Современное образование и развитиеAkmalova Nasiba Alisherovna, Aliyev A.L2025
Культурное сотрудничество Бухарской народной советской республики с Турцией
MADANIY HAMKORLIGI · Nuridinov T.Q.
Актуальные проблемы истории Узбекистана · 2000
Аннотация
В данной статье на основе архивных источников освещается история культурных связей СССР с Турецким государством. Основное внимание уделяется студентам, отправленным из Бухары в Турцию в начале ХХ века и в 1920-1924 гг. Ключевые слова и фразы: культурные связи, культурные связи, Турция, Тарбияи атфол, Стамбул, У. Полаходжаев, А. Фитрат, Мустафа Камаль, Бухарский МИК. Annotation: In this article, the history of the cultural relations of the USSR with the Turkish state is covered based on archival sources. It focuses on the students sent from Bukhara to Turkey in the early 20th century and in 1920-1924. Key words and phrases: cultural relations, Turkey, Tarbiyai atfol, Istanbul, Polatkhojaev, O.Polathojaev, A. Fitrat, Mustafa Kamal, Bukhara MIQ. Dunyo davlatlari, mintaqalar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirib borish zaruriyati zamonaviy taraqqiyotning ajralmas xususiyatiga aylandi. Shu nuqtai nazardan davlatlar o‘rtasidagi tashqi aloqalar, hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlab borish, ularning tarixiy ildizlariga murojaat qilish ehtiyojini vujudga keltirmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yangi jamiyat qurishda xalqimizning boy tarixi, madaniyati, an’analarini o‘rganish, 437 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана ulardan foydalanish muhim vazifa sifatida belgilanmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir» [1: 29]. Bu esa O‘zbekiston va uning hududida mavjud bo‘lgan davlatlar tashqi aloqalari tarixi bo‘yicha keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar olib borishni dolzarb vazifa sifatida qo‘ymoqda. Zamonaviy tarix fanida xalqimizning qardosh turk xalqi bilan olib borgan hamkorlik munosabatlarini har tomonlama o‘rganish muhim vazifalardan biridir. Markaziy Osiyo xalqlarining Turkiya davlati bilan o‘zaro hamkorlik munosabatlari tarixi bir necha yuz yillarni o‘z ichiga oladi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Rossiya imperiyasi Buxoro amirligi hayotining barcha sohalari ustidan to‘liq o‘z hukmronligini o’rnatish tadbirlarini amalga oshirdi. 1920-1924 yillarda mavjud bo’lgan BXSR tarixini yangicha tarixiy tamoyillar asosida o‘rganish xalqimiz tarixining sobiq sho‘ro davrida kam tadqiq qilingan masalalarini ilmiy asosda o‘rganish imkoniyatini beradi. Chunki, mamlakat istibdod natijasida og‘ir ahvolga tushib qoldi. Bu haqda “Yosh buxoroliklar” harakatining rahbarlaridan biri F.Xo‘jayev “Buxoro o‘lkasi har vaqt ilm va ma’rifat beshigi bo‘lmog‘i bilan faxr qilur edi. Burun vaqtda chiqqan olimlar birgina ruhoniylar emas, tabiblar, muarrixlar, shoirlar va muhandislarimizdan dunyoda yashagan ko‘p xalqlar ibrat olar edilar. Bizning madrasalarimiz vaqti bilan Makka va Madina kabi atrofdagi xalqlarni o‘ziga jalb qilar edi. Amirlar usuli idorasi va beklar hokimiyati vaqtida bu maorif chashmalaridan hech narsa qolmadi [2]. Buxoroning ilg‘or jamoatchiligi Rossiya mustamlakachiligidan xalos bo’lish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdilar. Bu davrda Buxoro amirligining ijtimoiy hayotida jadidlar o’zgarishlar, islohotlar tarafdorlari bo‘lib maydonga 438 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана chiqdilar. Buxoro ziyolilari, ilg’or savdo-sanoat doiralari orasida yoshlarni xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish harakatlari boshlab yuborildi. Buxoro jadidlari tomonidan 1910 yilda yoshlarni chet elda tahsil olishlarini tashkil qilish maqsadida “Tarbiyai atfol” jamiyati tuzildi [3: 84]. Mazkur jamiyat garchi 1917 yil fevraliga qadar yashirin ravishda ish olib borgan bo’lsada, Buxoro yoshlarini xorijga tahsil olish uchun yuborishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davrda Buxoro yoshlarini xorijga, asosan, Turkiyaga o‘qishga yuborish Buxoro jadidlari faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan hisoblangan. Buxoro jadidlari xorijga yoshlarni tahsil olishga yuborish orqali mamlakatni asriy qoloqlik va mustamlakachilikdan xalos qilishni mo‘ljallagan edilar. Ma’lumotlarga ko’ra, 1910 yilda Istanbulda 50 nafar Buxoro yoshlari tahsil olgan edi [4]. S. Ayniyning ma’lumotlariga ko‘ra 1912 yilda Buxoro yoshlaridan 30 nafari Turkiyada tahsil olgan bo’lib, ularning orasida U.Po‘latxo‘jaev, O.Po‘latxo‘jaev, A. Fitrat kabi yosh buxoroliklarning bo‘lg‘usi arboblari ham bor edi [5: 88]. XX asr boshlarida Buxoroning turli ijtimoiy tabaqalari orasida Turkiya bilan yaqinlashishga intilish bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tarixan qisqa muddat davomida, murakkab vaziyatga qaramasdan juda faol tashqi siyosat olib borganligini alohida e’tirof etish lozim. Buxoro Respublikasi hukumati dunyo bozoriga chiqish, xalq
Доказательный фрагмент
«В данной статье на основе архивных источников освещается история культурных связей СССР с Турецким государством.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье на основе архивных источников освещается история культурных связей СССР с Турецким государством. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: cultural relations, Turkey, Tarbiyai atfol, Istanbul, madaniy aloqalar, Buxoro MIQ, O.Polathojaev, U. Po‘latxo‘jayev, , А. Fitrat, Стамбул, Turkiya, Тарбияи атфол, Mustafa Kamal, А. Фитрат, A. Fitrat, Мустафа Камаль, Турция, Bukhara MIQ, Mustafo Kamol, Бухарский МИК, Polatkhojaev, cultural relations, культурные связи, У. Полаходжаев
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025