Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Социально-историческая динамика развития женского предпринимательства и гендерного равенства в Узбекистане
Ganiyeva M.S. (14. Яхшиликов Ж. Миллий ғоя - тараққиёт стратегияси. – Тошкент: Фан,)
Актуальные проблемы истории Узбекистана · 12 · 441-445 · 2017
Аннотация
В статье сделана попытка раскрыть социально-философский и социально-исторический аспект становления женского предпринимательства в нашей стране и его государственной поддержки. Также в сегодняшних условиях глобализации и интеграции в Узбекистане особое значение приобретает вопрос гендерного равенства в проводимых реформах социальной, экономической и политической сферах, научно- теоретически проанализировано его влияние на женское предпринимательство. Ключевые слова: бизнес, гендерное равенство, социальная сфера, предпринимательство, женщина-предприниматель, интеграция, глобализация, модернизация, реформы, риск, инновация. Annotation: The article tried to reveal the socio-philosophical and evolutionary- historical aspect of the formation of women's entrepreneurship in our country and its state support. The issue of gender equality is also of particular importance in the reforms carried out in Uzbekistan in the social, economic and political spheres in today's globalization and integration conditions, its impact on women's entrepreneurship is also scientifically-theoretically analyzed. Key words: business, gender equality, social sphere, entrepreneurship, female entrepreneur, integration, globalization, modernization, reform, risk, innovation. Jamiyat hayotining qay darajada kechishi, rivojlanish sari qo‘yilayotgan qadamlar, qolaversa, istalgan harakatdan kutiladigan natijalar albatta ko‘p jihatdan ijtimoiy munosabatlar bilan bevosita bog‘liq. Aynan shu munosabatlar hayotimizning barcha jabhalari – mehnat faoliyati, oila, mahalla, o‘qish, muloqot va boshqa turli jarayonlarni boshqarib keladi.So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar masalalariga, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, 697 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана maishiy hayotdagi muammolarini hal qilish, iqtidori va imkoniyatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchilikda ham katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi [6] qarori ushbu yo‘nalishda tub burilish yasadi. Mazkur qarorda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish yuzasidan yangi qonunlar ishlab chiqilishi muhim vazifa sifatida belgilangan edi. Belgilangan qonunlarning ishlab chiqilib, muhokama etilib, ma’qullangani qaror ijrosining ta’minlanganini ko‘rsatadi. Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida ma’qullangan hamda Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash, sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Bundan tashqari, u ko‘plab masalalarga oydinlik kiritish, faoliyatda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda faol iste’molda bo‘lgan gender so‘zining tushunilishi va qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri talqin va tasavvurlar mavjudligini aytish joiz. Xususan, genderni ayollar mavzusi yoki ularning ustunligiga oid tushuncha deb qarash kuzatiladi. Albatta, bu to‘g‘ri emas. Gender erkaklar va ayollarning jamiyatdagi mavqeini belgilaydigan ijtimoiy-madaniy konstrukt, ijtimoiy rollarning jinsga bog‘liq jihatlari to‘plami, jamiyat tomonidan erkak yoki ayoldan kutilgan xulq-atvor modellaridir. Gender tushunchasi erkaklar va ayollarning ijtimoiy hayotdagi rollari, munosabatlarning xususiyatlari, jamiyatda qabul qilingan normalarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Gender madaniyatlar bo‘yicha farq qiladi va vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Gender jinsning sotsiomadaniy 698 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана konstruksiyasi hisoblanadi. Gender erkaklar va ayollarning ijtimoiylashuv jarayonida orttirilgan, jamiyat tomonidan modellashtirilgan va ijtimoiy institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan tafakkur, xulq-atvor xususiyatlari, turmush tarzi meyorlari va qadriyatlar tizimidir. Gender, birinchi navbatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy kontekst bilan belgilanadi hamda jinsga bog‘liq holda ayol va erkak haqida tasavvurlarni o‘zida mujassam etadi. Yunon faylasufi, matematik Pifagor o‘zining ilmiy qarashlarida ayol va erkakning teng qilib yaratilgani haqida bahs yuritadi. Bunday g‘oyalar Suqrot ta’limotida ham uchraydi. Suqrot shaxs erkinligi va ozodligi, inson va fuqarolar huquqi haqidagi g‘oyalari bilan yoshlar ongini zaharlashda ayblanib o‘limga mahkum etilgan. Falsafaning otasi Platon ham o‘z buyuk safdoshlari g‘oyalariga sodiqligini namoyish etgan holda “Ideal davlat
Доказательный фрагмент
«В статье сделана попытка раскрыть социально-философский и социально-исторический аспект становления женского предпринимательства в нашей стране и его государственной поддержки.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье сделана попытка раскрыть социально-философский и социально-исторический аспект становления женского предпринимательства в нашей стране и его государственной поддержки. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- business, gender equality, social sphere, entrepreneurship, female, гендерное равенство, islohotlar, социальная сфера, глобализация, modernization, ayol tadbirkor, риск, innovation, женщина-предприниматель, globalization, gender tenglig, предпринимательство, modernizatsiya, integratsiya, реформы, globallashuv, female entrepreneur, tadbirkorlik, интеграция, integration, ijtimoiy soha, бизнес, biznes, reform, tavakkalchilik, risk, innovatsiya, модернизация, инновация
Смежные источники
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024