К содержанию
РецензированоRU2019

Актуальность использования интерактивных и дидактических методов на занятиях по русскому языку в общеобразовательных учреждениях

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGINING · ILMIY-METODIK JURNALI · O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi · PUBLIC EDUCATION · REPUBLIC OF UZBEKISTAN · TA’LIM VA TARBIYA NAZARIYASI · G. Ashurboyeva · D. Po‘latova · M. Botiraliyeva

in Library · 2019

Аннотация

Maqolada umumta’lim muassasalarida rus tili darslarini tashkil etishda interfaol usullar- ning mazmun-mohiyati hamda dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish haqida fikr yuri- tilgan. Shuningdek, bolalar tomonidan mavzularni samarali o‘zlashtirilishiga ta’siri asoslangan. Kalit so‘zlar. Mantiqiy fikrlash, interfaol o‘yinlar, rivojlantirish, didaktik o‘yinlar, faollik. В статье рассматриваются сущность интерактивных методов преподавания уроков русского языка в общеобразовательных учреждениях и использование дидактических игр на уроке. Это также основано на влиянии, которое дети оказывают на эффективное изучение предметов. Ключевые слова. Логическое мышление, интерактивные игры, разработка, дидак- тические игры, активность. The article discusses the essence of interactive methods of teaching Russian language lessons in educational institutions and the use of didactic games in the classroom. It is also based on the influence that children have on effective study of subjects. Key words. Logical thinking, interactive games, development, didactic games, activity. Bugun yurtimiz mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida integrallashib borar ekan, yoshlarimizning o‘z ona tilini qadrlagan holda chet tillarini bilishi muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz Prezidenti rahnamoligida navqiron avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, yoshlarimizni zamonaviy bilim salohiyati, intellektini oshirish, yuksaltirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol o‘zlashtirishi, zamonaviy kasb-hunarlarni hamda xorijiy tillarni chuqur o‘rganishi ularning yetarlicha bilim olishlari uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yurtimizning barcha sohalarida bir qancha imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bugungi kunda birgina chet tili bilan bog‘liq sohalarda yoshlarimiz ana shunday ulkan imkoniyatlardan samarali foydalanmoqdalar. Xususan, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yuz minglab o‘g‘il-qizlarimiz muayyan mutaxassislik bo‘yicha yurtimizdagi barcha ta’lim muassa- salari va boshqa mamlakatlar oliy o‘quv yurtlarining filiallarida ta’lim olish bilan birga xorijiy tillarni puxta o‘rganib kelmoqdalar. Dastlab bu borada umumta’lim tizimiga to‘x- talsak. Umumta’lim muassasasi uzluksiz ta’limning asosiy qadami bo‘libgina qolmay, balki faol, ijodkor va ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantiruvchi ilk pog‘ona hamdir. 39 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2019. № 3. www.xtjurnali.zn.uz Yuqorida aytilganidek, ta’lim tizimida til asosiy mexanizmlardan biri hisoblanadi. Shun- day ekan, xorijiy tillarni bolalikdan o‘rganishning ahamiyati juda katta. Bolalikda miya va xotira kuchi yuqori bo‘lishi tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan. Bu davrda qabul qilingan ma’lumotlar toshga o‘yilgan naqsh kabi xotirada bir umrga muhrlanib qoladi. Bola o‘z ona tilini, taxminan, ikki yoshdan boshlab ongli ravishda bila boshlaydi. Unda til va tafakkurning rivojlanishi birgalikda kechadi. To‘rt yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan oraliqdagi bolalarda xorijiy tilni o‘rganish ko‘nikmasini hosil qilish mumkin. Asosiysi, xorijiy tilni erta o‘rganishning talablariga amal qilish kerak. Kichik yoshlilarga xorijiy tilni o‘rgatishda asosiy ma’suliyat o‘qituvchi zimmasiga tushadi ham- da alohida e’tibor va mas’uliyatni talab etadi. Yozish va o‘qishni bola boshlang‘ich sinf- ning dastlabki yillarida, ona tilidagi savodxonlik darajasiga erishgandan so‘ng sekinlik bilan o‘rganib boradi. Umuman olganda, til o‘rganishning bosqichlari turlicha bo‘lib biz buni rus tili miso- lida ko‘rib chiqish mumkin. Rus tilida gapirish uch qismdan iborat nutqiy faoliyatdir. Dastavval gapirishga mo- yillik bo‘ladii. So‘ngra til vositasida fikrni bayon etish ehtiyoji tug‘iladi. Nutqiy harakatni bajarishga mayl paydo bo‘lsa, biror axborot yetkazish, savolga javob qaytarish yoki nutqqa bog‘liq bo‘lmagan harakat (masalan, iltimos, buyruq va hokazo)ni bajarishga kirishiladi. Gapirishning ushbu qismida aytish niyati hosil bo‘ladi. Gapirishni o‘rganish- da sintagmatik aloqalarning ahamiyati katta bo‘lib, bunda so‘zning turli birikmalarda qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. Gapiruvchi xotirada tayyor turgan so‘zni yoki grammatik birlikni tanlaydi, odatda ona tili hodisalari xotirada tayyor turadi. Gapirishning uchinchi qismi ijro etish, fikrni bayon etish, talaffuz etish: ya’ni, tashqi nutqda uni ifodalashdan iborat. Uchala qismga amal qilish nutq faoliyati turlarida ga- pirishni yuzaga keltiradi. Fikrni og‘zaki bayon etishga o‘rgatish, muayyan fikrni yozma bayoni o‘zgalar nutqini idrok etib fahmlash (tinglab va o‘qib tushunish) kabi nutq faoli- yati turlari bilan uzviy bog‘langan holda tashkil etiladi. Fikrni og‘zaki ikki shaklda, ya’ni bog‘lanma (monolog) nutq va suhbat tarzidagi (di- alog) nutqda ifodalash mumkin. Rus tilida monolog va dialogni o‘rganish o‘quv dasturi- ning asosiy talablaridandir. Monolog uchun to‘liq jumlalar va ularning nisbatan uzluksiz tizimlarini qo‘llash ahamiyatli bo‘lsa, dialogda tayyor jumlalar

Доказательный фрагмент

«Maqolada umumta’lim muassasalarida rus tili darslarini tashkil etishda interfaol usullar- ning mazmun-mohiyati hamda dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish haqida fikr yuri- tilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada umumta’lim muassasalarida rus tili darslarini tashkil etishda interfaol usullar- ning mazmun-mohiyati hamda dars jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish haqida fikr yuri- tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Logical thinking, interactive games, development, didactic games, activity, дидактические игры, Mantiqiy fikrlash, Логическое мышление, разработка, интерактивные игры, активность, faollik, rivojlantirish, interfaol o‘yinlar, didaktik o‘yinlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники