Современное образование и развитиеAkmalova Nasiba Alisherovna, Aliyev A.L2025
Из истории политической борьбы Кокандского-хана Мухаммада Алихана и Амира Насруллохана
SIYOSIY KURASHI TARIXIDAN · Qosimov X.K. · Podshohxon oyim · Muhammad Halil Sohibzoda
Актуальные проблемы истории Узбекистана · 1977
Аннотация
В данной статье представлена информация о конфликтах между Коканд и Бухарой, их причины, политическая борьба Кокандского хана Мухаммада Алихана и Бухарского эмира Насрулла-хана, оккупации Кокандского ханства и ее негативные последствия. Ключевые слова и фразы: Мухаммад Алиxан, эмир Насруллахан, эмир Умархан, Исмаил Хаджи, Ура-тюбе, Ходжент, Подшаххан, Мухаммад Халил Сахибзаде Annotation: This article provides information about the conflicts between Kokand and Bukhara, the reasons of those conflicts, the political struggle of the Khan of Kokand Muhammad Ali Khan and the Emir of Bukhara Nasrullah Khan, the occupation of the Khanate of Kokand and its negative consequences. Key words and phrases: Muhammad Ali Khan, Nasrullah Khan, Amir Umar Khan, Ismail Haji, Uratepa, Khojand, Podshah Khan, Muhammad Halil Sahibzada O‘zbekiston tarixi fanida ziddiyatlarga boy, manbalar tahlili keng qamrovli, teran mulohaza orqali yondashuvni talab qiladigan Markaziy Osiyo xonliklari davri muhim ahamiyatga ega. Tarixdan ma’lumki, ba’zi vaqtlarda xonliklar o‘rtasida do‘stona, ittifoqchilik munosabatlari hukm surgan bo‘lsada, XIX asrlarda birinchi yarmiga kelganda Buxoro amirligining O‘rta Osiyoda yetakchilik qilishga intilishi, Qo‘qon xonligi bilan munosabatini keskinlashuviga olib kelgan. Qo‘qon xonligi taxtini Muhammad Alixon (1822-1842) egallagan davrda Buxoro amirligi taxtini Amir Haydar (1820-1826) va Amir Nasrulloxon (1827- 244 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана 1860) boshqargan. Muhammad Alixon hukmronligi davrida Qo‘qon xonligi siyosiy va iqtisodiy hayotida Buxoro amirligi muhim ahamiyat kasb etgan. Bu davrda ikki xonlik O‘rta Osiyodagi yetakchilik mavqeni egallash uchun o‘zaro kurash olib borgan. Amir Haydar Buxoro taxtini boshqargan davrda Qo‘qon xonlari Olimxon (1798-1810), Umarxon (1810-1822) va Muhammad Alixonlar tashqi siyosatda Buxoro amirligidan ancha ustunlikka ega bo‘lganlar. Ikki xonlik o‘rtasidagi talash – Toshkent, O‘ratepa, Xo‘jand, Jizzax, Turkiston kabi hududlarda Qo‘qon xonligining ustunligi kuzatilgan. O‘z navbatida Qo‘qon xonlari Norbo‘tabiy, Olimxon, Umarxon va Muhammad Alixonlar Buxoro amirligidan mustaqil bo‘lishga intilayotgan Shahrisabz kenagaslari, Miyonqoldagi xitoy-qipchoqlar va Hisor bekliklarini doimo qo‘llab quvvatlab turgan. Qo‘qon xonlari va Shahrisabz beklari o‘rtasida qarindoshlik aloqalari mavjud bo‘lib, bu aloqalar xonlik tashkil topgan dastlabki davrdayoq o‘rnatilgan edi. Ma’lumki, Qo‘qon xoni Abdurahimbiy (1721-1734) 1732-yilda Buxoro xonligi ustiga yurish qilgan va Samarqandni egallagan. So‘ngra Shahrisabzga hujum qilgan. Shahrisabz hokimi Abdurahimbiy bilan bitim tuzgan va qizi Oychuchukni unga nikohlab bergan. Qozoq tarixchisi T.K.Beysimbiyev bo‘lg‘usi Qo‘qon xoni Norbo‘tabiyning buvisi va Abdurahimbiyning xotini Oychuchuk Shahrisabz hokimi Ibrohim otaliqning qizi ekanligini ta’kidlagan [6: 38]. Shuningdek, Shahrisabz kenagaslaridan bo‘lgan eshon Hakimto‘ra ham Qo‘qon xonlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan. Eshon Hakimto‘ra ikki o‘g‘li Ma’sumxonto‘ra va Eshonxonto‘ralarga Qo‘qon xoni Norbo‘tabiyning ikki qizini olib bergan. XIX asr tarixchisi Muhammad Hakimxon to‘ra (1802-yilda tug’ilgan) Ma’sumxonto‘raning katta o‘g‘li, Norbo‘tabiyning nabirasi, Olimxon va Umarxonlarning jiyani edi. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon Muhammad Hakimxonto‘rani avval To‘raqo‘rg‘onga, so‘ng Namangan va Kosonga hokim etib tayinlagan. Keyinchalik esa, ular orasidagi munosabat buzilib, Muhammad Hakimxon to‘ra Qo‘qon xonligidan quvg‘in qilingan. Tohirjon Xo‘jandiyning 245 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана fikricha, bu oilaning xon g‘azabiga uchrashi sababi Umarxon o‘limidan keyin Muhammad Hakimxonning onasi Oftob oyim taxtga davogar bo‘ladi va o‘g‘li Chinni to‘rani (bu shaxs haqida “Muntaxab at-tavorix”da biror ma’lumot keltirilmagan. Chinni to‘ra Muhammad Hakimxonning o‘zi bo‘lishi mumkin, chunki uning nomi bobosi Hakimxonto‘ra sharafiga shunday qo‘yilgani haqida asarda ta’kidlab o‘tadi va bunday kishilarni ikki nom bilan atash hozirda ham an’ana bo‘lib kelmoqda) xon etib ko‘tarishga harakat qilishadi [4: 210]. Buxoro amirligi taxtini amir Nasrulloxon egallagan davrdan boshlab ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, quyidagi voqea sababli ikki davlat munosabatlari yanada yomonlashgan: Buxoro hukmdori Amir Haydar vafot etgandan so‘ng, dastlab, Buxoro amirligi taxtiga to‘ng‘ich farzand va valiahd sifatida vasiyatga binoan Husayn to‘ra (1797 –1826) o‘tirgan va u Amir Husayn nomi bilan 78 kun amirlik qilgan. Uning amirlik davri 1826-yil 9-oktyabrdan – o‘sha yilning 22-dekabrigacha davom etgan. Amir Husayn to‘satdan xastalanib qolgach, 1826-yilning kech kuzida kichik ukasi Umarxonning zudlik bilan Karmanadan poytaxt Buxoroga yetib kelishini so‘ragan va uni o‘z o‘rniga amir qilib ko‘tarishlarini vasiyat qiladi. Amir Husayn vafot etgach, ba’zi saroy a’yonlari v
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена информация о конфликтах между Коканд и Бухарой, их причины, политическая борьба Кокандского хана Мухаммада Алихана и Бухарского эмира Насрулла-хана, оккупации Кокандского ханства и ее нега…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена информация о конфликтах между Коканд и Бухарой, их причины, политическая борьба Кокандского хана Мухаммада Алихана и Бухарского эмира Насрулла-хана, оккупации Кокандского ханства и ее нега… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: Muhammad Ali Khan, Nasrullah Khan, Amir Umar Khan, Исмаил Хаджи, O‘ratepa, Xo’jand, Podshohxon oyim, Ходжент, Muhammad Alixon, Подшаххан, Muhammad Ali Khan, amir Nasrulloxon, эмир Насруллахан, Muhammad Halil Sohibzoda, Muhammad Halil Sahibzada, Podshah Khan, Ура-тюбе, Мухаммад Халил Сахибзаде, Uratepa, Ismoil Hoji, Khojand, Amir Umarxon, Ismail Haji, эмир Умархан, Мухаммад Алиxан
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025