К содержанию
РецензированоRU2022

ПЕЙОРАТИВНАЯ, ДЕГОРАТИВНАЯ ЛЕКСИКА В СЕМЕЙНОЙ РЕЧИ (НА ПРИМЕРЕ СЕМЕЙ ХИДИРОВЫХ И ШАЙМАТОВЫХ)

SHAYMATOVLAR OILASI MISOLIDA) · Xidirova Iroda Xolmurzayevna

Современная наука и исследования · 1 · 2022

Аннотация

This article expresses views on the social character of family speech and linguistic analysis. It is reported that the family speech has not been studied in Uzbek linguistics and that the first step towards researching the unique family speech of the Uzbek people based on world experience has been started. Key words: family speech, family speech, internal group communication, social features of family speech and its linguistic features, views of Russian linguists on family speech and research in Uzbek families. Tilshunoslikda oila nutqi ustida izlanish olib borish katta qiziqish uyg‘otadi, chunki shaxsning asosiy shakllanishi oilada sodir bo‘ladi, tilning ijtimoiylashuv jarayoni ham aynan oilada boshlanadi: ona tilini o‘rganish, nutq muloqotining asosiy ko‘nikmalari shakllanadi. Oilaviy nutq orqali biz birgalikda yashaydigan, qon-qarindoshlik munosabatida bo‘lgan yoki qarindoshlik munosabatlariga kirisha boshlagan odamlarning oilaviy ichki suhbat nutqini tushunamiz. “Oilaviy nutq, asosan, og‘zaki shaklda amalga oshiriladi. Oila nutqining sotsial va lingvistik xususiyatlari rus tilshunoslari tomonidan bir qadar o‘rganilgan. L.P. Krisin ichki guruh muloqotida og‘zaki nutqning ikkita tendentsiyasini qayd etadi: nutq obyekti deb ataladigan vositalarni yo‘q qilish va uni tavsiflovchi vositalarni batafsil tahlil qilish, uni baholash” [Rat 2004: 484]. Buning sababi shundaki, uzoq muddatli jamoaviy faoliyat va o‘zaro muloqot jarayonida olingan guruh a’zolarining umumiy tajribasi to‘liq o‘zaro tushunish va nutq mavzusini to‘liq nomlamasdan ishonchli yordam sifatida ifodalashga xizmat qiladi. Biroq ushbu nutq mavzusining xususiyatlarini almashtirish, guruhning turli a’zolari tomonidan baholanishi ko‘pincha ichki guruh aloqasining mohiyatini tashkil etadi. Stavropol o‘lkasining Budennovsk shahrida yashovchi Krasnoschekovlar oilasining tilini kuzatish jarayonida oilaviy leksikon doimiy ravishda yangi birliklar bilan to‘ldirilganligi aniqlangan. So‘z birikmalarining shakllanishida oila ichidagi manbalar mavjud. Shu kuzatuvga 292 ISSN: International scientific journal 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2022 VOLUME 1 / ISSUE 2 asosan o‘zbek oilasi nutqi ham Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi Xidirovlar hamda Termiz shahrida yashovchi Shaymatovlar oilasining tili kuzatildi. Kuzatuvlarga ko‘ra oilalarda o‘ziga xos nutq mavjud ekanligi aniqlandi. Xidirovlar oilasida nomlar, taxalluslar va murojaatlar peyorativ rangga ega, Shaymatovlar oilasida esa bu nomlar antroponimik yadroni tashkil qiladi. Tasnifga ko‘ra Xidirovlar va Shaymatovlar oilasida taxalluslarning til turlarini o‘rgandik. Peyorativ yoki peyorativ leksika (lotin tilidan. pējōrāre “yomonlashib”), shuningdek, derogativ (ingliz tilidan. derogatory term) – biror narsa yoki kimnidir salbiy baholash, norozilik, ayblash, ironiya yoki nafratni ifodalovchi so‘zlar va iboralar. Natijada, biz kishi nomlarini atashni ikki xil usulga ko‘ra ajratdik: biri pasport nomining o‘zgarishi va ikkinchisi kichik taxallus-laqablar. Eng ko‘p laqabli – pasport nomini o‘zgartirish (qisqartirilishi) har ikki oila nutqida ham birday kuzatilishi (masalan, Guchchi (Gulchehra), Pichin (Barchin), Nastinka (Nasiba), Paxi (Faxriddin), Tayka (Toxir), Ussi (Yusuf), Jovka (Javlon), Jo‘rjik (Jo‘ra), Jaska (Jasur), Xumoy (Muhayyo), Xumon (Rahim), Bekki (Bekzod), O‘kki (Nodir), Hatti (Hasan), Xachcha (Hadicha), Gena (G‘anisher), Sherl (Sherali), Nurka (Nurali), Abdul (Abdulla), Anzur (Anzirat), Muxay (Muhayyo), Gulhay (Gulhayo))ga guvoh bo‘ldik va kichik taxalluslar – adabiy belgilar va taxallus sifatlar asosan Xidirovlar nutqida faol qo‘llanishi (kaltashma (bo‘yi kalta bo‘lgani uchun), darandaz (mototsiklda darillatib turgani uchun), tishi chirik (tishi chirigani uchun), bo‘yning uzulgur (erkalayotganini bildirmaslik uchun), tirna (ozg‘inligini bildirish uchun), toshbaqa (og‘ir-soliq bo‘lgani uchun), soboy (sariqboyning bola tiliga qulaylashgani, sariq bo‘lgani uchun), rahbaroy (umri davomida rahbar bo‘lib ishlagani uchun), gov kalla (kallasi katta bo‘lgani uchun), jo‘gi (lo‘lilarning bolasiga rangi o‘xshagani uchun), qora botir (qora rangli bo‘lgani uchun), laqqa baliq (og‘zi laqqa baliqning og‘ziga o‘xshagani uchun), tumaloq (yumaloq shaklda bo‘gani uchun))ni kuzatdik. Oilaning mavjudligi kundalik hayotdan ajralib turadi, uning haqiqiy dunyosi – uy-ro‘zg‘or buyumlaridan unutilmas, shu vaqtga qadar amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan nutqda – oilaviy nutqda muhim o‘rin tutadi. Uy-ro‘zg‘or buyumi nomlari ham ikki oilada ikki xil ishlatilar ekan: chovli (X – Xidirovlar) – suzgi (Sh – Shaymatovlar), chovgan (X) – choynak (Sh), lali (X) – tarelka (Sh), oldiga tutkich (X) – fartuk (Sh) kabi. Oilaviy nominatsiyalarning qiziqarli xususiyati ularning ko‘pligi: bitta obyekt ikki yoki undan ortiq nomga ega bo‘lishi mumkin, bu nom o‘sha ma’noda ishlaydi. Birinchidan, bu ekstralingistik omillarni (obyektdagi eski xususiyatlarning yo‘qolishi va yangi xususiyatlarning paydo bo‘lishi va boshqala

Доказательный фрагмент

«This article expresses views on the social character of family speech and linguistic analysis.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article expresses views on the social character of family speech and linguistic analysis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family speech, family speech, internal group communication, social features of, social features of family speech and its linguistic features,, ichki guruh muloqoti,, views of Russian linguists on family speech and research in Uzbek families., взгляды русских лингвистов на семейную речь и исследования в узбекских семьях., oila nutqi,, internal group communication,, семейная речь,, социальные особенности семейной речи и ее языковые особенности,, rus tilshunoslarining oila nutqi haqida qarashlari va o‘zbek oilalarida tadqiq etilishi., family speech,, oila nutqining ijtimoiy xususiyatlari va uning lingvistik xususiyatlari,, внутригрупповая коммуникация,, oilaviy nutq,
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]ФилологияRUРецензированоОткрытый доступ
Контекстуальное согласование семантических образований и их эстетико-эмоциональное воздействие на описание языковой картины мира

Иностранная филология: язык, литература, образованиеЭМОЦИОНАЛ ТАЪСИРИ, Даниева М.Дж.2019

3