К содержанию
РецензированоRU2026

Широкая пропаганда здорового образа жизни и дальнейшее развитие массового спорта

SOG‘LOMTURMUSHTARZINI KENGTARG‘IB QILISH VAOMMAVIYSPORTNI · Dotsent: Raxmanov E.T. · Duryot Egamov@gmail.com.

in Library · 2026

Аннотация

Данный тезис направлен на формирование здорового образа жизни в нашем обществе, создание современных условий для регулярного занятия массовыми видами спорта, особенно подрастающего поколения, укрепление уверенности в воле, силе и возможностях молодежи через спортивные соревнования, отвагу и патриотизм, преданность Родине. разработка, а также систематическая организация отбора талантливых спортсменов среди молодежи и актуалные проблемы увеличения срока действия методики, направленной на далнейшее развитие физической културы и массового спорта. Ключевые слова: здоровый образ жизни, массовый спорт, тренировка, гигиеническая, спортивнаяминутка. Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekistonda yoshlarni jismonan baquvvat va barkamol bo‘lib yetishishda, bugungi kundagi dunyoda yuz berayotgan kasalliklarga qarshi kurashish, ularni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, ularda tarixiga va ma’naviy qadriyatlariga yuksak hurmat tuyg‘usinishakllantirish, vatan himoyasiga, uning milliy xavfsizligi hamda harbiy xizmatnio‘tashga tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xislatlarni shakllantirishda ota-onalarning o‘rni katta bo‘lib, oilada zamin yaratiladi. Yuqorida keltirilib o‘tgan vazifalarni bajarishimizda albatta namuna shakli bizga katta ijobiy tomonga o‘sishimizga yordam beradi. Chunki biz ota-onalar farzandlarini doimo jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishiga, sport mashg‘ulotlariga qatnashishlariga rioya qilishlarini nazorat qilib turishimiz kerak bo‘ladi. Qush uyasida koʻrganini qiladideganidek, bizning loqaytligimiz sababliularnizararliodatlar va keraksiz mashg‘ulotlar bilan shug‘ulanishlanib yurishlariga sababchi bo‘lamiz. Demak sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish orqali yuqoridagi masalalar o’zining yechimini topadi hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirishga xizmat qilgani holda mavzumizning dolzarbligini asoslab beradi. Mamalakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportniyanada rivojlantirish borasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020 yil 30 oktyabrdagi, PQ-6099-sonli “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi ushbu masalaning davlat ahamiyatiga molik ekanligini ko‘rsatib beradi. Ushbu qarorning 3 bandida yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini ommaviylashtirish varivojlantirish dasturlariniamalga oshirish uchunDavlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlarto‘liq bajarilgunga qadarharyili 104milliard so‘mdanajiratilishi ko‘rsatibo‘tilgan. Jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to‘liq bajarilgunga qadar har yili 10 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratiladi. O‘zbekiston hududida bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming so‘mdan tushurilib berilishi. Vazirlar Mahkamasi 2021-yil 1-iyunga qadar yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, “Sog‘lomayol- buyuk kelajak” g‘oyasinio‘zida mujassametgan, xotin- qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug‘ullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tilgan. 3 Tadqiqotningmaqsadi.Mamalakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportniyanada rivojlantirish. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib quyidagi vazifalarni hal etildi; - maktablarimiz va oliy ta’lim muassasalarda ommaviy sportning rivojlanishida mavjud muammolarni aniqlash; - maktab o`quvchilarining sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, maktab faoliyati, uning o`quv- tarbiyaviy jarayonidan tashqari, ota-onalargava mahalla faollariga tavsiyalar ishlab chiqish. Tadqiqotning uslublari. Tadqiqot jarayonida, pedagogik kuzativ nazariy tahlil va umumlashtirish hamda matematik -statistik uslublardan foydalanildi. Tadqiqotning muhokamasi. Umumta’lim, professional va oliy ta’lim muassasalari darslar oralig‘ida (kattatanaffus vaqtida) “Sport daqiqasi” jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, mamalakatimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda ommaviy sportni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar hamda talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy ko‘rsatkichlari (yugurish, otish, sakrash, tortilish va h.k)ni baholash mezonlarini ishlab chiqish, “Kundalik” reyting daftarig

Доказательный фрагмент

«Данный тезис направлен на формирование здорового образа жизни в нашем обществе, создание современных условий для регулярного занятия массовыми видами спорта, особенно подрастающего поколения, укрепление уверенности в…»

Образец извлечения

Демо-превью

Данный тезис направлен на формирование здорового образа жизни в нашем обществе, создание современных условий для регулярного занятия массовыми видами спорта, особенно подрастающего поколения, укрепление уверенности в… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
здоровый образ жизни, массовый спорт, тренировка, гигиеническая, студенческий, talaba, physical culture, jismoniy madaniyat, спорт, sport, student, физкультура
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники