К содержанию
РецензированоUZ2022

Datchiklardan olingan ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasidan mobil ilova yoramida o‘qish, uzatish va qayta ishlash

DATCHIKLARDAN OLINGAN MA’LUMOTLARNI ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)) · Aliev R.M. ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)) · Xakimov Sh. ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)) · Gulamov J.N. ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)) · IOS, datchiklar ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года))

Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте · 132-137 · 2022

Аннотация

Ushbu maqolada mobil ilova yordamida ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘qish, qayta ishlash va uzatish jarayonlari C# dasturlash tilini o‘rganish ma’lumotlari misolida ko‘rib chiqilgan. Buning uchun java dasturlash tilida mobil ilova yaratilgan, MySQL ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar to‘ldirilgan va ilova yordamida ushbu ma’lumotlar bazasi boshqarilgan. Kalit so‘zlar: Ma’lumotlar bazasi, Web texnologiya, Mobil ilova, Android, IOS, datchiklar, Controller. C# ning kelib chiqishi 2000-yillarga borib taqaladi [1, 2]. O‘sha yillarda Microsoft ushbu dasturlash tilini o‘zlari uchun yaratshdi. Dastlab C#, JavaScript bilan raqobatlashayotgan Java tillariga javob sifatida, ya’ni Microsoftning talabiga Java javob bera olamgani tufayli Microsoft Visual Studio 2002 bilan birglikda ishlab chiqilgan til edi. C# va Java ham dastlabki davrlardan tan olinishi uchun raqobatlashayotgan edi [3-5]. Darhaqiqat, bu ikkisi bir biridan ancha ko‘chirmachiliklar qildi, toki C# boshqa yo‘nalishga o‘tmaguniga qadar [6]. Shundan so‘ng C# kompyuter uchun dasturlar ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro standart sifatida tasdiqlandi va umumiy til infrastrukturasi bilan ishlatiladi [7]. Biz dasturni yaratishda fanlar uchun umumiy bo‘la olishini, har qanday fan yoki kitobni strukturasini dinamik yarata olish imkoniyatini saqlab qolishga harakat qildik [8]. Ushbu web-platformadan har qanday o‘quv qo‘llanmalar, elektron kitoblar yaratishda foydalanish mumkin [9]. Dastur yuqorida aytib o‘tilganidek, keyinchalik ham uni rivojlantirish, dizaynlarini ixtiyoriy vaqtda o‘zgartirish imkoniyatlarini bizga taqdim eta oluvchi October CMS (Kontentlarni boshqarish tizimi) yordamida yordamida yaratildi [10]. Dasturni yaratishda avvalambor, ma’lumotlar bazasini shakllantirish talab etiladi [11]. MySQL ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida “readc#” nomli ma’lumotlar ombori yaratildi [12]. Shundan so‘ng October CMS dasturi o‘rnatildi va ushbu ma’lumotlar ombori bilan bog‘landi [13]. Natijada ma’lumotlar omborida quyidagi jadvallar hosil bo‘ldi.(1-rasm) 132 «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года) 1-rasm. “ReadC#” ma’lumotlar ombori tuzilishi Fan mavzulari va boshqa ma’lumotlar ma’lumotlar omborida quyidagi ko‘rinishda saqlab boriladi (2-rasm). Ushbu jadval o‘zida fan mavzusi, rejasi, kalit so‘zlar va mavzu haqidagi batafsil ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi [14]. 2-rasm. Fan mavzulari ma’lumotlarining shakllanishi 133 «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года) October CMS dasturining imkoniyatlaridan yana biri bu o‘zining admin paneliga ega ekanligidir [15]. Siz web-platformani yaratishda alohida admin panel yaratishingiz shart emas. Foydalanuvchilarga login va parollar berishni va ularni tizimga kirish va chiqishini nazorat qiluvchi maxsus funksiyaga ega. Bu esa sizni ishingizni ancha tezlashtiradi. October CMS MVC (Model View Controller) tizimida ishlaydi. Ya’ni siz ma’lumotlar omboridagi ma’lumotlarni model sifatida o‘zlashtirib, ularni kontroller yordamida tashqi dizaynga uzatishingiz mumkin. Ma’lumotlar omboridagi ikkita jadval ma’lumotlarnini ikkita modelga: Category va Resourse modellariga o‘zlashtirib, mos ravishda Categories hamda Resourses kontrollerlariga uzatamiz. Bu kontrollerni yangi jadval ma’lumotlarini qo‘shish, o‘zgartirish va o‘chirish imkonini beradi. October CMS admin panelida modelni saralash, qidirish, ko‘rinish, ko‘rinmaslik, bir sahifada chiquvchi o‘zgaruvchilar sonini belgilash imkonini beruvchi maxsus funksiyalarga ega. “Sortable” tugmasi orqali yangi oynaga o‘tib, yaratilgan fan mavzulari strukturasi (ketma-ketligi) ko‘rsatib chiqiladi. Bu vazifani oddiygina: mavzuni ustiga sichqonchani olib kelib chap tomonini bosgan holda qo‘yib yubormasdan tegishli bo‘lim ostiga joylashtirish orqali bajarish mumkin. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan imkoniyatlardan faqatgina maxsus login va parolga ega foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Ma’lumotlar ishonchligigini saqlash maqsadida faqatgina administratorga ushbu imkoniyatlar berilishi maqsadga muvofiq. Boshqa foydalanuvchilar uchun esa maxsus, chiroyli dizaynga ega alohida veb-sahifa yaratildi. Bu web sahifadan ixtiyoriy foydalanuvchilar foydalanishi mumkin. Veb sahifa umumiy ko‘rinishi quyidagi rasmda ko‘rsatilgan (3-rasm). 3-rasm. Veb-sahifa ko‘rinishi Foydalanuvchi ixtiyoriy mavzuni tanlash orqali shu mavzuga tegishli ma’lumotlarni ko‘ra olish imkoniyatiga ega. Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, bu sahifada yillik o‘quv adabiyotlari rejasi va uning hozirgi kunda qay darajada bajarilganligi haqidagi ma’lumotlarni olishimiz mumkin. O‘quv adabiyoti rejasi bajarilgan yoki bajarilmaganligi jadvalda 134 «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I-Республиканская научно-техни

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada mobil ilova yordamida ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘qish, qayta ishlash va uzatish jarayonlari C# dasturlash tilini o‘rganish ma’lumotlari misolida ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada mobil ilova yordamida ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘qish, qayta ishlash va uzatish jarayonlari C# dasturlash tilini o‘rganish ma’lumotlari misolida ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
IOS, sensors, datchiklar, Web technology, Database, Controller, Android, Контроллер, Веб-технологии, База данных, Mobile application, Мобильное приложение, датчики, Mobil ilova, Web texnologiya, Ma’lumotlar bazasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники