Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Endokoronkalarni qo’llashga ko’rsatmalar va qoplamalardan ko’ra afzalliklari
QOPLAMALARDAN KO’RA AFZALLIKLARI · Ro’zimurodov B. TDSI, stom.fak. -guruh
Актуальные проблемы стоматологии и челюстно-лицевой хирургии 4 · 2010
Аннотация
Restovrativ stomatologiyaning muhim muammolaridan biri bu tishlarni endodontik davolashdan keyin toj nuqsonlarini tiklash. Tish toj qismining o'z vaqtida tiklanmasligi,tish qattiq to’qimalari nuqsonning shakllanishiga,tish qatoridava antogonist tishlarda yirik nuqsonlarpaydo bo’lishiga olib keladi. Hammaaga ma’lumki, tish toj qismining milk ustida joylashishi tish toj qismini parodontni zararlamasdan qayta tiklash imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bu kabi klinik vaziyatlarda (depulpatsiya qilingan chaynov tishlarda)endokoronkalar to’liq qoplamalarni o’rnini bosuvchi ayni konstruksiya hisoblanadi.Ayniqsa, tish klinik toj qismi kalta bo’lganda yoki antogonist tish-alveolyar o’siq o’sib protezlashga joy kam qolganda. Maqsad: Tish butun toj yo’qotilganda uni qayta tiklash uchun yangi konstruksiya - endokoronka xususiyatlarini tahlil qilish. Kalit so’zlar: Endokoronkalar, estetika, minimal invazivlik, periodont, ortopediya. Endokoronkalar - bu monolit keramik tuzilma (konstruksiya) bo’lib, emal to’qimasining maksimal qismi saqlanishi hisobigamilkusti birikkanda yuqori adgeziyaga ega.Endokoronkalar ildiz kanallariga ta'sir qilmasdan pulpa kamerasi maydoniga joylashtiriladi. 2010 yillarda Bindl va Mormann o’zakli tish tuzilmasini o’rnii bosuvchi endokoronkalarni ixtiro qilishdi. Ular endokoronkalar oddiy qoplamalarga qaraganda tashqi ta’sir va bosimga chidamli bo’lgan davolashning ajoyib alternativ usuli degan xulosaga kelishdi. Faqat bunday konstruksiya yangi kompyuter texnologiya va maxsus dasturlash ta’minoti asosida, ya’ni presslash yoki frezlash usulida tayyorlanishi kerak. Endodontik qoplamani joylashtirishning asosiy maqsadi - endodontik davolagan tishlarning tabiiy to'qimalarini maksimal miqdorini saqlab qolgan holda minimal charxlash. Endokronkaan'anaviy qoplamalarganisbatan bir qator afzalliklarga ega: - tishni maxsus charxlash usuli va adgeziv texnikasiendokoronkani biomexanika nuqtai nazaridan qulay va sifatli qiladi - tish to'qimalarini ko'proq konservativ davolash - tishning biologik kengligining minimal o'zgarishi -endokoronka materialiningbir xil xomashyodan tayyorlanishi - restavratsiyadagi to’qimaning zo’riqish konsentratsiyasini pasaytiradi. - restavratsiyaning o'rnatilishi va mahkamlanishini yaxshi nazorat qilish Endokoronkalarning kamchiliklari esa quyidagilarni o'z ichiga oladi: - ildiz sinishi xavfi (keramika va dentinning elastiklik moduli o'rtasidagi farq) Tishlarni tayyorlash (dizayn, bo'shliqni tayyorlash): 1) Ildiz sinishining kamchiliklarini oldini olish mumkin - bo'shliqni to'g'ri tayyorlash, uning pastki qismini kompozitsion material bilan qoplash orqali, © TOSHKENT БАУЕАУ STOMАTOLOGIYA INSTITUTI “YOSH бЕШЕАИ KUNLАRI” 2022 1 343 I "BLOKLASH kontseptsiyasi" deb ataladi. Shunday qilib, yuk vektori to'g'ridan- to'g'ri ildiz bifurkatsiyasigaemas, balki bir tekis taqsimlanadi. Biomexanik nuqtai nazardan, bunday tiklash bosimni pulpa kamerasi tubida saqlaydi. 2) Okklyuzion tayyorgarlikning maqsadi klinik toj balandligining charxlash(minimal 2 mm ga). Buning uchun, qoida tariqasida, taxminiy ikki millimetrli markerli qirindili olmosli borlar qo'llaniladi. 3) Devor qalinligi 2 mm dan kam bo’lmasligi, shuningdek, tish devorlarining sinishi oldini olish uchun. 4) Tish bo’shlig’iga yo’nalgan har qanday kesimlarni yo’q qilish.Konusli olmosli bor(7°atrofida konvergensiya) yordamida pulpa kamerasiga ishlov beriladi. Bundabor tish o’qi bo’ylab yo’naltiradi, ammo bo’shliq devoriga kuchli bosim qilmasdan va pulpa kamerasiga teginmasdan ishlov beriladi.Bo’shliq chuqurligi 3 mm dan kam bo’lmasligi kerak. Xulosa: Tishlarning eng yuqori barqarorligiga tish qattiq to'qimalarning maksimal saqlanishi bilan erishiladi. Endokoronka uchun tishni tayyorlash juda oddiy va ko'p vaqtni talab qilmaydi. Ushbu usul ildiz kanallariga kirilmasdan ishlanadi, shuning uchun u kamjaroxatlihisoblanadi. Endokoronkalar biointegratsiya kontseptsiyaga to'liq mos keladi va endodontik davolash qilingan yoki jiddiy shikastlangan molar va premolyarlarni tiklash uchun juda yaxshi mos keladi. Adabiyotlar ro'yxati: 1. Нигматов, Р., Арипова, Г., Муртазаев, С., Насимов, Э., & Рузметова, И. (2014). Определение цефалометрических норм узбекской популяции (населения Узбекистана). Stomatologiya, 1(3-4 (57-58)), 73-78. 2. Lukovskaya, E. V., Bobyleva, A. A., Pekhk, T. I., Dubitskaya, N. F., Petrushenkova, I. A., & Belikova, N. A. (1988). Interaction of cis-bicyclo (4.3. 0) nona-3, 7-diene with iodine. Synthesis of tricyclo (4.3. 0.0 3, 7) nona-4, 8-diene (brexa-4, 8-diene). Zhurnal Organicheskoj Khimii, 24(7), 1457-1463. 3. Флейшер, Григорий. Пропедевтика детской ортопедической стоматологии. Руководство для врачей. Litres, 2022. © TOSHKENT БАУЕАУ STOMАTOLOGIYA INSTITUTI “YOSH бЕШЕАИ KUNLАRI” 2022 1 344 I
Доказательный фрагмент
«Restovrativ stomatologiyaning muhim muammolaridan biri bu tishlarni endodontik davolashdan keyin toj nuqsonlarini tiklash.»
Образец извлечения
Демо-превьюRestovrativ stomatologiyaning muhim muammolaridan biri bu tishlarni endodontik davolashdan keyin toj nuqsonlarini tiklash. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- клиническая медицина, клиник тиббиёт, экономика и бизнес, economics and business, технологии материалов, иқтисодиёт ва бизнес, clinical medicine, материаллар технологияси, materials technology
Смежные источники
in LibraryХамраев А.Ж., Эминов Р.И.2026
Медицина, педагогика и технологии: теория и практикаТЕОРИЯ И ПРАКТИКА, Ne’matova F.O. +12024
СтатьиМИРЗАКАРИМОВ Бахромжон Халимжонович, МЕЛИБАЕВ Фарход Абдупаттохович2022