Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Axborot texnologiyalari markazi hodimlari uchun servis xizmatlari buyurtmalari qayd etib borishning ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish
Rasulmuxamedov M.M. ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)) · Azimov A.A. ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года)) · G‘affarov N.Y. ((Ташкент, 21-22 ноября 2022 года))
Актуальные вопросы развития инновационно-информационных технологий на транспорте · 34-37 · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada axborot texnalogiyalari markazi ishlash tizimining ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi, ularni boshqarish tizimlari hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonlari keltirilgan. Ko‘zda tutilgan ma’lumotlar bazasini yaratishda phpMyadmin platformasi va MySQL tilidan foydalanilgan. Kalit so‘zlar: axborot texnologiyalari markazi, ATM xodimlari, masofaviy ta’lim, klient vа server, mа’lumоtlаr bаzаsi. Toshkent davlat transport universiteti axborot texnologiyalari markazi ish jarayonlarida amalga oshiriladigan xizmat ko‘rsatish jarayonlari uchun qabul qilinadigan xizmat buyurtmalarini to‘liq elektron ko‘rinishda qabul qilish tizimini tashkil etish [1-5]. Ushbu tizimni tashkil etish jarayonida qo‘yiladigan vazifalar: – Xizmat buyurtmalarini beruvchilar tomonidan amalga oshirilgan har bir qayd yozuvlarini doimiy ro‘yhatga olib borish; – Qayd etilgan yozuvlarni doimiy ravishda ma’lumotlar bazalarida saqlanishini ta’minlash; – Ma’lumotlar bazalariga kirish cheklovlarini o‘rnatish; – Foydalanuvchilar uchun qulay dasturiy ta’minot yaratish. Yuqoridagi vazifalarni bajarilishi davomida quyidagilar qat’iy inobatga olinishi nazarda tutiladi [6]. Vazifa ikki bosqichda amalga oshirilishi lozim bo‘lib birinchi bosqichda ish jarayonlari ustida tahlillar o‘tkazish, axborot tizimining loyihasini 34 «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте» АВРИИТТ-2022 I-Республиканская научно-техническая конференция (Ташкент, 21-22 ноября 2022 года) ishlab chiqish, tizimning ishlash prinsplarini belgilash, ma’lumotlar bazasini loyihalash jarayonlari amalga oshiriladi [7]. Ikkinchi bosqichda loyiha asosida ma’lumotlar bazasi bilan real vaqt rejimida ma’lumotlarni almashishga asoslanga dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayoni amalga oshiriladi [8]. Avvalambor, ushbu ishlarni amalga oshirish axborot texnologiyalari markazi ish jarayonlarini o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish va ularni tahlil etish ishlari amalga oshirish bilan boshlandi [9]. Buning natijasida ma’lum bo‘ldiki hozirgi vaqtda ish jarayonlari telefon qo‘ng‘iroqlari yoki ATM xodimlari va buyurtmachilar o‘rtasidagi yuzma-yuz ko‘rishish orqali tashkillashtirilmoqda. Shu bilan birgalikda, ATM xodimi uchun katta ko‘lamdagi ish hajmi yuklatilgan bo‘lib, har bir xodim bir vaqtning o‘zida bir necha sohalar bo‘yicha o‘z ish faoliyatini amalga oshirmoqda [10]. Bu esa ATM xodimlarining doimiy ravishda ish joylarida bo‘lishlarining imkoni bo‘lmaganligini va shu sababdan o‘z buyurtmachilari bilan yuzma-yuz yoki telefon qo‘ng‘iroqlari orqali bo‘glanish imkoniyatlarini kamaytirmoqda [11]. Quyida ATM ish jarayonlari yuzasidan olib borilgan ish jarayonlari batafsil keltiriladi [12]. ATM universitetning barcha yo‘nalishlar bo‘yicha axborot kommunikatsiya vositalarining ish va xizmat faoliyati uchun javobgar bo‘lim hisoblanib, ularning doimo ish holatida bo‘lishi, yuzaga keladigan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan doimiy nazoratni olib borish vazifalarini amalga oshiradi [13]. Shu bilan bir qatorda universitetning ATM bo‘limi o‘quv hamda universitet ish jarayonlarini yoritib borish bilan shug‘ullanishni ham o‘z xizmat vakolati doirasida qamrab oladi [14]. Bo‘lim texnik jihatdan universitetning barcha kafedralar, bo‘limlar, va o‘quv jarayonlarida axborot kommunikatsiya qurilmalarining uzluksiz ishlashini qat’iy nazorat etib boradi [15]. Hamda ushbu ishlarni tashkil etish jarayonida quyidagi xizmat turlarini o‘z tasarrufiga oladi: 1. Universitet tassarrufiga kiruvchi barcha xizmat kompyuterlarining doimiy ish holatda ekanligini ta’minlash; 2. Universitet tasarrufiga qarashli barcha chop etish va nusxalash(printer va scanner) qurilmalarining doimiy ish holatda bo‘lishini ta’minlash; 3. Universitet hududida doimiy ravishda uzluksiz simli yoki simsiz aloqa liniyalarining ish holatda bo‘lishini ta’minlash; 4. Tashkil etilgan tarmoqlar orqali tashqi internet aloqasining doimiy ravishda ish faoliyatida bo‘lishini ta’minlash; 5. Universitet hududida sodir bo‘layotgan yangiliklar va o‘zgarishlar yuzasidan doimiy ravishda internet vositalarida axborotlarlarni yoritib borish( Universitetning rasmiy veb sahifasini yuritish); 6. Masofaviy ta’limni tashkil etish jarayonlarida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida online ta’lim platformalarini yuritishni amalga oshirish va nazorat qilish ishlari bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda yuqoridagi qayd etilgan 1-4 xizmat turlarining barchasi universitet ish faoliyatida asosiy bog‘inlardan hisoblanib, ularning doimiy ravishda tezkorlik bilan amalga oshirilishi juda muhimdir [7]. Hozirgi kunda ATM ish jarayonlarida bu faoliyat turlari quyidagi ish ketma-ketligida amalga oshirilmoqda. ATM xodimlari o‘z ish jarayonlarida o‘zlari uchun biriktirilgan ish joyiga va xizmat buyumlariga egadirlar hamda ularning doimo ish holatda bo‘lishi uchun har birlari mas’uldirlar [16-19]. 35 «Актуальные вопросы развития инновационно- информационных технологий на транспорте»
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada axborot texnalogiyalari markazi ishlash tizimining ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi, ularni boshqarish tizimlari hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonla…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada axborot texnalogiyalari markazi ishlash tizimining ish jarayonini qayd etib borish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar bazasi, ularni boshqarish tizimlari hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish jarayonla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- information technology center, ATM staff, distance education, database, ma’lumotlar bazasi, mijoz va server, персонал банкомата, masofaviy ta’lim, база данных, дистанционное обучение, клиент и сервер, ATM staff, information technology center, distance education, bankomat xodimlari, client and server, axborot texnologiyalari markazi, центр информационных технологий
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020