К содержанию
РецензированоUZ2003

Lalmi yer resurlaridan foydalanishning iqtisodiy asoslarini takomillashtirish

ASOSLARINI TAKOMILLASHTIRISH · Prof. Altiyev A.S · TIQXMMI’ MTU · Jasanov J.M. “TIQXMMI’ MTU magistranti · Avazov X. “TIQXMMI’ MTU magistranti

Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения · 2003

Аннотация

Ushbu maqolada lalmi ekin maydonlaridan foydalanishning an’anaviy usullarini o’zgartirgan holda zamonaviy tarzda yondashish, samarali bo’lgan ekinlarni ekish va parvarishlash, lalmi yerlardan qanday qilib sug’oriladigan yerlardanda ko’proq daromad olish mumkin, lalmi hududlarda istiqomat qiluvchi aholining iqtisodiy jihatdan o’sishini ta’minlash haqida yoritib berilgan. Kalit so’zlar: lalmi yerlar, iqtisodiy asoslar, kovul, kavar. Kirish. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning umumiy maydoni 20236,3 ming ga shundan lalmi ekin yerlari 756.7 ming ga tashkil etadi. Lalmikor yerlar, bahorikor yerlar — adir zonasidagi sugʻorilmay dehqonchilik qilinadigan yerlar. Lalmi dehqonchilik oʻrtacha yillik yogʻingarchilik 200 mm dan yuqori boʻlgan hududlarda tarqalgan. Lalmikor dehqonchilik sugʻorish uchun noqulay boʻlgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. U, asosan, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Oʻrta Osiyo, Janubiy Qozogʻiston va Zakavkazyening togʻ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan. Sugʻorish imkonining yaratilishi bilan Lalmikor yerlar sugʻoriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda katta rezerv hisoblanadi. Oʻzbekistonda lalmi ekin maydoni 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi (ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yogʻingarchilik bilan yetarli, 553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam taʼminlangan (2003). Respublikamiz lalmikor dehqonchiligi ob-havo, tuproq unumdorligi va o’simliklar dunyosi vertikal zonallik qonuniyatiga asosan o’zgarib boradi hamda 89 tuproq va iqlim sharoitlariga ko’ra quyidagi mintaqalarga bo’linadi. Lalmi yerlar Respublika tog’ oldi va past tog’larda mavjud bo’lib, ularning jami maydoni qariyb 500 ming ga. yaqin. Olinadigan g’alla hosili o’rtacha (atmosfera yog’inlarining miqdoriga qarab) 8-12 ts. gacha boradi. Respublikada lalmi ekin yerlaridan foydalanish xolati yaxshi emas shuning uchun bizningcha tog’ oldi va tog’li hududlardagi lalmi ekin yerlarga kovul dorivor o’simligini ekish zarur. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunga kelib global iqlim o’zgarishi natijasida lalmi yerlardagi tabiiy namlik ko’rsatkichi tushib ketmoqda shunga ko’ra bunday hududlarda kovul dorivor o’simligini ekish iqtisodiy samara beradi. Jizzax viloyati G’allaorol tumani misolida lalmi yerlarda kovul dorivor o’simligini ekib lalmi yerlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish mumkin Tumanning markaziy va gʻarbiy qismi tekislik, shimoliy va shimoli-gʻarbiy qismi qir, baland adir va togʻlardan iborat. Shimoldan Nurota tizmalari, sharqdan Molguzar togʻi bilan oʻralgan. Tuman hududining katta qismi uning markaziy qismidan shimoliga 350400 m dan 1600–1900 m gacha koʻtarilib boruvchi tekislik. Tekislik Nurota togʻi etaklarigacha davom etadi. Iqlimi keskin kontinental, yozi quruq, qishi sovuq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –2°, iyulniki 32°. Yillik yogʻin 326 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Tuproqlari sariq tuproq, lyosslardan iborat. Markaziy va shimolily qismidagi adirlarning tuprogʻi lyoss ustida hosil boʻlgan boʻz, och boʻz, tipik boʻz tuproq. Soylik, jar koʻp.Qishloq xoʻjaligida gʻallachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, chorvachilik (shu jumladan, qorakoʻlchilik) rivojlangan. Ekin maydonlariga don, sabzavot, kartosh- ka, poliz va ozuqa ekinlari ekiladi. Shirkat, fermer xoʻjaliklari, oʻrmon xoʻjaligi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, urugʻchilik firmasi va boshqalar bor. Tumandagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda qoramol, qoʻy va echki, parran-da, yilqi boqiladi. Qishloq xo’jaligi ekin yerlari 89933.0 gektar shundan sug’orilagdigan yerlar 6303.0 gektar, lalmi ekin yerlari 83630.0 gektar. Tuman qishloq xo’jaligi ekin yerlarining deyarli butun qismi lalmi ekin yerlaridir. [1] 90 Kovul, kovar (Capparis spinosa L.) — kovuldoshlar oilasiga mansub yarim buta. Poya va shoxchalari yotiq, bargi tuxumsimon, guli yirik, oq yoki och pushti. Mevasi qizil etli, koʻp urugʻli. Qrim, Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Shim. Afrika va Oʻrta dengizning toshloq yerlarida koʻp tarqalgan. Janubiy Yevropada ekiladi. Kovulning gʻunchasi, mevasi sirkalab yoki toʻzlab ovkatga solinadi. Mevasida 18% oqsil moddalar, 36% cha moy bor. Choʻl va adirlarda, yoʻl boʻylarida, devorlar ustida, ekinlar orasida oʻsadigan kovul koʻp urugʻli rezavor boʻlib, mevalari etdor, uzunligi 2 smga boradi. Iyul-avgust oylarida urugʻlari pishadi. Bu dorivor oʻsimlikning mevalari tarkibida saponinlar, alkaloidlar, 32,9 foiz uglevodlar, 150 mg askorbin kislota, 3,75 foiz moy, ildiz poʻstlogʻida staxidrin alkaloidi mavjud. Kovul yoki kavar oʻsimligi tabiiy holda Oʻrtayer dengizi, Yevropa janubida, Kavkazda, Oʻrta Osiyoda, shu jumladan, Oʻzbekistonda, Pokiston va Hindistonda tarqalgan. Bu oʻsimlik Fransiya, Ispaniya, Italiya, Aljir hamda Kiprda, Gretsiya va Shimoliy Amerikada madaniylashtirilgan boʻlib, landshaftlarning bezagi hisoblanadi. Oʻsimlikning nomi Erondagi Dashti-Kavir choʻli bilan bogʻliq ho

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada lalmi ekin maydonlaridan foydalanishning an’anaviy usullarini o’zgartirgan holda zamonaviy tarzda yondashish, samarali bo’lgan ekinlarni ekish va parvarishlash, lalmi yerlardan qanday qilib sug’oriladig…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada lalmi ekin maydonlaridan foydalanishning an’anaviy usullarini o’zgartirgan holda zamonaviy tarzda yondashish, samarali bo’lgan ekinlarni ekish va parvarishlash, lalmi yerlardan qanday qilib sug’oriladig… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
хозяйственные устои, kavar, arid lands, economic foundations, kovul, lalmi yerlar, ковул, iqtisodiy asoslar, засушливые земли, кавар
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники