Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA TA’LIM BERISH MUAMMOLARI VA SAMARASI
Utegenova Asel
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Bu maqola mamlakatimizdagi inkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi va unga ko’rilayotgan choralar masalalari haqida bo’lib, maxsus ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning extiyojlarini umumta’lim muosasalarida inklyuziv ta’lim asosida, ta’lim olishlariga yaratilayotgan imkoniyatlarga qaratilgan. Respublikamizdagi alohida yordamga muqtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyati, nuqson xususiyatlari va qobilyatlariga ko’ra maxsus yoki umumta’lim tizimida ta’lim olishni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta’lim siyosati amalga oshirilmoqda. Ammo mamlakatimizda bu ta’lim turi haqida yetarlicha tushincha va malaka yetishmagani ko’p qiynchiliklarni keltirayotgani haqida. Inklyuziv ta’lim mazmun-mohiyati to’g’risidagi bilim va ma’lumotlar hali jamiyatda etarli emas. Tizimimizdagi Inklyuziv bilan integratsiya atamasi orasida juda katta farqni borligini anglash. Kalit so’z: inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan, integratsiya, meyori choralar, tizimga kiritish. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Uni kelajagini o’sib kelayotgan yosh avlod yaratadi. Agar yoshlarimiz qalbida ziyo nurini ko’rishni istasak ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishimiz lo’zim. Yoshlar tarbiyasi, bilimi yomon bo’lsa davlatimiz kelajagiga buyukligka erisha olmaymiz. O’zbekiston Respublikasida har bir bola ta’lim olish huquqiga ega. Bolalarning jamiyatda erkin va mustaqil bolishlari uchun ularni ko’mil inson qilib biron bir kasb egasi bo’lib yetishishiga yordam berishimiz lozim. Har bir bola o’ziga hosdir. Ulardagi yashirin qobilyatni yuzaga olib chiqishiga imkoniyat bo’lishi kerak. Shu qatorda imkonyati cheklangan bolalarimiz ham bor ular ham hamma qatori bola ularning ham jamiyatda o’z o’rinlarini topishga huquqlari bor. Ta’lim olishga bolgan ehtiyoji hamma bilan birdek bolishi lozim. Buyuk allomalarimiz Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy tarbiyaning maqsadlari sifatida bola shaxsining rivojlanishi ta’limning ta’siri ekanligi tog’risidagi qarashlari imkoniyati cheklangan bolalarni ham sog’lom bolalar bilan birga umumta’lim muassasalarida inklyuziv ta’lim asosida ilim olishlarini rivojlanishiga sabab bo’ldi. Inklyuziv ta’lim bu ozi nima? Inklyuziv sozi qamrab olish degani bo’lib umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim har xil extiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli extiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tadbiq etishda dars berish, o‘qitish bir muncha samarali va unumli bo‘lsa unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar yutadi. Inklyuziv ta’lim maktablari bolalarning bilim olish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Sog’lom bolalardagi shukuronalikni qadir qimatni odamilikni oshiradi. 6 0 0 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Mamlakatimizda inklyuziv ta’limni ta’lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida tashkil etishning huquqiy – me’yorlari ishlab chiqilgan. “Alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish maqsadida ta’lim muassasalari moddiy texnika bazasini mustahkamlash, o‘quv dasturlarini adaptivlashtirish, sog‘lomlashtiruvchi sifatlita’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish hamda bu jarayonga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash” kabi muhim vazifalar belgilangan. Boshlang‘ich ta’limda o‘qitish sifatini yaxshilash, o‘quvchilarning imkoniyatlariga mos, davlat ta’lim standartlari me’yorlari inobatga olingan o‘quv muhitini samarali tashkil etish, bu jarayonda tashkilotlar va jamoat institutlari hamkorligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yetarli bilimli kadirlar masalasi vaqt talab etadi. Mazkur ijtimoiy-pedagogik masalalarni hal etishda ta’lim, sog‘liqni saqlash va mahalla tashkilotlarining imkoniyati cheklangan. Raxbarlik bilan bolalarni sifatli ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash borasidagi o‘zaro manfaatli hamkorligi talab etiladi. Bu esa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida metodik mahorat, kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning klasterli yondashuvlari, tashkiliy omillari, pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, inklyuziv sinflarda darslarni tashkil etishga qo‘yiladigan didaktik talablarni aniqlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kon
Доказательный фрагмент
«Bu maqola mamlakatimizdagi inkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi va unga ko’rilayotgan choralar masalalari haqida bo’lib, maxsus ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning extiyojlarini umumt…»
Образец извлечения
Демо-превьюBu maqola mamlakatimizdagi inkoniyati cheklangan bolalar ta’lim tarbiyasi masalasi va unga ko’rilayotgan choralar masalalari haqida bo’lib, maxsus ta’lim olayotgan imkoniyati cheklangan bolalarning extiyojlarini umumt… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- imkoniyati cheklangan, meyori choralar, tizimga kiritish., inklyuziv ta’lim, integratsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025