Журнал академических исследований нового УзбекистанаNusratulloh Muxtorov2025
Архивное дело и его изучение в Хивинском ханстве до XIX-первой четверти XX века
Xusanov S.X. (University of Pittsburgh Press, 2017. – P.41)
Актуальные проблемы истории Узбекистана · 62-64 · 2019
Аннотация
В данной статье проводится анализ внедрения делопроизводства управлении государственные службы и архивные дело Хивы в XIX – начале ХХ веках Стратегии действий, реформирование процессов управления в ханстве. Ключевые слова и фразы: Хивинская ханства, Стратегия действий, делопроизводства, архив. Annotation: This article examines the system of office management of the Khiva Khanate in the XIX-early XXcenturies. The questions of historiography and the problems of archival affairs are also explained. Key words and phrases: Khiva Khanate, Archive, Archival Business, Record Keeping System. Xiva xonligi arxivi va uning o‘rganilishi. Xiva xonligi o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin egallagan davlatlardan biri hisoblanadi. Xiva xonligining siyosiy hayoti, uning ma’muriy boshqaruv tartibi, amalda bo‘lgan ish yuritish tizimi va arxivlarning vazifalari muhim ilmiy tadqiqot ob’ekti bo‘la oladi. Маzkur muammolar turli davrlarda olim va tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, N.Muravyov, M.Ivanin, L.Sobolev, L.Kostenko, A.Kun, N.Vselovskiy, 350 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана G.Danilevskiy, D.Gladishev, X.Vamberi, V.Velyamonov-Zernov [1: 2]. Biroq yo‘nalishda jumboqlar va muammolar ko‘p [1: 3]. O‘rta Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan Qo‘qon va Xiva xonliklari va Buxoro amirligida o‘ziga xos tarzda ish yuritish, hujjatchilik shu bilan birgalikda arxiv tizimi xususida XX asrning birinchi choragiga qadar aniq ma’lumotlar yo‘q edi. XX asrning 30-yillarida O‘rta Osiyo xonliklarida arxivlar bo‘lganligi o‘z tasdig‘ini topdi. Bular Qo‘qon va Xiva xonlari, Buxoro amirligi Qo‘shbegi arxivlari bo‘lib, ularda XVIII-XIX asrga oid hujjatlarning ma’lum qismi saqlanib qolgan. Ma’lumki, Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi Xiva xonligiga yo‘naltirilgan edi. Dungan qo‘zg‘oloni Xinjanggacha cho‘zilgan bir paytda Rossiya 1871 yili o‘z e’tiborini Kuljaga qaratishdan to‘xtatib, balki Markaziy Osiyoning boshqa bir tomonida buysunmas geografik joy hisoblangan Xiva xonligiga qaratdi. Yozma kelishuv rasman tan olingan bo‘lishiga qaramasdan Britaniya Afg‘onistonga o‘z ta’sirini o‘tkazish (Badaxshon) va Xuroson (Xorazm) ga tasir o‘tkazmaslikka kelishildi. Rossiya 1873 yili General fon Kaufman boshchiligida Xiva xonligiga qarshi hujumini boshladi. 1873-yil 29-mayda ruslar Xiva xonligining poytaxti Xiva shahrini bosib olgandan so‘ng, xon saroyini talan-taroj qildilar. Moddiy boyliklar bilan bir qatorda qo‘lyozma asarlar va arxiv hujjatlari Turkiston general – gubernatori K.P. Kaufmanning topshirig‘iga asosan sharqshunos olim Aleksandr Kun tomonidan Toshkentga olib kelindi. Arxiv va qo‘lyozmalarning tarkibi va mazmunini o‘rganib chiqqan Xiva ekspeditsiyasida bevosita qatnashgan A.L. Kun general-gubernatorga hisobot taqdim etadi. Unda olim mazkur hujjatlarni ikki guruhga bo‘lgan edi [2: 41]. Birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlari hamda bir qancha vaqf mulki hujjatlarini, ikkinchisiga xatlar, arizalar, shuningdek, diplomatic yozishmalarni kiritgan. Umuman olganda, Xiva xoni saroyidan Sharq qo‘lyozmalaridan iborat 300 ga yaqin kitob, 129 nomda 140 jild tarixiy asarlar, 20 351 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана nafar shoirlarning 30 jildli asarlari, 50 jildli 40 ta huquqiy-diniy asar, bundan tashqari 18 ta Qur’on va 50 ta darslik kitoblari to‘planganini ma’lum qiladi. A.Kun Xiva xonligi hujjatlari asosidagi dalolatnomasida quyidagicha fikr bildirgan. “Xon saroyi musodara qilinganida, qo’lyozmalar bilan birgalikda hujjatlar ham to’plandi [2: 63]. Bu hujjatlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: birinchi guruhga xonlikning daromadlari va xarajatlariga doir daftarlar hamda bir qancha vaqf va mulk hujjatlarini, ikkinchi guruhga xatlar va diplomatik yozishmalarni kiritish mumkin. Daftarlar orasida pul soliqlariga doir yozuvlar (solg’ut), zakot daftarlari va Matmurod devonbegining xon xarajatlari to‘g‘risidagi hisobotlari bor. So’ngra shu hujjatlar orasida Buxoroda, G‘azalida, Istanbulda va boshqa joylarda savdo-sotiq ishlari bilan yashab turgan Xivaliklarning Xonga yuborgan iltimosnomalari, nizolarini hal qilib berish to‘g‘risida yozilgan imkoniyatnomalar, biror mansab berish to‘g‘risidagi iltimosnomalar va shu kabilar bor. Diplomatik hujjatlar orasida Ost- Indiya general gubernatorlari Narsbrukning xati, Turkiya sultonining xatlari va farmonlari, rus elchisi podpolkovnik Danilevskiy bilan Xiva xoni o’rtasida tuzilgan ahdnoma hamda Turkiston general gubernatori tomonidan xonga yuborilgan bir nechta maktub mavjud”. Ushbu noyob hujjatlarning bir qismi fon Kaufman tomonidan 1874-yil 28- martda Peterburg Fanlar Akademiyasi Osiyo muzeyi (hozirgi Sankt-Peterburgdagi Rossiya Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi)ga, qolgani esa Peterburgdagi Imperator xalq kutubxonasi (Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasi)ga yuborilgan. Uzoq muddat hujjatlar ilmiy muomalaga kiri
Доказательный фрагмент
«В данной статье проводится анализ внедрения делопроизводства управлении государственные службы и архивные дело Хивы в XIX – начале ХХ веках Стратегии действий, реформирование процессов управления в ханстве.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье проводится анализ внедрения делопроизводства управлении государственные службы и архивные дело Хивы в XIX – начале ХХ веках Стратегии действий, реформирование процессов управления в ханстве. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Kokand khanate, water facilities, farming culture, water distribution, Хивинская ханства, Archive, Archival Business, архив, Xiva xonligi, Record Keeping System, amal va mansablar, Стратегия действий, hujjat, делопроизводства, arxiv, Khiva Khanate, ish yuritish tizimi
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025