К содержанию
РецензированоRU1997

Кокандско-Китайские отношения в период Эрдонабада и Норбутабада

Редколлегия тома: К.М.Байпаков · Ro‘zimatov M.U. · Filipp Yefremov

Актуальные проблемы истории Узбекистана · 2 · 62-64 · 1997

Аннотация

В статье анализируются дипломатические отношения Коханского ханства с Империей Син в периоды Эрдона и Норботаби на основе исторических источников и сведений, представленных в научной литературе. Ключевые слова и фразы: Фергана, Эрданаби, Норботаби, Сяньлун, Дакетана, Синсайн, Филипп Ефремов, Андижан. Annotation. The article analyzes the diplomatic relations of the Kokhan Khanate with the Sin Empire during the Erdona and Norbotabi periods through historical sources and information provided in scientific literature. 344 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана Key words and phrases: Fergana, Erdanabi, Norbotabi, Sianlun, Daketana, Sinszain, Philip Yefremov, Andijan Ashtarxoniylar hukmronligining so‘ngi asrida markaziy hokimyatni zaiflashuvi tufayli, Farg‘ona vodiysida hokimiyat mahalliy sulola vakilari qo‘liga o‘tishiga olib keldi. Fargʻonada XVIII asrning boshlaridan asta-sekin ming qabilasidan boʻlgan Qoʻqon hukmdorlari boshqaruvni amalga oshira boshlashdi. Erdonabiy dаvridа Fargʻona vodiysi “quyidаgi vilоyatlаrdаn ibоrаt bo’lib: Аndijоn, Nаmаngаn vа Qoʻqоn, ulardan Qoʻqоn shаhri mamlakatning pоytахti boʻlgаn” [2: 14]. Turkiston xonliklaridagi ogʻir siyosiy vaziyat, Sin imperiyasini g‘arbiy o‘lkalarga nisbatan xarbiy harakatlarni amalga oshirib, O‘rta Osiyo bilan tarixan chambarchas bo‘lgan hududlarni zabt etish uchun qulay imkoniyat yaratdi. “Sin imperatori Syanlun (1736-1795)ning qarindoshi Chjao Xuey (1708-1764) qo‘mondonligida manjurlar qo‘shini 1758-1759-yillar davomida Yorkend xonligini (1514-1759) bosib olgan. 1758-yil yozida manjur qo‘shinining avangard qismiga zobit Daketana boshchilik qilgan. Daketana Issiqko‘l atrofidagi qirg’izlar yerlariga yuborilgan. Xitoy (Sin imperiyasi imperiyasi) manbalarida, 1758-yilda Yorkend xonligining oxirgi hukmdorlari Burxonidinxo‘ja va Xo‘ja Jahonxo‘ja Andijon va Qo‘qonga o‘z odamlarini yuborganligini yozgan. 1759-yil iyul oyida manjur generallari Yorkendda aka-uka xo‘jalarni ushlash bo‘yicha harbiy kengash o‘tkazganlar. Ushbu kengash xisobotlarida “aka-uka xo‘jalar Qo‘qon xoni Erdona (1753-1763) bilan yaqin do‘st va ular birlashish ehtimoli mavjud”,- deb yozilgan. Imperator Syanlun “tezlik bilan Qo‘qon xukmdori bilan aloqa o‘rnatish lozim va xo‘jalar bilan o‘zoro ittifoq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”,- deb yozgan [10: 81-82]. Bu haqida mahaliy tarixchilarning asarlarida, jumladan “Anjum at- Tavorix” [3: 105] va “Muntaxab at-Tavorix” [4: 232] asarilari ham bu voqeaga to‘xtalib quyidagicha ma’lumot beriladi. Xitoy humkdori Koshg‘arga katta qo‘shin yuborib yettita shaharni bosib olgach, bu viloyatda hukmronlik qilayotgan Maxdumi A’zam avlodlaridan bo‘lgan Oyxo‘ja va Kunxo‘ja, xitoyliklar bilan kurashib, mag‘lubiyatga uchragani va sayyidlar Ko‘xiston yo‘li orqali, 345 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана Badaxshonga qochganliklari yozilgan. Ammo badaxshonliklar, xitoylarning moliga uchib, Oyxo‘ja va Kunxo‘jani xitoyliklarga tutib berishadi. “1759-yil oktyabr oyi boshlarida Daketana Yorkend shahridan Mulla Mirza ismli yo‘lboshlovchi va tarjimon, to‘rt nafar solor va 2 nafar oyratlarga mansub yigitlar bilan jami 28 kishi Qo‘qonga yo‘l olgan” [10: 84]. Xitoy hukumati, Sharqiy Turkistonda Qo‘qonning katta mavqeiga ega ekanligini hisobga olgan holda, diplomatik munosabatlar o‘rnatishdan manfaatdor bo‘lgan. Ammo, Xitoy hukmdori Syanlun Erdonabiyni o‘ziga teng hukmdor ko‘rishni istamagan. “Keyingi yili Erdanbiy oʻzining elchisi Andijon hokimi To‘xtamuhammadbiyni, Qoʻqonning birinchi elchilaridan qilib Pekinga yubordi” [14: 41]. Shu tariqa Qo‘qon va Xitoy o‘rtasida ilk diplomatik aloqalar o‘rnatilgan. Erdonabiy hukmdorligi davrida Xitoy bilan muzokaralar olib borib, “Erdonabiy Xitoy homiyligini tan olishga majbur bo‘ldi [7: 22-23]. Lekin, Erdonabiyning Sin imperiyasiga vassal bo‘lganligi mahalliy muarixlarning asarlarida uchramaydi. Muarrixlardan “Muhammad Hakimxonto‘ra, Erdonabiyni kuchli diplomat bo‘lganligini va o‘z davlatini mustaqil boshqarganligini qayd etgan” [8: 234]. Albatta Erdonabiy Sin imperiyasining O‘rta Osiyoni mustamlaka qilishiga qarshi chiqqan. Erdonabiy Xitoy hukumatining O‘rta Osiyoga qilgan harbiy harakatlariga qarshi musulmon bo‘lgan qo‘shni o‘lkalardan harbiy ittifoq tuzgan, “Ch.Ch. Valixonovning taʼkidlashicha, “bu ittifoq davom etmadi, lekin, Xitoyning oʻz chegaralarini Toshkent, Sayram, Suzoqqa va Turkistongacha kengaytirish rejalarini toʻxtatib qoʻygani muhim”, [13: 32] hisoblanadi. Sin imperiyasi Sharqiy Turkistonni zabt etib, “unga Sinszyan – “Yangi chegara’’ yoki “Yangi hudud” nomini” [5: 99] bergan bo‘lib, bu hudud bilan savdo aloqalar Qo‘qon uchun foydali bo‘lgan holda, bu o‘lkadagi tinchlik ham bir jihatdan Qo‘qonga bog‘liq bo‘lgan. Sin hukumati “dastlab uzoqdan, xo‘jalar orqali Koshg‘arni boshqarishni rejalashtirgan. Musulmonlarning qarshiligi Sinni ikki yildan so‘ng mintaqani butunlay bosib olishga majbur qildi” [12: 134]. Munosabatlarni yaxsh

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются дипломатические отношения Коханского ханства с Империей Син в периоды Эрдона и Норботаби на основе исторических источников и сведений, представленных в научной литературе.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются дипломатические отношения Коханского ханства с Империей Син в периоды Эрдона и Норботаби на основе исторических источников и сведений, представленных в научной литературе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Fergana, Erdanabi, Norbotabi, Sianlun, Daketana, Sinszain, Andijon, Erdonabiy, Sinszayn, Норботаби, Андижан, Синсайн, Эрданаби, Syanlun, Дакетана, Сяньлун, Andijan, Fergana, Philip Yefremov, Филипп Ефремов, Norbo‘tabiy, Filipp Yefremov, Farg‘ona, Фергана
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники