Журнал академических исследований нового УзбекистанаNusratulloh Muxtorov2025
Неправительственные некоммерческие организации как важный институт гражданского общества (на примере НКО Ферганской долины)
Shamsiyeva M.X. (JAMIYATINING MUHIM INSTITUTI SIFATIDA)
Актуальные проблемы истории Узбекистана · 2013
Аннотация
В статье рассмотрены негосударственные некоммерческие организации, являющиеся одним из важных институтов гражданского общества, в частности, негосударственные некоммерческие организации, действующие в Фергонской долине, а также проекты негосударственных некоммерческих описаны коммерческие организации, созданные в присутствии Олий Мажлиса, и других институтов гражданского общества, которые были признаны победителями Фондом Сообщества. Kлючевые слова: реформа, негосударственные некоммерческие организации, закон, решение, гражданское общество, грант, проект Annotation: In the article, non-governmental non-profit organizations, which are one of the important institutions of civil society, in particular, non-governmental non-profit organizations operating in the Fargona Valley, as well as the projects of non-governmental non- profit organizations established in the presence of the Oliy Majlis, and other institutions of civil society, which were recognized as winners by the Community Fund, are described. Key words and phrases: reform, non-governmental non-commercial organizations, law, decision, civil society, grant, project. 604 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar aholining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining institutlari bo‘lgan tuzilmalar – siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalarining rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Aytish joizki, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida xalqaro standartlarga javob beradigan normativ- huquqiy baza yaratildi va bu sohaga doir 20 ga yaqin qonun va qarorlar qabul qilindi [1]. Mamlakatda yaratilgan huquqiy asoslar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin va barqaror rivojlanishi yanada jadallashdi. Yillar kesimida tahlil qilinsa, 1991 yilda respublikada 95 ta NNT faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2000 yilda 2585 ta, 2016 yilda 8417 ta, hozirgi kunda 9200 ga yaqinni tashkil etmoqda [2]. Xususan, Farg’ona vodiysining Andijon viloyatida – 186 ta (NNT larning hududiy bo‘limlari bilan), Farg‘onada – 795 ta (NNT larning hududiy bo‘limlari bilan), Namanganda – 547 ta (NNT larning hududiy bo‘limlari bilan) nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat olib bormoqda [3]. Nodavlat notijorat tashkilotlari ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarning turli yo‘nalishlarida, xususan, tadbirkorlik rivojlantirish sohasida – 2 000 dan ortiq, ekologiyani asrash sohasida – 100 dan ortiq, sportni rivojlantirish sohasida – 1200 dan ortiq, imkoniyati cheklangan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab- quvvatlash sohasida – 600 dan ortiq, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida – 600 dan ortiq, ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilishda – 300 dan ortiq, faxriylarni qo‘llab-quvvatlash sohasida – 400 dan ortiq, milliy madaniy aloqalarni va millatlaro do‘stlikni rivojlantirish sohasida – 200 dan ortiq, xodimlarning huquqlarini himoya qilish sohasida – 570 dan ortiq, ta’lim, fan va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohasida – 240 dan ortiq, sog’liqni saqlash sohasida – 605 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана 220 dan ortiq, OAV va jurnalistikani rivojlantirish sohasida – 30 ga yaqin faoliyat yuritmoqda [4: 13]. Aytish joizki, hozirda nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashish bilan birga, davlat va jamiyat boshqaruvida ham munosib ishtirok etib kelmoqda. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida qo‘llab-quvvatlamoqda. 2008 yildan boshlab Oliy Majlis huzuridagi Jamoat Fondi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarining loyihalarini moliyalashtirilishi demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolarning o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilda Parlament komissiyasi tomonidan “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqaror bo‘lmagan mahallalarda aholini bandligini ta’minlashga ko‘maklashish” mavzusida davlat granti uchun tanlov e’lon qilinib, unda Farg‘ona vodiysida faoliyat olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari ichidan 9-tasi g‘oliblikni qo‘lga kiritildi hamda loyihalari moliyalashtirildi [5]. (1-jadval). T/r Farg‘ona vodiysi viloyatlari NNT Loyiha nomi Ajratilgan lari mablag‘ 1 Andijon viloyati “Yoshlar-kelajak 100 000 000 . “Hamroh” NNT bunyodkorlari!” 2O ‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy “Mahalladagi 80 000 000 va nogironlari birlashmasi Andijon uyushmagan yoshlarga viloyat bo‘limi ijtimoiy-ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish va ularni kasb-hunar egallashida faxriylar ish 3 Andijon viloyati xotin-qizlar “Qo‘li gul bo‘lsa ayol- 80 000 000 tadbirkorlik markazi hayotda topar kamol” 4 “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston “Ayollar t
Доказательный фрагмент
«В статье рассмотрены негосударственные некоммерческие организации, являющиеся одним из важных институтов гражданского общества, в частности, негосударственные некоммерческие организации, действующие в Фергонской долин…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассмотрены негосударственные некоммерческие организации, являющиеся одним из важных институтов гражданского общества, в частности, негосударственные некоммерческие организации, действующие в Фергонской долин… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: reform, non-governmental non-commercial organizations, law, qonun, islohot, гражданское общество, grant, project, nodavlat notijorat tashkilotlari, реформа, закон, decision, fuqarolik jamiyati, loyiha, грант, qaror, reform, решение, civil society, проект, негосударственные некоммерческие организации
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025