in LibraryПРЕПАРАТОВ ДЛЯ ПРОВЕДЕНИЯ ПРОТИВОБРУЦЕЛЛЁЗНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ2019
Социально-экономическое значение приватизации земельных участков
IQTISODIY AHAMIYATI
Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения · 327-328 · 2026
Аннотация
This article analyzes the essence of privatization, information on the definition and expansion of land categories that can be privatized. Proposals and recommendations were made on the introduction of land plots located on non- 101 agricultural land and the revision of the property tax, the creation of a scientific and methodological framework for the land market on the basis of privatization. Keywords: Privatization, land plot, land market, land cadastre information, land plot price, real estate, forms of privatization, market economy, land resources, land legislation Kirish. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etishda mulkdorlarning o‘rni nihoyatda katta. Zero, ular jamiyatdagi o‘zgarishlarga bevosita daxldor qatlamdir. Xususiy mulkka munosabat esa jamiyat taqdirini hal qiluvchi omillardan biri. Yerdan yanada samaraliroq foydalanishni ta’minlash hamda rag‘batlantirishni ta’minlash uchun uning doimiy va to‘xtovsiz qayta taqsimlanishi kuzatiladi. Bunday qayta taqsimlash asosan yer uchastkalarini xarid qilish-sotish orqali bo‘ladi Bugungi kunda O‘zbekistonda yer bozori shakllanmoqda va yer bilan bog‘liq bitimlar soni ko‘payib bormoqda va bunda yirik shaharlarda ko‘chmas mulkning narx-navosi o‘sib borishi ham muhim rol o‘ynamoqda. Hozirgacha mablag‘larni qo‘yishning eng daromadli soxasi uy-joy ko‘chmas mulkini xarid qilish va uni keyinchalik sotish bo‘lsa, endi esa mablag‘ni yer uchastkasini xarid qilishga qo‘yish aksariyat jihatdan foydaliroq hisoblanmoqda. Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli Farmoni, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qarori va shunga o‘xshash me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqolaning dolzarbligini ifodalaydi. 102 O’zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi islohotlar yerga bo’lgan mulkchilik, ya’ni ma’lum darajada yer bozorini shakllantirish va joriy etishga olib keldi Yer bozorini respublika va mintaqalar darajasida shakllantirish va tashkil etishning ilmiy-uslubiy jihatdan asoslanmaganligi va uning aholini iqtisodiy- ijtimoiy sharoitlariga ta’siri o’rganilmaganligi ham muammoning o’tkirligidan dalolat beradi. Yer bozorini mintaqaviy shakllantirish bo’yicha ilmiy-uslubiy yondashuv hamda amaliy yechimlar, yer fondining tejamkor taqsimot uslublari, qulay yer solig’i tizimini joriy etish, yerdan foydalanishdan olinadigan davlat byudjet daromadlari, yer ijarasi va qulay yer solig’i tizimini joriy etish mamlakatimiz yer resurslaridan yanada samarali foydalanish yo’nalishlarini belgilab beradi. Yer uchastkasini xususiylashtirishda jahon iqtisodiyoti tajribasi boy tajriba bo’lib, yer bozorini tartibga solish borasida, usul va ilg’or texnologiylarni qo’llash darajasiga erishilgani ma’lum. Demak, mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti sharoitida amalga oshirilayotgan agrar islohotlarni hayotga tatbig’i, iqtisodiyot tarmoqlarining istiqboldagi ravnaqi, yer tanqisligi muammolarining keskinligi, yer uchastkalarini xususiylashtirishni investitsiyalash zaruriyatlari ham muammoning dolzarbligini belgilaydi. Bunda: xususiylashtirishning mohiyati va iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini asoslash; iqtisodiyot tarmoqlarida islohotlarni yanada erkinlashtirish sharoitida yer uchastklarini xususiylashtirishning mintaqaviy shakllanishi hamda uning iqtisodiy rivojlanishining nazariy asoslarini tadqiq etish; yer uchastkalarini xususiylashtirishda rivojlangan davlatlar tajribasini o’rganish; yerlarni xususiylashtirish va yer bozori jarayonini tahlil qilish ; yer uchastkalarni xususiylashtirishning vujudga kelishi, shakllanishi va joriy etilish qonuniyatlarini tadqiq etish, iqtisodiy mohiyatini va o’ziga xos xususiyatini aniqlash; 103 yer bozorini mintaqaviy shakllantirish konsepsiyasi va uning asosiy tamoyillarini ishlab chiqish; yerning bozor qiymatini aniqlashda yer kadastri ma’lumotlaridan foydalanish uslublarini takomillashtirish; yer kadastri ma’lumotlari yer uchastkalarini xususiylashtirishda asos ekanligini asoslash; mintaqaviy sharoitlarda yer uchastkasining me’yoriy bahosi va bozor qiymatini aniqlash uslubini takomillashtirish; yer uchastkasining me’yoriy (iqtisodiy) bahosini aniqlash uslubini takomillashtirish; yer bozorini bosqichma-bosqich shakllantirishda innovatsion taraqqiyot yutuqlarini qo’llash kabi vazifalarni hal qilish lozim. Ushbu vazifalarni bevosita yer bozori shakllanishi va rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini o’zida to’liq aks ettirishini ta’kidl
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the essence of privatization, information on the definition and expansion of land categories that can be privatized.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the essence of privatization, information on the definition and expansion of land categories that can be privatized. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Privatization, land plot, land market, land cadastre information, xususiylashtirish shakllari, земельные ресурсы, приватизация, market economy, рыночная экономика, цена земли, yer uchastkasi, недвижимость, ko’chmas mulk, bozor iqtisodiyoti, land resources, real estate, yer bozori, land plot price, yer resurslari, yer kadastri ma’lumotlari, Xususiylashtirish, yer uchastkasining bahosi, земельный участок, land legislation, yer qonunchiligi, земельно-кадастровая информация, рынок земли, forms of privatization, земельное законодательство, формы приватизации
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025