Учебная литератураKamoliddin Shamsiddin Sirojiddin o'g'li2019
Политические отношения Бухарской Народной Советской Республики с Турцией
Государственную Думу комиссии. · SIYOSIY ALOQALARI · Nuridinov T.Q.
Актуальные проблемы истории Узбекистана · 1917
Аннотация
В данной статье описываются политические отношения между Бухарской Народной Республикой и Турецкой Республикой в ХХ веке. Ф. Ходжаев, вождь молодого бухарского народа, был одним из важных лидеров в отношениях с Турцией. Турция первой признала СССР и прислала посла. Из-за советского давления политические отношения между двумя странами недостаточно отражены в архивных документах. Ключевые слова и фразы: Глобализация, международные отношения, младобухарцы, СССР, Турция, Ф. Ходжаев, М. Камал, Голиб-паша, Отаулла Ходжаев, М. Аминов, К.Ю. Полатов, Анвар-паша, Махмуд Назар и Махмуд Раджаб, Пашар, прекращение посольство Annotation: The article highlights the history of political relations between the Bukhara People's Soviet Republic and the Republic of Turkey in the 20s of the twentieth century. The government of the Young Bukharians headed by F. Khodjaev considered political relations with Turkey one of the important directions. The Turkish state was the first to recognize the independence of the BNSR and sent ambassadors to Bukhara. On the basis of archival documents, it is revealed that political relations between the two countries were not effective enough under the pressure of the Soviets. 556 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана Key words and phrases: Globalization, international relations, young Bukharans, USSR, Turkey, F. Khojaev, M. Kamal, Ghalib Pasha, Otaulla Khojaev, M. Aminov, Q. Y. Polatov, Anvar Pasha, Mahmud Nazar and Mahmud Rajab, Pashar, termination of the embassy. Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarining davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy aloqalarning kuchayib borishiga, turli millat va madaniyatlarga mansub xalqlar o‘zaro hamkorligining rivojlantirishga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biriga aylangan bugungi kunda xalqaro tinchlikni saqlash, xalqlarning barqaror rivojlanishini ta’minlash insoniyat oldidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Dunyo davlatlari, mintaqalar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni rivojlantirib borish zaruriyati zamonaviy taraqqiyotning ajralmas xususiyatiga aylandi. Shu nuqtai nazardan davlatlar o‘rtasidagi tashqi aloqalar, hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlab borish, ularning tarixiy ildizlariga murojaat qilish ehtiyojini vujudga keltirmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangi jamiyat qurishda xalqimizning boy tarixi, madaniyati, an’analarini o‘rganish, ulardan foydalanish muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir» [1: 29]. Markaziy Osiyo xalqlarining Turkiya davlati bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari tarixi bir necha yuz yillarni o‘z ichiga oladi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi hayotining barcha sohalari ustidan to‘liq o‘z hukmronligini o‘rnatish tadbirlarini amalga oshirdi. Olib borilgan siyosatning asosiy mohiyati Buxoroni tashqi dunyodan ajratib, uni yakkalab qo‘yishga qaratilgan edi. Rossiyada 1917-yil fevral va oktabr voqealaridan keyin hokimiyatga kelgan muvaqqat hukumat va bolsheviklar hukumati davrida ham Buxoroga nisbatan mustamlakachilik siyosatining mohiyati o‘zgarmay qolaverdi. 557 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана 1920-yil 2-sentabrda Buxoroda amirlik tuzumi ag‘darib tashlangach, bolsheviklar sovet andozalari asosida yangi jamiyat qurish, BXSR ustidan mustamlaka hukmronligini o‘rnatish siyosatini olib borishga kirishdilar. F.Xo‘jaev boshliq hukumatning xorijiy mamlakatlar bilan olib borgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikdan maqsadi “xalqqa erkin maishat, iqtisodiy ozodlik, asrlardan buyon amirlikning asoratida yotgan xalqni madaniy taraqqiysiga chiqarmoq edi” [2]. BXSR hukumati respublikani xalqaro maydonga olib chiqish maqsadida Sharq mamlakatlari va iqtisodiy taraqqiy etgan G‘arbiy Yevropa davlatlari hamda AQSh bilan keng hamkorlikni amalga oshirish uchun, mavjud murakkabliklarga qaramasdan, bir muncha ishlarni amalga oshirdi. Bu masalada Kavkaz hududi BXSR uchun g‘arbiy yo’nalishda amalga oshiriladigan tashqi siyosat uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur hudud Buxoro Respublikasining Turkiya hamda G‘arbiy Yevropa va AQSh bozorlariga chiqish ko‘prigi bo‘lib xizmat qildi. BXSR hukumatining tashqi aloqalarida Turkiya respublikasi bilan munosabatlar muhim ahamiyat kasb etgan. Buxoro Respublikasi hukumati dunyo bozoriga chiqish, xalq xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlash masalalarida Turkiyaning ahamiyatini to‘g‘ri baholagan edi. BXSR hukumati a’zolarining ko‘pchiligi XX asr boshlarida Turkiyada tahsil olganligini e’tib
Доказательный фрагмент
«В данной статье описываются политические отношения между Бухарской Народной Республикой и Турецкой Республикой в ХХ веке.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье описываются политические отношения между Бухарской Народной Республикой и Турецкой Республикой в ХХ веке. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Globalization, international relations, young Bukharans, USSR, Анвар-паша, Ф. Ходжаев, M. Kamal, СССР, Anvar Pasha, международные отношения, Q.Y.Po‘latov, М. Камал, К.Ю. Полатов, Pashar, Махмуд Назар и Махмуд Раджаб, BXSR, Отаулла Ходжаев, Mahmud Nazar va Mahmud Rajab, Globalization, Пашар, Anvar Posho, Turkiya, G‘olib Posho, младобухарцы, Globallashuv, М. Аминов, M. Aminov, yosh buxoroliklar, Ghalib Pasha, Turkey, Турция, M.Kamol, F.Xo‘jaev, Q. Y. Polatov, Mahmud Nazar and Mahmud Rajab, M.Aminov, termination of the embassy, Голиб-паша, Otaulla Xo‘jaev, прекращение посольство, Otaulla Khojaev, elchilikning tugatilishi, Глобализация, F. Khojaev, xalqaro aloqalar
Смежные источники
Журнал академических исследований нового УзбекистанаNusratulloh Muxtorov2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025