К содержанию
РецензированоRU2026

Об истории паралимпийского спорта и работах по развитию паралимпийского спорта в Узбекистане

OSHIRILAYOTGAN ISHLAR XUSUSIDA · Shamsiyeva M.X.

Актуальные проблемы истории Узбекистана · 2026

Аннотация

В данной статье приводится информация об истории происхождения Паралимпийских спортивных соревнований и участие в них Республики Узбекистан как независимой страны, достигнутых в ни результатах, а также условиях, созданных государством для спортсменов-паралимпийцев. Ключевые слова и фразы: Паралимпийские игры, Олимпиада, Людвиг Гуттман, инвалид, спортивная школа, федерация, Узбекистан, комитет. Annotation: This article provides information about the history of the origin of the Paralympic sports competitions and the participation of the Republic of Uzbekistan as an independent country in them, the results achieved in them, as well as the conditions created by the state for Paralympic athletes. Key words and phrases: Paralympic Games, Olympics, Ludwig Guttmann, disabled person, sports school, federation, Uzbekistan, committee. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora – tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunga javoban sportchilar ham olimpiya va paralimpiya sport musobaqalarida munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritib O‘zbekiston bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarmoqda. Xususan paralimpiya musobaqalarida erishilgan g‘alabalar e’tiborga sazovordir. Paralimpiya o‘yinlari jismoniy nogironligi bo‘lgan sportchilar uchun yaratilgan yirik xalqaro sport musobaqalaridir.”Paralimpiya”– bu yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib “para” yonida, parallel;”olimpik” ya’ni olimpiya o‘yinlari 599 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана bilan yonma - yon degan ma’noni anglatadi. 1948-yili Angliyning Stok - Mendevil reabilitatsiya gospitali vrachi Lyudvig Guttman ikkinchi jahon urushida orqa miyasidan jarohat olib qaytgan ingliz jangchilarini sport musobaqalarida ishtirok etish uchun to‘playdi. Shu yo‘l orqali nogiron bo‘lib qolgan jangchilarning hayotini yaxshilash uchun sportdan foydalanadi. Lyudvig Guttman bu harakatlari uchun “Imkoniyati cheklangan sportchilar otasi”deb ataladi [1]. Ilk musobaqa 1948-yili Londonda o‘tkazilgan. Bu musobaqa dastlab “stok Mendevil nogironlar aravachasi o‘yinlari” deb atalgan va uning o‘tkazilish vaqti XIV yozgi Olimpiya o‘yinlari bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolgan. Bu musobaqada jami 16 nafar erkak va ayol harbiylar ishtirok etgan. Guttman endilikda imkoniyati cheklangan sportchilar uchun ham Olimpiada o‘yinlari tashkil etish maqsadida harakat qila boshladi. 1952-yilda ushbu musobaqalarda Gollandiyadan ham sportchilar kelib ishtirok etishdi va ushbu musobaqadan boshlab bu musobaqa xalqaro musobaqaga aylandi. 1952-yilgi musobaqada jami 130 nafar sportchi ishtirok etdi. 1960-yilgi Rimda o‘tkazilgan IX “Stok-Mendevil nogironlar aravachasi o‘yinlari”dan boshlab esa urush faxriylaridan tashqari boshqa turdagi nogironligi bor sportchilarham ishtirok eta boshladi. Aynan Italiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan musobaqa tarixdagi ilk paralimpiya o‘yinlari sifatida qayd etildi. Bu paralimpiya o‘yinlarida 23 ta davlatdan 400 ga yaqin sportchi ishtirok etgan. Aynan Rimdagi musobaqalardan so‘ng butun dunyoda paralimpiya harakati rivojlana boshladi. 1976-yili Shvetsiyaning Ernshyoldsvik shahrida ilk qishgi paralimpiya o‘yinlari o‘tkazildi. Bu musobaqalarda faqat aravachadagi sportchilar emas boshqa toifadagi nogiron sportchilar ham kelib ishtirok etishdi. 1976-yilgi Torontodagi yozgi paralimpiya o‘yinlarida esa record darajadagi sportchilar ishtirok etishdi. Jami 40 ta mamlakatdan 1600 nafar sportchi ishtirok etdi . Bu musobaqalarda ko‘r va ko‘rish qobiliyati past bo‘lgan , paraplegiya, umurtqa pog‘onasida jiddiy nogironligi bo‘lgan va boshqa jismoniy kasalliklarga uchragan sportchilar qatnashdi [2]. 600 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана 1989-yili Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasi (IPC) tashkil etildi. 1988-yilda Koreyaning Seul shahrida navbatdagi paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Aynan shu yildan boshlab paralimpiya o‘yinlari ham olimpiada o‘yinlarida foydalaniladigan sport inshootlarida o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. 2001-yili Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi o‘rtasida shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, 2008-yildan boshlab paralimpiya sport o‘yinlari ham olimpiada o‘tkaziladigan yilda o‘tkazilishi belgilab qo‘yildi. Shuningdek, Paralimpiya o‘yinlari ham Olimpiya o‘yinlari bilan bitta tashkiliy qo‘mita tomonidan tashkillanadi va bir xil moliyalashtiriladi. Paralimpiya qo‘mitasi 7 ta sport turini bevosita boshqarish va paralimpiya o‘yinlari sport turlari bo‘yicha javobgarlikka ega bo‘lgan yetakchi tashkilot sifatida tan olingan. Boshqa xalqaro tashkilotlar, xususan Xalqaro nogironlar aravacahasi va amputant sport federatsiyasi (IWAS), Xalqaro ko‘rlar sport federatsiyasi (IBSA), intellectual nogironlar uchun xalqar

Доказательный фрагмент

«В данной статье приводится информация об истории происхождения Паралимпийских спортивных соревнований и участие в них Республики Узбекистан как независимой страны, достигнутых в ни результатах, а также условиях, созда…»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье приводится информация об истории происхождения Паралимпийских спортивных соревнований и участие в них Республики Узбекистан как независимой страны, достигнутых в ни результатах, а также условиях, созда… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Paralympic Games, Olympics, Ludwig Guttmann, disabled, paralimpiya, Lyudvig Guttman, sports school, Олимпиада, olimpiya, federatsiya, инвалид, nogiron, Uzbekistan, sport maktab, спортивная школа, qo‘mita, O‘zbekiston, disabled person, committee, Людвиг Гуттман, федерация, federation, Паралимпийские игры, Paralympic Games, Узбекистан, комитет
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники