К содержанию
РецензированоRU2025

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “O‘N SAKKIZGA KIRMAGAN KIM BOR?” ASARI BADIYATI

ASARI BADIYATI · Abdurashidova Marjona Alisherovna · Hafizova Feruza Odiljonovna

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

В статье рассматривается повесть писателя Шукура Холмирзаева “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”, в которой подчёркивается, чем персонажи повести отличаются от современных молодых людей, а также насколько автор ценит свою родину, Бойсун, в повествовании. В своём произведении писатель изображает связь людей того времени с общественной жизнью, а также такое сладкое чувство, как любовь, которое не каждый может сохранить в себе. В данной статье рассматривается место повести в литературе. Darhaqiqat, inson bu hayotda abadiy yashay olmaydi, lekin uning qilgan ishlari, ko‘rsatgan qahramonliklari, yozgan kitoblari va tarbiya qilgan yetuk farzandlari bilan el og‘zida abadiy yashashi mumkin. Surxon vohasining erka farzandi Shukur Xolmirzayev ham yuqorida ta’kidlanganidek, yozgan kitoblari bilan insonlar ko‘nglida hamon yashab kelmoqda. Adib 1940-yil 24-martda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan. Boysun – Surxondaryo vohasining azim shaharlaridan biri boʻlib, u juda soʻlim va yoqimli tabiatiga ega hudud. “Boysun’’ soʻzining maʼnosi asli qadimiy turkcha “boy”, “ulug” va “sin” tog‘ soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlib, “ulugʻ togʻ” yoki “katta togʻ” degan maʼnoni anglatadi. Mahalliy rivoyatlarga koʻra esa bu atama “boylar qishlogʻi” degan maʼno kasb etadi, chunki bu yerda qadimdan badavlat turkiy xalq vakillari yashaganligi aytiladi. Gapning isboti bilan “Boylar qishlogʻi” da tugʻilgan Shukur Xolmirzayev O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni sovrindori. Toshkent universiteti jurnalistika fakultetining talabasi boʻlgan. Dastlab adabiyotga hikoya va ocherklari bilan 1958-yilda kirib kelgan. “Oq otli”, “To‘lqinlar”, “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?” qissalari, shuningdek, yozuvchining shu davrda yozgan hikoyalari “Olis yulduzlar ostida”, 6 0 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ “Hayot abadiy”, “Og‘ir tosh ko‘chsa…”, “Yo‘llar, yo‘ldoshlar”, “Bodom qishda gulladi”, “Tog‘larga qor tushdi” singari to‘plamlari uning el ichida tanilishiga va adabiyot shinavandalari koʻnglidan munosib joy olishiga sabab boʻlgan asarlar bo‘ldi. Shukur Xolmirzayev nasrida inson ruhiyati, axloqiy tanlov va hayotiy haqiqat masalalari yetakchi o‘rinni egallaydi. Adib qahramonlari tashqi voqealardan ko‘ra, ichki kechinmalari, vijdoniy iztiroblari orqali ochiladi1. Shulardan 1965-yil yozilgan “O‘n sakkizga kirmagan kim bor? ” qissasi eng munosibi hisoblanadi. Bu asar orqali adib koʻp insonlar ogʻziga tushadi, sevimli yozuvchi sifatida nozik koʻngillarni egallab oladi. Yigirma besh yoshli Shukur talabalik davrini va ilk sevgi iliqligini o‘zida his qilgan holda qalamga soldi. Oqibatda adibning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor? ” qissasi yaratiladi. Yozuvchi qissada yoshlik, balog‘at davri, undagi sof va samimiy sevgini, ukaning akaga bo‘lgan mehrini, asar qahramoni orqali o‘zining ona zaminiga bo‘lgan sevgisini tasvirlaydi. Asar syujetida oldi-qochdi nasihatgo‘ylik emas balki yangilik yaratib yozishga urinadi. Asar sujeti Muslima buvining ikki farzand bilan beva qolishi, yagona oʻgʻilning ham ota izidan urushga ketib halok boʻlishidan boshlanadi. Zaynabxonni ham taqdir onasining taqdiri bilan siylashi, yana hayotga umid bogʻlab Jalolov bilan oila qurish, farzandlar ulgʻayishi, ikki aka va uka bir qizga muhabbat bolgʻashi va sevgisi rad qilingan qizning qalbini sevgi emas endi nafrat qurshab olishi va insonning eng chirkin illati boʻlgan oʼch olish hissi orqali Umida sevgani boʻlgan Jamshidga emas, balki hech ham koʻngli boʻlmagan Tilov bilan oila qurishi kabi voqealarni gavdalantiradi. Alqissa, uch oshiq ham hayotda oʻz yoʻllarida adashib, eng goʻzal va muqaddas neʼmat boʻlgan sevgiga nisbatan nafrat paydo boʻlishi bilan yakunlanadi, yaʼni qissada voqea tugamaydi balki voqeaning qanday yakun topishi endi oʻquvchiga topshiriladi. Haqiqatan asar boshqa yozuvchilar ijodidan tubdan farq qiladi. Shukur Xolmirzayev yozgan har bir asarida kitobxonni asar o‘qishdan charchatib qo‘yishdan qochadi, o‘quvchining hayolotiga asar ta’sir etishi uchun jon-jahdi bilan harakat qilib yozadi. Sodda til bilan muallif nutqidan foydalanib yozadi. Asar obrazlariga keladigan bo‘lsak, barcha obrazlar realistik-hayotiy obraz. Yozuvchi asar qahramonlarini holisona baholab yozadi. O‘quvchi o‘z hayotidan, o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib qahramonlarni baholashini hohlaydi. Balog‘at nafasi kelib turgan har bir o‘quvchi asarni o‘qib, asar qahramonlarining birida o‘z aksini ko‘ra oladi. “O‘n sakkizga kirmagan kim bor” qissasida yozuvchi o‘smirlar ongida kechadigan ma’naviy uyg‘onish jarayonini ijtimoiy muhit bilan bog‘liq holda yoritadi. Asarda bolalik va kattalik oralig‘idagi murakkab ruhiy holatlar badiiy tahlil markaziga chiqarilgan 2. Shukur Xolmirzayevning “O‘n sakkizga kirmagan kim bor? ” qissasi unchalik keng qamrovli emas balki uch-to‘rt obraz hayotini gavdalantiradi. Ammo shu uch-to‘rt obraz orqali ko‘pchilik yozuvchilar yarata olmagan keng qamrovli hayotni aks ettira olgan. Ya’ni asa

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается повесть писателя Шукура Холмирзаева “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”, в которой подчёркивается, чем персонажи повести отличаются от современных молодых людей, а также насколько автор ценит сво…»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается повесть писателя Шукура Холмирзаева “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?”, в которой подчёркивается, чем персонажи повести отличаются от современных молодых людей, а также насколько автор ценит сво… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘gay ota-ona, o‘ch, asar syujeti, “Farhod tog‘i”, “Boysun”, sevgi, ayol matonati.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники