Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING CHILDREN’S LITERATURE IN PRIMARY EDUCATION USING THE WORKS OF SADRIDDIN AYNI AND ELBEK
NEW RENAISSANCE · Saparova Shahlo Ramazonovna
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar adabiyotini o‘qitishda Sadriddin Ayniy va Elbek asarlaridan foydalanishning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ushbu ijodkorlarning asarlari bolalarning til, fikrlash, badiiy didini va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda samarali vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, zamonaviy metodik yondashuvlar va topshiriqlar bolalarning qobiliyatlarini kengaytirish va dars jarayonini interaktiv qilish imkonini beradi. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim, bolalar adabiyoti, Sadriddin Ayniy, Elbek, metodika, darsliklar, pedagogik tajriba, Jadidlar. IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING CHILDREN’S LITERATURE IN PRIMARY EDUCATION USING THE WORKS OF SADRIDDIN AYNI AND ELBEK Annotation. This article analyzes the methodological aspects of using the works of Sadriddin Ayni and Elbek in teaching children’s literature in primary and preschool education. The research results indicate that the works of these authors are an effective tool for developing children’s language, thinking, artistic taste, and moral values. At the same time, modern methodological approaches and assignments help expand children’s abilities and make the learning process more interactive. Keywords: primary education, preschool education, children’s literature, Sadriddin Ayni, Elbek, methodology, textbooks, pedagogical practice, Jadids. Kirish. Boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar juda ko‘p bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar, bu esa ularning hayot davomida egallaydigan bilimlarining katta qismini tashkil qiladi. Shu sababli jamiyatimiz bolalarning dastlabki ta’lim olishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratadi, yangi metodikalar va zamonaviy topshiriqlarni ishlab chiqadi hamda bolalarning iste’dodlarini rivojlantirish uchun turli imkoniyatlarni yaratadi (PF-79, 26.05.2023). Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 3-noyabr 2023-yil Astana shahrida o‘tgan Turk davlatlari tashkiloti sammitidagi va 11-dekabr Tashkentdagi “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” xalqaro konferensiyasidagi nutqlari shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan asrda yashab ijod qilgan jadid ma’rifatchilarimizning faoliyati chuqur o‘rganilmoqda. Ular yangi metodik maktablar, teatrlar, kutubxonalar va nashriyotlar ochib, gazeta va jurnallar nashr etib, jamiyatning dunyoqarashi va turmush tarzini o‘zgartirishga xizmat qilgan. Shu maqsadda yoshlar ilg‘or davlatlarga yuborilgan va ularning pedagogik tajribalari bugungi darsliklar va metodikalar asosini tashkil qiladi. Sadriddin Ayniyning hayoti va pedagogik merosi: 1) 1878, 15-aprel: G‘ijduvon tumanidagi Soktare qishlog‘ida tug‘ildi. 185 NEW RENAISSANCE 2025 DECEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 12 2) 1884–1888: Qishloq maktabida o‘qidi, dehqonchilikda otasiga yordam berdi. 3) 1890: Buxoroda bir qancha madrasalarda o‘qidi. 4) 1896: Birinchi she’ri “Qizil gul”ni yozdi va “Ayniy” taxallusini oldi. 5) 1909: “Tahsib us-sibyon” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratdi. 6) 1920–1924: “Buxoro jallodlari”, “Odina”, “Qulbobo yoki ikki ozod” asarlarini yaratdi. 7) 1940–1951: Tojikiston va O‘zbekiston SSR ilmiy va adabiy mukofotlari bilan taqdirlandi, oliy sovet deputatligiga saylandi. 8) 1954, 15-iyun: Dushanbe shahrida vafot etdi.[7] Ayniyning asarlari bolalarning til, fikrlash, badiiy didi va axloqiy qadriyatlarini shakllantirishda asosiy pedagogik resurs sifatida xizmat qiladi. Elbekning hayoti va ijodi: 1) 1898: Mashriq Yunusov (Elbek) Xumson qishlog‘ida tug‘ildi. 2) Elbek bolalarga va tabiatga mehr bilan qaragan, asarlari oson va bolalarga tushunarli tilda yozilgan. 3) U bolalar uchun hikoya, ertak, maqola, she’r, darslik va qo‘llanmalar yaratdi. 4) Mashhur asarlari: “O‘zbekcha o‘qish kitobi” (Fotih Sayfi bilan, 1922), “O‘rnak”, “Bilim”, “Go‘zal yozg‘ichlar” (1925) va “Armug‘on”, “Yolqinlar”, “Momaguldurak” to‘plamlari.[3] 5) Masalan, “Kuchsizlar dunyosi”, “Qo‘zg‘ol”, “O‘langa”, “Ko‘klam chog‘ida yaproqlar”, “Erk qizig‘a”, “Ot ila odam”, “Mozor” kabi hikoyalar bolalarga yaxshilik qilish, erkinlik va vatanparvarlikni o‘rgatadi. 6) Elbekning pedagogik yondashuvi bolalar yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda interaktiv darsliklar va metodik qo‘llanmalarni yaratishda namuna bo‘ldi. Masalan, “Bilim” darsligidagi “Odamlarning kuchi nimada?” hikoyasida tabiat va insonning kuchi, kuzatuv va tafakkur orqali tushuntiriladi. Shu bilan birga, qizlar ta’limi va ayol mavzulariga bag‘ishlangan she’r va hikoyalar (“Erk qizig‘a”, “Ongli o‘zbek qizi tilidan”, “Ey xotin”, “Ko‘k qizi”) bolalarga ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarni singdiradi.[2] Tadqiqot usullari va materiallari. Tadqiqotda tarixiy-hujjatiy tahlil, komparativ tahlil, pedagogik kuzatuv va adabiy tahlil metodlari qo‘llanildi. Material sifatida Sadriddin Ayniy va Elbekning bolalar uchun yozilgan asarlari, darsliklari, maqolalari, shuningdek ularning pedagogik faoliyatiga oid arxiv hujjatlari va zamonaviy tadqiqotlar ishlatildi. Natija
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar adabiyotini o‘qitishda Sadriddin Ayniy va Elbek asarlaridan foydalanishning metodik jihatlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada boshlang‘ich va maktabgacha ta’limda bolalar adabiyotini o‘qitishda Sadriddin Ayniy va Elbek asarlaridan foydalanishning metodik jihatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- primary education, preschool education, children’s literature, Sadriddin Ayni, Jadids., Elbek, metodika, bolalar adabiyoti, textbooks, methodology, Sadriddin Ayniy, darsliklar, Jadidlar., pedagogik tajriba, maktabgacha ta’lim, pedagogical practice, boshlang‘ich ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025