Современное образование и развитиеAkmalova Nasiba Alisherovna, Aliyev A.L2025
Религиозные реформы, проведенные при соляном режиме
Boltaboyev M.A.
Актуальные проблемы истории Узбекистана · 2017
Аннотация
В данной статье разъясняется понятие религиозной конфессии и вопрос о религиозных ценностях. Также научно исследовано отношение к религиозным организациям и изменения, произошедшие в советский период. Ключевые словы: религия, толерантность, религиозная конфессия, свобода совести, религиозная ценность, межнациональное согласие, исламская религия, вера. Annotation: In this article, the concept of religious confession and the issue of religious values are explained. Also, the attitude towards religious organizations and the changes made during the Soviet period were scientifically researched. Key words and phrases and expressions: religion, tolerance, religious belief, freedom of conscience, religious values, interethnic harmony, islam, religion. Dunyoda yuzlab dinlar mavjud bo‘lsa-da, bu e’tiqodlarning hech qaysi biri insonni yomon yo‘lga yetaklamaydi. Barcha e’tiqodlar odamlarni to‘g‘ri yashashga, halol mehnat qilishga undaydi. Din azaldan inson ma’naviyatining tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoida shakllarida mustahkamlanib kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir. 455 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана Sovetlar davrida tarixni o‘rganish va o‘qitish ishlari marksistik metodologiyaga bo‘ysundirildi. Har voqeani yoritishda komfirqa mafkuraviyligi, partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazardan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag‘allar, mulkdorlar va mulksizlar tarixiga bo‘lindi. Boylar va mulkdorlar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar jamiyat a‘zolarining qismi kambag‘allar va yo‘qsillarni himoya qilgan holda, ularning manfaatiga bo‘ysindirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy e‘tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Buyuk olimlar, allomalar, ma‘rifatparvar shoiru - ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va idealistlarga bo‘lindi. Ulardan u yoki bu dinga e‘tiqod qilganlari idealist deb ataldi va shuning uchungina ta‘qib etildi, ularning faoliyatini o‘rganish ta’qiqlandi, o‘zlari tahqirlandilar, asarlari xalqdan yashirildi, yo‘qotib yuborildi. Oqibatda ko‘pgina tarixiy voqea - hodisalar soxtalashtirildi, o‘tmish qoralandi, ma‘naviy merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat, xurofot, eskilik sarqitlari, deb o‘rgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, urushlardan iboratdek qilib ko‘rsatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat marksistik metodologiyaning yaroqsizligini aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta. Bu borada mamlakatda hukmron bo‘lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bldi. Tarix esa totalitar tuzum xizmatchilariga, targ‘ibotchi va himoyachisiga, kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning bir qator ilmiy - nazariy va metodologik asoslar mavjud bo‘lib, ular chuqr ilmiylik, rostguylik, tarixiylik, izchillik, xaqqoniylik va boshqalardan iborat. Bu kabi nazariy-metodologik asoslar tarixiy tasavvurni, tushuncha va xulosalarning ilmiy- amaliy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri hosil qilinishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi, tarixni o‘rganish va o‘qitish jarayonida milliy istiqlol, vatanparvarlik, insonparvarlik, baynalmilallik kabi ulug‘ fazilatlarni xalqimiz an’analari, urf- 456 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана odatlari, diniy e‘tiqodlari kabi milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularni e‘zozlash ustivor vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga moziyga hurmat bilan qarash, milliy tiklanish tafakkuri, yondashuv ruhini yoshlar dunyoqarashida shakllantirish lozimdir. Markaziy Osiyo davlatlarida bugungi islom dini ko‘rinishlarining paydo bo‘lishida hamda ularning davlat bilan munosabatlari shakllanishida nafaqat Sovet davri, balki undan oldingi chor Rossiyasi hukmronligi paytidagi hukumat siyosati ham muhim ahamiyatga ega. An’anaviy islom dinida nasroniylikdagi cherkov kabi markaziy diniy boshqaruv yo‘q. Siyosiy hokimiyat dindorlarni o‘z nazoratida tutib turish uchun davlatga tobe muftiyat, shayxul islom kabi idora va unvonlarni o‘ylab topgan. Sovetlar hokimiyatga kelgach, ular, avvalo, qadimchilarni yo‘q qilishga tushdi. Chunki, qadimchilar O‘rta Osiyoda an’anaviy islom namoyandalari edi. An’anaviy ulamolarni chetga surib, jadidchilarni hokimiyatga, mahalliy idoralarga jalb qilishdi. Ularning yordami bilan eski dindorlardan qutulishni niyat qilishdi. Shuningdek, sovet hokimiyatining ilk yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyatni og‘irlashtirmaslik uchun mahalliy shariat sudlari va qoziliklarining ishlashiga ruxsat berilgan. Ammo, Stalin hokimiy
Доказательный фрагмент
«В данной статье разъясняется понятие религиозной конфессии и вопрос о религиозных ценностях.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье разъясняется понятие религиозной конфессии и вопрос о религиозных ценностях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases and expressions: religion, tolerance, religious belief, freedom of, religion, din, религия, e’tiqod, исламская религия, tolerantlik, свобода совести, religious values, interethnic harmony, вера, vijdon erkinligi, millatlararo totuvlik, islam, религиозная конфессия, толерантность, религиозная ценность, diniy konfessiya, diniy qadriyat, freedom of conscience, islom dini, межнациональное согласие
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025