К содержанию
РецензированоUZ2026

Toshkent viloyati yer resurslarini boshqarishda davlat nazorati samaradorligini takomillashtirish chora-tadbirlari

R.M.Navruzov -“O‘zMU” Harbiy · H.O. Raximov -“TIQXMMI” MTU

Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения · 2026

Аннотация

Ushbu maqola viloyat yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish negizida yerdan foydalanishni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan. Yer tabiiy resurs, umummilliy boylik sifatida jamiyat hayotida uning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi yo‘lida siyosiy, huquqiy jihatdan kelajakda yerdan foydalanish istiqbollari hisobga olingan holda takomillashuvi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, yer resurslaridan foydalanishda teng huquqlilikni ta’minlash, yer resurslarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini ro‘lini oshirish kabi masalalar sohaga raqamli axborot texnologiyalarini keng joriy qilish bilan xal etilmoqda. Kalit so‘zlar: Yer resurslarini boshqarish, yerdan foydalanish, yer hisobi, Davlat yer nazorati, yer va kadastr nazorati, yer islohoti, yer fondi. Kirish. Yer resurslarini boshqarish – yer resurslariga jamiyat va davlatning yer resurslarini foydalanishda ularning samaradorligini oshirish uchun muntazam, ongli va aniq maqsadga qaratilgan ta’sir ko‘rsatishidir.Yer munosabatlarining kechishi ta’sir etish jarayonida yer resusrlarini boshqarishning quyidagi yo‘nalishlarini yuzaga keltiradi: 9 - Siyosiy-yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha davlatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarini bajarilishini ta’minlashidir. Ma’muriy boshqarish esa yer resurslarini boshqarish omilkorligini aniqlash, o‘zaro muvofiqlashtirilgan vazifalarni va ularni bajarishni tashkil etish, davlat boshqaruvi va mahalliy organlar tizimini shakllantirish; - Huquqiy - qonuniy hujjatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar asosida yerni saqlash va oqilona foydalanishda tenglik va shaffoflikni ta’minlah, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, yerning davlat va jamoat manfaatlari uchun huquqiy nazorat tizimini yuritish; - Ilmiylik - fan-texnika taraqqiyoti erishgan yutuqlarni hisobga olib yer resurslarini boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish; - Iqtisodiy - yer resurslaridan samarali foydalanish shartlarini belgilash; - Tashkiliy-texnologik - iqtisodiy, ijtimoiy rag‘batlar va yer resurslarini asrash hamda ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish. Shunday ekan yer munosabatlariga kirishilar ekan avvalo undan maqsadli foydalanish qat’iy nazorat ostida bo‘lishi, yer to‘g‘risidagi axboratlarning ishonchli, aniq va ochiq foydalanish imkoniyatini yaratilishi, yer hisobining to‘liq shakllantirilishi hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimli ravishda xal etilishi talab etiladi. O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish O’zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Yer kodeksi” 2-bob 8- moddasiga binoan yerdan foydalanish maqsadiga ko‘ra yer fondi 8 ta toifaga asosan yuritiladi. Ushbu toifalardan foydalanish maqsadiga ko‘ra yer resurslaridan foydalanishning har bir toifa bo‘yicha alohida yondashuvini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Xususan, qishloq xo‘jaligiga mo’ljallangan yerlar toifasi tarixiy ahamiyatga molik yerlar toifasidan foydalanish ahamiyati, maqsadi bilan farq qilganidek boshqa toifalar ham ma’lum jamiyat hayotidagi mo‘ljallangan maqsadi bilan bir-biridan farq qiladi. Bugungi yer resurslariga bo‘lgan talabning keskin ortishi shiddat bilan rivojlanayotgan kundalik hayotimizda yer nazorati sohasiga izchil innavatsion 10 texnologiyalar hamda yerdan foydalanishning istiqbolli takomillashtirish nuqtayi nazaridan yangi qonunchilik normalarini jamoatchilikka tadbiq etish lozimligini ko‘rsatmoqda. Mavzuning dolzarbligi. So‘ngi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi mamlakat aholisining keskin ortishi bilan bog‘liq kechadigan munosabatlarni takomillashtirish zaruriyatini ko‘rsatmoqda. Ana shunday munosabatlarni ko‘p qirrali jihatdan yerdan foydalanish jarayoni tashkil etadi. Yurtimiz aholisining soni ortishi, iqlim keskin o‘zgarishi hamda iqtisodiyotni bozor sharoiti asosida rivojlantirish maqsadida jamiyatda mulkchilik shakllarining takomillashuvi yer nazoratini yuritishning o‘ziga xos yondoshuvini talab etadi. Hududlarda yer qonunchiligini uzluksiz monitoring qilib borish asosida qat’iy nazorat ostida borishini ta’minlash, yer to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirishdagi kamchiliklar, yerga bo‘lgan huquqlarni o‘z vaqtida davlat ro’yxatidan o‘tkazmaslik, yer munosabatlarida teng huquqiylikni ta’minlash, yer islohoti davrida yangi yer bozorini ishonchli tarzda ochiq va shaffof ta’minlashda qator kamchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Yerdan foydalanishdagi qonun normalariga amal qilishni hamda aholi va yerdan foydalanuvchi sub’ektlar yer qonunchiligidagi o’z huquq va majburiyatlarini chuqur anglab yetishlarida tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida ularga muntazam ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda barcha birday kuzatib qonun doirasida yerga oid shaxsiy savollariga aniq javoblar olishlari imkonini beruvchi online platformalar faoliyatini tashkil etish muhimdir. Avvalo yer qonunchiligini ijrosini davlat nazorati tashkil etish orqali ta’minlash jarayonida mamlakatimizdagi umumiy yer fondi yerlardan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola viloyat yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish negizida yerdan foydalanishni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola viloyat yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish negizida yerdan foydalanishni boshqarish tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Государственный земельный контроль, land accounting, land fund, yer va kadastr nazorati, Управление земельными ресурсами, yer hisobi, yer islohoti, земельная реформа, yerdan foydalanish, land use, land and cadastral control, земельно-кадастровый контроль, land reform, землепользование, Davlat yer nazorati, Yer resurslarini boshqarish, земельный учет, земельный фонд, State land control, yer fondi, Land resource management
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники