К содержанию
РецензированоRU1991

Миграции иностранцев на их земли во время правления Халила Султана

Begimqulova L.M. (алломалари. – Тошкент, 2019.)

Актуальные проблемы истории Узбекистана · 4 · 76-78 · 1991

Аннотация

На основе исторических источников проанализированы иракцы, оказавшие большое негативное влияние на государственную деятельность Халил Султана, отказавшиеся служить Халил Султану, перешедшие через замерзший Джайхун со стороны Хорезма и переселившиеся на свои земли. Ключевые слова и фразы: Халил Султан, Мирза Шахрух, Мирза Пир Мухаммад, Мирза Мухаммад Джахангир, Шейх Нуруддин, Худоидад Хусейни, Алуддавла, Шихабуддин Ахмед, Хаджи Пошша, Мазондаран, Хорасан, Хирот, Хорезм, Джайхун. Annotation: This article analyzes, Iraqis who had a great negative impact on Khalil Sultan's statecraft, refused to serve Khalil Sultan, crossed the frozen Jayhun from the Khorezm side and moved to their lands were analyzed based on historical sources. Keywords and phrases: Khalil Sultan, Mirza Shahrukh, Mirza Pir Muhammad, Mirza Muhammad Jahangir, Sheikh Nuriddin, Khudoidad Husayni, Alouddavla, Shihabuddin Ahmad, Haji Poshsha, Mazondaran, Khorasan, Herat, Khorezm, Jayhun. Xalil Sultonning davlatchilik faoliyatiga katta salbiy ta’sir o‘tkazgan Qaro totorlarining o‘z yurtlariga ko‘chishi masalasiga to‘xtalib o‘tish joiz. Manbalarda ko‘chuvchilar Ibn Arabshoh tomonidan Rum totorlari [2: 44], Abdurazzoq Samarqandiy tomonidan qaro totorlar [3: 86], ko‘p holatlarda Old Osiyo va G‘arbiy Eronning turli hududlaridan ko‘chirilgan aholi iroqliklar nomlari bilan atalgan. Shuningdek, muarrixlarning asarlarida bu qavmlarning ko‘chish vaqti ham turlicha berilgan. Abdurazzoq Samarqandiy hikoya qilgan voqealar tahlili ularning ko‘chishini 1405 yilning iyul-oktyabr oylari oralig‘ida yuz berganligini ko‘rsatadi [4: 85-86]. Ibn Arabshoh esa ularning ko‘chish vaqti haqida ikki xil ma’lumot bergan. U dastlabki ko‘chish 1406-yili sodir bo‘lganligini ta’kidlab: “Keyin shavvol (oyi)ning boshlari (22 mart, 1406 yil) dushanba kechasi iroqliklardan boshliqlari botirlar o’z xotin xalajlari va tobelari, bolalari va guruhlari bilan (Samarqanddan) chiqdilar. Boshchilari Hoji Poshsha deb ataladigan kishi bo‘lib, 195 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана ular amri ostida u qanday hohlasa shunday yurardilar. Ular (iroqliklar) savlatli va javlon uradigan (odamlar) bo‘lib, Sulton Ahmad Bog‘dodiyning pushti kamaridan bo‘lgan Sulton Alouddavla ularga hamroh edi. U Temur asoratiga tushgan bo‘lib, Temur uni o‘z ofatiyu kulfati hibsiga solgan edi. So‘ngra Xalil Sulton uni ozod etib, o‘z huzurida martabayu makonga ega qilgandi. Qachonki odamlar (ramazon) hayiti ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib turganlarida ushbu botirlar (Xalil Sultonga itoatdan) qo‘llarini tortdilar: aftidan ular oralarida oldindan bu xususda ittifoq voqe’ bo‘lgan. Ular Jayhunni kechib o‘tib, Xurosonga yetib keldilar” [5: 38-39].. Shuningdek, ibn Arabshoh ularning keyingi ko‘chishi borasida ham so‘z yuritgan: “Shu (1407) yil Qaro totorlari bosh ko‘tarib, azmu qaror bilan oyoqda Xorazm tomondan muzlagan Jayhunni kechib o‘tdilar va o‘z yerlari tomon yo‘l oldilar. Shunda ularni to‘zg‘itib, qirg‘in solgan kishilar har tomonlan mutasaddi bo‘ldilar. Natijada, Iroq askarlari o‘rtasida hosil bo’lgan noittifoqchilik ular o‘rtasida ham hosil bo‘ldi” [6: 44]. Manbalardagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, bular bir vaqtdagi emas, boshqa-boshqa vaqtdagi ko‘chish haqida so‘z yuritishmoqda. Abdurazzoq Samarqandiy ko‘chish borasida bir bora so‘z yuritgan va uning voqealari qisman Ibn Arabshoh hikoya qilgan birinchi yurishga yaqin. Har ikkisida ham ko‘chuvchilar Xuroson orqali ketishgan. Lekin, ularning vaqtlari bir biriga to‘g‘ri kelmaydi. Shuni e’tiborga olish kerakki, o‘z yurtlariga qaytuvchilarning barchasi Xurosonga tegishli turli hududlaridan, jumladan Xorazm orqali ketganlar ham Mazondarondan o‘tishga majbur edi. Sababi boshqa yo‘l bo‘lmagan. Bundan xulosa qilish mumkinki, qaro totorlarning ko‘chishi bir necha bosqichda amalga oshgan. Avval ham ta’kidlaganimizdek, aslida Mo‘g‘uliston chegaralariga ko‘chirilgan ushbu qavmlar 1405-yilning aprelidayoq janubga siljib, ularning bir qismi amir Xudoydod Husayniy, katta qismi esa Xalil Sulton xizmatiga kirgan edi [7: 19-20]. Lekin ko‘p o‘tmay ularning bir qismi 1405-yilning yozida Movarounnahrni tashlab ketishga qaror qilgan. Aynan shu ko‘chish Abdurazzoq Samarqandiy tomonidan hikoya qilingan. Qolgan qismi esa Xalil Sulton tomonidan in’om etilayotgan behisob in’omlar sababli bo‘lsa kerak, uning xizmatida qolgan. 196 Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана 1406-yili Nasaf yonida bo‘lib o‘tgan jangda ham Xalil Sulton qo‘shining bir qismini aynan qaro totorlar tashkil etgan bo‘lib, manbalarda ular Iroq bahodirlari nomlari bilan atalgan [8: 89]. Ularning ikkinchi ko‘chishi esa 1406-yilning mart oyidan boshlangan. Ibn Arabshohning ta’kidlashiga ko‘ra, iroqliklar Xalil Sultonga xizmat qilishdan bosh tortib, o‘zaro uyushgan holda ko’chish uchun yashirin tayyorgarlik ham ko‘rganlar. Abdurazzoq Samarqandiy ushbu ko‘chish haqida so‘z yuritmagan. U faqat ibn Arabshoh tomonidan 1406 yilning mart oyid

Доказательный фрагмент

«На основе исторических источников проанализированы иракцы, оказавшие большое негативное влияние на государственную деятельность Халил Султана, отказавшиеся служить Халил Султану, перешедшие через замерзший Джайхун со…»

Образец извлечения

Демо-превью

На основе исторических источников проанализированы иракцы, оказавшие большое негативное влияние на государственную деятельность Халил Султана, отказавшиеся служить Халил Султану, перешедшие через замерзший Джайхун со… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Khalil Sultan, Mirza Shahrukh, Mirza Pir Muhammad, Mirza, Khalil Sultan, Мирза Шахрух, Шейх Нуруддин, Khudoidad Husayni, Алуддавла, Shihobuddin Ahmad, Mirzo Shohrux, Jayhun, Mazondaran, Herat, Худоидад Хусейни, Халил Султан, Xorazm, Шихабуддин Ахмед, Hoji Poshsha, Мирза Мухаммад Джахангир, Xalil Sulton, Хаджи Пошша, Khorasan, Shihabuddin Ahmad, Mirzo Pir Muhammad, Xuroson, Xudoydod Xusayniy, Mirza Muhammad Jahangir, Hirot, Джайхун, Mazondaron, Shayx Nuriddin, Alouddavla, Haji Poshsha, Хорасан, Хорезм, Мирза Пир Мухаммад, Хирот, Мазондаран, Sheikh Nuriddin, Mirzo Muhammad Jahongir, Khorezm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники