Журнал академических исследований нового УзбекистанаNusratulloh Muxtorov2025
Qoraqalpoq etnomadaniyati asosida o‘quvchilarni estetik tarafdan tarbiyalash
ESTETIK TARAFDAN TARBIYALASH · Bekbosinov Dinmuhammed
Третье возрождение:проблемы и решения · 2018
Аннотация
Ushbu maqolada qaraqalpoq xalqi madaniyati va siyosiy hayoti haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: madaniyat, siyosiy hayot, qoraqalpoq, tarix, adabiyot, urf-odatlar, Qoraqalpoq xalqi katta va boy tariga ega xalqlar sirasiga ega. Qoraqalpog‘iston noyob va boy madaniy merosga eda. Bu uning qadimiy tarixi, boy va unumdor yerlari, tarixiy qazilmalari va yodgorliklarida o‘z aksini topgan. Bundan tashqari qoraqalpoq xalqining xalq og‘zaki ijodi ham madaniy meroslarining eng katta qismini tashkil qiladi. Og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan dostonlarida vatanparvarlik, vatanni sevish, o‘zi tug‘ilib o‘sgan tuproqni asrab avaylash, ota-onaga hurmat va oilaga sadoqat kabi tushunchalar o‘z ifodasini topgan. Bunday g‘oyalar e’tirof etilgan asarlarning mualliflari esa xonliklar davrida chuqur iztirobga tushgan, azob uqubatlarni tortgan xalq vakillari edi. Ular sirasiga Ajiniyoz, Berdaq, Kunxo‘ja kabi adabiyot namayondalarini kiritishimiz mumkin. Bu shoirlarning asarlarida va o‘sha davrda ijod qilgan jirovlarning “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 23 II-to‘plam kuylarida aziyat chekayotgan xalq, vatani uchun kurashayotgan, o‘z erki va o‘zligini saqlab qolishga harakat qilayotgan mardlar hayoti tasvirlangan. Ulug‘ qoraqalpoq adiblarining asarlari esa o‘zlaridan keying yetishib kelayotgan yozuvchilar uchun dasturulamal vazifasini bajargan. Kitobxonlar esa o‘z xalqining boy madaniy meroslari bilan tasnishar ekanlar ota-bobolarining hayotlarini, ularning asosiy maqsadlarini bilib olganlar. Bundan tashqari yosh avlod uchun bu madaniy meroslar tarbiya maktabi vazifasini ham o‘tagan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qoraqalpog‘iston hududida juda ko‘p arxeologik yodgorliklar joylashgan bo‘lib, ular ham o‘ziga xos vazifalarni bajarib kelmoqda. Eng avvalo hozirgi kunda ham ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qilib kelayotgan bu majmualar qoraqlpoq yoshlarining dilida g‘urur va iftixor tuyg‘ularini his qilishlariga sabab bo‘ladi. Chunki bunday ajoyib yodgorliklar barpo qilingan joyda albatta buyuk xonlar, davlat boshliqlari va mard sarkardalar yashab o‘tganliklari yaqqolnamayon bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston hududida ko‘plab arxeologik va me’moriy yodgorliklar bo‘lib, ular asosan mudofaa binolari va aholi turar joylari bo‘ylab qad rostlagan bir necha ajoyib qal’alar misolida o‘z aksini topadi. Ularning eng qadimiysi miloddan avvalgi IV asrga (Qadimgi Xorazmning Ahamoniylar imperiyasi tarkibidan chiqishi davri) borib taqaladi. Miloddan avvalgi I asrning boshlarida Qadimiy Xorazm, Kushon imperiyasiga qadar yetib borgan madaniyatning ta’siri ostida qoldi. Buning eng yorqin misolida, ajoyib Tuproq-qal’a shahri va qal’asining qurilishini ko‘rish mumkin. Bu davrga kelib, qurilishning yangicha shakllari, shu jumladan, aholi punktlari ichidagi shakli biroz kichikroq qal’alar paydo bo‘ldi. Qadimgi Xorazm shuningdek, zardushtiylikning vatani hisoblanadi. Bunga, saqlanib qolgan ko‘plab arxeologik yodgorliklar: dahmalar, olovga sig‘inadigan ibodatxonalari, ossuariylardan iborat (mayyitlar suyaklari) qabristonlari va boshqalar dalolat beradi. VIII asrda Islom dini kirib kelishi bilan nafaqat ushbu “UCHINCHI RENESSANS:MUAMMO VA YECHIMLARI” 24 II-to‘plam hududdagi aholining turmush tarzi va dini, balki shaharning arxitekturasi ham katta o‘zgarishlarga uchradi. Ilk pishgan g‘isht paydo bo‘ldi va undan ajoyib me’moriy bezaklar va epigrafik yozuvlar bilan bezatilgan serhasham maqbaralar, masjidlar va gumbazli xonaqohlar qurildi1. Qoraqalpoq xalqining yana bir o‘ziga xos ajralmas qismi bu ularning o‘zgacha shukuhda nishonlanadigan bayramlari, raqs va ashulalari hamda cholg‘u asboblari hisoblanadi. Bundan tashqari ularning milliy taomlari ham juda ajoyib va diltortar hisoblanadi. Qoraqalpoq xalqining milliy kiyimlarida asosan to‘lqinsimon shakldagi naqshlar aks etadi. Buning sababi shundaki, to‘lqinsimon naqshlar bu oqib, mavjlanib turgan dengizning ramzi hisoblanadi. Biz bilamizki, ancha yillar oldin Orol dengizi ana shunday ilhomlanishlarga sabab bo‘la oladigan darajada mavjlanib, to‘lqinlanib, pishqirib oqqan. Bugungi kunga esa ayrim iqlim o‘zgarishlari sababli bu mavj o‘z shijoatini yo‘qotgan. Xalqning qo‘shiqlarida xalq og‘zaki jiodida, orzu va armonlarida gavdalanib qolgan bu dengiz vaqtlar kelib yana o‘z holiga qaytadi deb ishonamiz. Yuqorida tilga olgan barcha qoraqalpoq madaniy meroslari bugungi qoraqalpoq yoshlarining madaniy tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega desak yanglishmaymiz. Chunki tarix muqaddas, unga aslo hiyonat qilib bo‘lmaydi. O‘z vatanining buyuk o‘tmishini e’zozlagan har bir kelajak avlod biz ishonamizki vatanining kelajagiga ham bee’tibor nazar tashlamaydi. Yurt qayg‘usida yashaydi, uning kelajagi va ertangi kuni uchun chin dildan qayg‘uradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Humanity and Science Congress Hosted From Ipoh, Malaysia https://conferencepublication.com May 2nd 2022. 2. 9-sinf. O’zbekiston tarixi darsligi. 1Humanity and Science Congress Hosted From Ipoh, Malaysia https://conferencepublication.com May 2nd 2022 “UCHINCHI R
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada qaraqalpoq xalqi madaniyati va siyosiy hayoti haqida ma’lumotlar berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada qaraqalpoq xalqi madaniyati va siyosiy hayoti haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- traditions, urf-odatlar, culture, siyosiy hayot, adabiyot, история, культура, tarix, political life, literature, литература, традиции, qoraqalpoq, политическая жизнь, madaniyat, history
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025