К содержанию
РецензированоRU2022

Rossiya mustamlakachiligi davrida Тurkistonda boshqaruvni tashkil etish tarixidan

HAVO KUCHLARI XABARNOMASI · yurti Ilmiy Kengash · Havo Hujmidan Mudofaa Qo‗shinlari · Harbiy Havo · Kuchl ari Qo‗mondoni · O‘zbekiston Respublikasi Oliy · Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Higher military aviation school dotsent, Quro lli Kuchlar xizmatchisi, O‗R OHABYu)

in Library · 2022

Аннотация

This article analyzes the complex and contradictory changes that took place in Turkestan in the traditions of local statehood, including in the system of self-government, during the colonial period of the Russian Empire. The factors that led to the preservation of certain components of local statehood in administrative management are identified. Keywords: colonialism, local government, "military-people's" government, general governorship, eldership, volost, thousander, volost congress. 1. Kirish Rossiya imperiyasining mustamlakachilik davri O‗rta Osiyo jamiyati hayotining barcha sohalarida, shu jumladan mahalliy davlatchilik an‘analarida sodir bo‗lgan murakkab va ziddiyatli jarayonlar bilan ajralib turadi. Ushbu davrda boshqaruv sohasida sodir bo‗lgan jiddiy o‗zgarishlar O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI 91 HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY 1(3) 2022 yil HAVO KUCHLARI XABARNOMASI bilan bir qatorda, ma‘muriy boshqaruvda, ma‘lum darajada, mahalliy davlatchilik tarkibiy qismlarining saqlanib qolganligi kuzatish mumkin. Ma‘muriy-hududiy boshqaruvning boshlang‗ich bo‗g‗inlarida mahalliy aholining ishtiroki nafaqat davlat boshqaruvining mahalliy an‘analarini saqlab qolish, balki ma‘lum darajada ularni yangicha sharoitda rivojlantirish imkonini berdi. Shu nuqtai nazardan Rossiya imperiyasining Turkistonda boshqaruvni tashkil etish va unda mahalliy an‘analarni saqlab qolish borasidagi siyosatini o‗rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Keng istilochilik harakatlarini boshlar ekan, Rossiya imperiyasi hududiy egalik ko‗lamiga doir puxta rejaga ega bo‗lmagani holda, bosib olingan yerlarda boshqaruvni tashkil etish bilan bog‗liq tayyor loyihaga ham ega emas edi. Shu sababdan imperiya hukumati bosib olingan Turkiston yerlarida boshqaruvni tashkil etish ishiga dastlabki davrlarda yetarli darajada ahamiyat qaratmagan. Rossiya imperiyasining Turkistonning egallangan hududlarini boshqaruvi xususida 1858 yilda Harbiy vazirlik boshqaruvchisi V.I. Vasilchikov Orenburg korpusi komandiriga yozgan maktubida shunday baho bergan edi: ―... bu o‗lkadagi barcha ishlar shu vaqtgacha mutlaqo tizimsiz va hukumat hamda hukmdorlar intilishi lozim bo‗lgan maqsadlar aniqlanmasdan olib borilgan. Buning natijasida ko‗rib turganimizdek, kim ularni bajarilishi lozimligiga qarab, bir buyruqlar o‗rniga to‗satdan boshqasi beriladi‖ [12]. Rossiya oliy harbiy-siyosiy doiralari O‗rta Osiyo yerlarida boshqaruvni tashkil etish ishiga faol harbiy harakatlar boshlagan davrdan boshlabgina jiddiy kirishdi. Turkistonda boshqaruvning arzon va samarali usullarini topish masalasi, o‗zini – o‗zi boshqarish muammosi hukumat doirasidagi ko‗pchilikni e‘tiborini tortadi. 2. Metodlar Tadqiqotda o‗rganilayotgan mavzu tarixiylik, xolislik va xronologik tamoyillar, qiyosiy va mantiqiy tahlil kabi umumqabul qilingan usullarga tayanilgan holda yoritildi. Mazkur maqolada Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda mahalliy davlatchilik an‘analarida, jumladan o‗zini – o‗zi boshqarish tizimida sodir bo‗lgan o‗zgarishlarni tahlil qilishda asosan manbalarga tayanildi. 3. Natijalar Rossiya hukumat doiralarida mustamlaka boshqaruvini tashkil etish, bunda mahalliy ijtimoiy va madaniy an‘analarni hisobga olish masalasiga nisbatan ikki xil yondashuv shakllangan bo‗lib, ularni shartli ravishda ―qat‘iy‖ va ―yumshoq‖ deb atash mumkin. Birinchi yondashuv o‗lkada ma‘muriyatning yuqori vakillariga cheksiz huquqlar berilgan ―harbiy-xalq‖ boshqaruvini joriy etilishida namoyon bo‗lgan bo‗lsa, ikkinchi yondashuvda mustamlakachi hokimiyatga tub aholining ichki turmushiga mutlaqo aralashmagan holda, uning ustidan faqat siyosiy nazoratni amalga oshirish funksiyasini qoldirish mo‗ljallangan edi. Ushbu yondashuv tarafdorlari yerli xususiyatlarni ham hisobga olish, mahalliy ijtimoiy-huquqiy meyorlarga birmuncha ehtiyotkorlik bilan yaqinlashish zarurligi haqida fikr bildirar edilar. Birinchi yondashuvni Orenburg general-gubernatori N.A. Krijanovskiyning 1865 yilda Tashqi ishlar vazirligi Osiyo departamenti direktoriga yozgan maktubidagi fikrlar yaqqol ifodalaydi: ―Mening fikrimcha, kuchsiz qo‗shnilarimizning huquqlari, tili va odatlariga erk berishga chek qo‗yish vaqti keldi... Bizning qo‗llarimiz orqali bu yerga sivilizatsiya va insoniyatning baxtsiz pariyalari( hayotiga yaxshilik kirib kelishi uchun O‗rta Osiyoda faqat biz xo‗jayin bo‗lishimiz lozim‖. Harbiy – dengiz arbobi A.I. Butakovning ―Bizning O‗rta Osiyodagi holatimiz‖ deb nomlangan 1867 yilgi ma‘lumotida keltirilgan fikrlar ikkinchi yondashuv tarafdorlarining qarashlarini ifodalashga xizmat qiladi: ―Turkistonning ichki osoyishtaligi afsuski, hali O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY HARBIY AVIATSIYA BILIM YURTI 92 HAVO HUJUMIDAN MUDOFAA QO‘SHINLARI VA HARBIY 1(3) 2022 yil HAVO KUCHLARI XABARNOMASI ta‘minlanmagan; tezlikda birin-ketin sodir bo‗lgan istilolar o‗lka rahbarlariga uning tuzilmasi bilan shug‗ullanishga vaqt bermadi; tezkor va go‗yoki ish orasida o‗ylab topilgan choralar, ko‗p hollarda,

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the complex and contradictory changes that took place in Turkestan in the traditions of local statehood, including in the system of self-government, during the colonial period of the Russian Empire.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the complex and contradictory changes that took place in Turkestan in the traditions of local statehood, including in the system of self-government, during the colonial period of the Russian Empire. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
colonialism, local government, "military-people's" government, general, волость, volost qurultoy, аксакальство, военно-народное управление, volost, "harbiy-xalq" boshqaruvi, тысячник, местное самоуправление, колониализм, general-gubernatorlik, ozini-ozi boshqarish, general governorship, генерал-губернаторство, mingboshi, eldership, thousander, mustamlakachilik, волостной съезд, oqsoqollik, volost congress
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники