o’quvchilarni har tomonlama kamol toptirish uchun o’qitishda fanlararo aloqalarni amalga oshirish, og’zaki guruhiy yoki yakka suhbatlarni ustun qo’yish, suhbatlarda kitobxonlar ichki dunyosini bilish kabi imkoniyatlardan foy- dalanishni yaxshi yo’lga qo’ya olgan. Maktab o’quvchilari orasida iqtidorli bolalarni saralash, ular bilan ishlash, qiziqish- lari, qobiliyatlarini o’rganish, iqtidorlikni rivojlantirish mamlakatimizda kadrlar tayyor- lashning dolzarb va katta istiqbolli yo’nalishlaridan biri - o’sib kelayotgan yosh avlod orasidan iste’dodli, zukko bolalarni saralash, ularning zamonaviy maktablarda boyitil- gan, mazmunlidasturlarasosidao’qitish, ulargakeng imkoniyatlaryaratib berish vatez fursatda xalq xo’jaligining turli sohalari uchun malakali mutaxassislarni yetishtirishdan i bo rat. Shunday ekan, ta’lim muassasalari o’quvchilari orasidan asosli ravishda iqti- dorlilarni layoqati, qobiliyati va qiziqish yo’nalishlariga qarab u yoki bu sohaga, kasb- hunarga to’g’ri yo’naltirish har bir o’qituvchining, psixologning, maktab rahbarining oldida turgan eng asosiy dolzarb vazifalardan biridir. Iqtidorli bolalarni saralash va ularning bili
Доказательный фрагмент
«Maqolada ta'lim jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda pedagogik va psixologik asoslar hamda ularning ijodiy salohiyatini o'rganishning natijalari xususida fikr yuritil- gan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ta'lim jarayonida yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishda pedagogik va psixologik asoslar hamda ularning ijodiy salohiyatini o'rganishning natijalari xususida fikr yuritil- gan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Talent, creating, management, creators, puzzles, development, attention, influence, xususiyat, iqtidor, human psyche, logics, одарённость, xarakter, наблюдательность, Intеllеktual salohiyat, ijodkorlik, внимательность, Интеллектуально творческий потенциал, kuzatuvchanlik, логичность, taraqqiyot, способность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024