К содержанию
РецензированоUZ1958

Chingiz aytmatov asarlari qoraqalpoqcha variantlarining badiiy o‘ziga xosliklari

Berdyeva Bagdagul Turganbekovna

Третье возрождение:проблемы и решения · 11-13 · 1958

Аннотация

Maqolada qirg‘iz elining mahoratli yozuvchisi Chingiz Aytmatov haqida, uning asarlari borasida so‘z ketadi. Adib asarlarining boshqa tillarga tarjimalari, kitobxonlar tomonidan sevib o‘qilishi haqida ma’lumotlar beriladi. Kalit so‘zlar: asar, badiiy mahorat, tarjima, tasir, badiiylik. Qirg‘iz xalqining sevimli farzandi bo‘lgan Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz elining balki jahon xalqlarining sevimli adibiga aylanib ulgurgan adiblar sirasiga kiradi. U yaratgan asarlar allaqachon o‘z shinavandalarining qalbidan joy olib bo‘ldi. Buga aslo shubha yo‘q chunki adibning asarlarida barcha uchun umumiy bo‘lgan, barcha kitob sevarlarning qalbidagi tuyg‘ularni qalamga olgan. Chingiz Aytmatov bolaligidanoq badiiy adabiyotga ulkan mehr qoʻygan boʻlib, nasriy asarlar yaratish bilan astoydil shugʻullanadi. Adib nomini ilk bor xalqaro miqyosda mashhur qilgan, 1958-yilda yozilib, jahon xalqlarining 40 dan ortiq tillariga tarjima qilingan asar «Jamila» qissasi boʻldi. «Jamila» qissasini Lui Aragon «Muhabbat haqida yozilgan jahondagi eng ajoyib qissa» deb atagan. Chingiz Aytmatov davlat va jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. U Q. Muhammadjonov bilan hamkorliqda «Fudziyamadagi uchrashuv» nomli drama yozgan. Chingiz Aytmatov Qirgʻiziston xalq yozuvchisi (1968), 1995-yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidentidir. U Mustaqil Oʻzbekistonning «Do`stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirgʻiziston Reslublikasida Chingiz Aytmatov nomidagi Xalqaro «Oltin medal» mukofoti taʼsis etilgan (1999). Chingiz “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 27 II-to‘plam Aytmatovning asarlari 80 dan ortiq xorijiy tillarga tarjima qilingan. Chingiz Aytmatov «Momo yer», «Qizil durrachali sarvqomatim» kabi asarlarini avval qirgʻiz tilida yozib, soʻng oʻzi rus tiliga tarjima qilingan. Baʼzi asarlari esa, avval rus tilida yozilib (masalan, «Oq kema», «Alvido, Gulsari») soʻng qirgʻiz tiliga oʻgirildi2. Chingiz Aytmatovning sovet vaqtidan keyingi barcha asarlari Fridrix Xitser tarjimonligi ostida “Unionsverlag” shveytsariya nashriyotida nemis tilida chop etilgan. Fridrix Xitserning o‘limidan so‘ng uning yozuvchi bilan uzoq yillik faoliyati, ijodga bo‘lgan muhabbati va sadoqati uchun unga Chingiz Aytmatov xalqaro mukofoti berilganligi 2011- yil Londonda qayd etilgan3. Aytmatov asarlari juda ko‘plab tillarga tarjima qilingan bo‘lib, bunda asosan asl nusxadagidek yozuvchining qalb kechinmalarini, uning asosiy g‘oyasini yetkazib berish avvalo tarjimon ma’suliyati hisoblanadi. Mohir tarjimon asardagi barcha his-tuyg‘ularni tarjimada ham asl variantdagidek qilib berishga erisha oladi. Bunda tarjimondan faqat til bilish emas, balki tarjima qilinayotgan asardagi xalq madaniyati bilan yaqindan tanishligi, balki shu xalq va millat bilan ular yashayotgan muhitda yashagan bo‘lishi zarur. Shundagina tarjima asl shakldagidek bo‘lib chiqadi va ko‘zlangan natijani beradi. Boshqa tillar kabi Chingiz Aytmatobning asarlari qoraqalpoq tarjimonlarining ham diqqat markazidan chetda qolmagan ular ham bu yuksak iste’dod egasining asarlarini o‘z ona tillariga tarjima qilishga harakat qilishgan. Qoraqalpoqcha tarjimalarda asardagi badiiylikni saqlashga bo‘lgan harakatlari sezilib turadi. Tarjimalar orasida mahorat bilan tarjima qilingan asarlar ham bor, lekin shu bilan birga kamchiliklarni ham uchratish mumkin. Kamchiliklarning asosiy sababi esa yuqorida takidlaganimizdek, 2 https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/chingiz_aytmatov 3 https://arboblar.uz/uz/people/ajtmatov-chingiz-torekulovich “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 28 II-to‘plam millatning hayoti bilan, ularning milliyligi, urf-odatlarini unchalik yaxshi anglamaslikdan kelib chiqqan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. "Asirga ta'tigulik kun", "Qiyomat", “Kassandra tamg'asi" romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari Ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli, falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolari ko'tarilgan. Chingiz Aytmatov asarlari haqida juda ko'p gapirsak bo'ladi, chunki u har bir asaridan inson o'zi uchun hulosa mumkin. Hatto 2018- yilda adib tavalludining 90 yilligini nishonlash haqida O'zbekistonning birinchi prezidenti tomonidan qaror qabul qilindi. Unga ko'ra Chingiz Aytmatov va O'zbekiston nomli xotira kitobini nashirga tayyorlash va ijodi faoliyati haqida hujjatli film yaratish yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va boshqa narsalar keltirib o'tiladi4. Bugungi kunda ham qirg‘iz adibining asarlari kitobxonlar tomonidan sevib o‘qib kelinmoqda. Bunga asosiy sabab esa asr g‘oyasi, unda e’tirof qilingan tuyg‘ular va badiiy tasviriy ifoda qilish yo‘sini bo‘lsa ajab emas. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. https://kitobxon.com/oz/yozuvchi/chingiz_aytmatov 2. https://arboblar.uz/uz/people/ajtmatov-chingiz-torekulovich 3. https://fayllar.org/chingiz-aytmatov-asarlari-haqida.html 4. https://civil.uz/asrga-tatigulik-kun-romani-haqida-chingiz-aytmatov/ 5. Norov, I., & Uldawlet, D. (2021). Psychological mechanisms that increas

Доказательный фрагмент

«Maqolada qirg‘iz elining mahoratli yozuvchisi Chingiz Aytmatov haqida, uning asarlari borasida so‘z ketadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada qirg‘iz elining mahoratli yozuvchisi Chingiz Aytmatov haqida, uning asarlari borasida so‘z ketadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
артистизм, badiiy mahorat, artistic skill, впечатление, translation, tasir, художественное мастерство, artistry, перевод, произведение, badiiylik, work, impression, tarjima, asar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники